Xulosa qilib aytganda, monitoringni joriy etish quyidagi imkoniyatlarni
beradi:
Maktabda ilg`or ta’lim- tarbiya usullaridan kimlar va qanday
foydalanayotganligini ko`rsatadi, o`zini oqlamagan, samarasiz uslublardan voz
kechish imkonini beradi. O`qituvchi, o`quvchilar faoliyatini o`rganishda ilmiy
asosga ega bo`lmagan, metodik, diagnostik, tasodifiy sinovlar, asosga
ega bo`lmagan ishlarni qo`llashga barham beradi.
O`qituvchi, psixolog, direktor o`rinbosari faoliyatini to`g`ri yo`naltirishni
ta'minlaydi.
O`quvchi faoliyatini nazorat etish, ota-onalar, jamoatchilik fikrini
o`rganuvchi me`yoriy asoslarni belgilaydi.
Har bir maktabning ichki nazoratini amalga oshirish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |