Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish


Download 113.14 Kb.
bet1/6
Sana20.11.2023
Hajmi113.14 Kb.
#1789071
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuldashboyeva Husniya




Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos xususiyatlari

Reja:

  1. Kirish

  2. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos xususiyatlari.
    1. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, ilk pedagogik texnologiya markazlari.
    2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi.
    3. Pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’qituvchi innovatsion faoliyatining ahamiyati.


  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.



KIRISH
Texnologiya, pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, ilg’or tajriba, innovatsiya, novatsiya, mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi, modulli ta’lim texnologiyasi.
Bu tushuncha XX asrda paydo bo‘ldi va 1940-1950 yillarda “ta’lim texnologiyasi” tarzida qo‘llanilib, mazmunan o‘quv jarayonida audio- vizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AQSHda qo‘llana boshladi. Keyinchalik “ta’lim texnologiyasi” o‘rniga “dasturlashtirilgan ta’lim” atamasidan foydalanish keng yoyildi. So‘ngra pedagogik texnologiya- loyihalashtirilgan ta’lim va aniq maqsadga qaratilgan o‘quv jarayonini ifoda eta boshladi. O‘tgan asrning 80-yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi. Keyingi o‘n yilliklarda pedagog olimlar va o‘qituvchilar diqqatini jalb qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg‘in o‘rganilayotganligi, bahs-munozaraga sababchi bo‘layotganligi ham ta’lim- tarbiyada uning o‘rni naqadar muhimligiga guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy jihatlarini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy bilimlar doirasiga o‘tkazish kabi ishlar ham jadal davom ettirilmoqda. Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik kuchaydi, degan savol tug‘iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta’lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma’qullandi va 1972 yilda «Ta’limni rivojlantirish masalalari» bo‘yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya-ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.
Xo‘sh pedagogik texnologiya nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish mumkin? Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so‘zdan - «texnos» -hunar va «logos»- fan, so‘zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab bera olmaydi, texnologik jarayon deyilganda-mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish bo‘yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta’rifni istalgancha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta’riflasak xato bo‘lmaydi. Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda, sub’ekt tomonidan ob’ektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga yo‘naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Ushbu tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi bo‘yicha bunday ijtimoiy hoidisani pedagogik texnologiya, desa bo‘ladi.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. SHular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg‘ab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda pedagogik texnologiyani o‘rganish yo‘lida ancha ishlar qilindi. SHu jumladan, O‘zbekiston olimlari
bilan hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ham pedagogik texnologiyalarning loyihalarini tuzish bo‘yicha ancha ishlar qilindi.
Pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflarning qiyosiy tavsiflari keyingi paragrafda batafsil keltirilgan. SHu o‘rinda hamkasbimiz H. Abdukarimovning «Ma’rifat» gazetasida(1998 yil, 27 may) bosilgan «Zamonaviy pedagogik texnologiya nima?» maqolasini didaktik nuqtai nazardan baholashni kitobxonlar hukmiga havola etaylik-da, undagi bir-biriga zid va ilmiy asoslanmagan ikki ta’rifni keltirib o‘taylik:
1. «Milliy dastur»-bu yangicha pedagogik texnologiyaning o‘zi».
2.«Pedagogik texnologiya-pedagogik mahorat to‘g‘risida fan».
Bu boradagi ta’riflarning xilma-xilligi bir tomondan bu mavzuning u yoki bu jihati soxta echilganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan pedagogik texnologiyani ta’lim amaliyotiga joriy etishga bo‘lgan urinishlarni ifodalaydi. Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir- biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng imkoniyatlar tug‘ildi. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanayotganligini zamonaviy pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochmoqda. Bizning fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas.
Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT - amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa tizim ham o‘zgarishi shart.
«Kadrlar tayryolash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, milliy dastur bizda ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Respublikamiz hukumati tomonidan ta’limni ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e’lon qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlashuvi va insonparvarlashuvi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta’lim tizimining rivojlanishiga asos bo‘ldi va ta’lim tizimida tub islohotlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko‘rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo‘nalish sifatida ajratib olish, ta’lim - tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o‘rtasidagi tashkiliy - boshqaruv, axborot aloqalari; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy - siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish- «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy - siyosiy hayotiga demokratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o‘z ichiga oladi. O‘qish, o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari – ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir. Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o‘quvchi uchun axborot manbai – o‘qituvchining o‘zi bo‘ladigan jarayon.
2. O‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich.
3. Audiovizual vositalar qo‘llanilgan bosqich.
4. O‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo‘llash bosqichi.
5. O‘qitishni zamonaviy AKTlari vositasida boshqarishning avtomatlashtirilgan bosqichi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida :
1 - bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o‘qituvchi o‘z kuchiga, o‘z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini o‘qituvchi faoliyati vositasida o‘zlashtiradi.
2 - bosqich, ya’ni qog‘oz va o‘quv kitoblari davri hali nihoyasiga etkazilgani yo‘q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. Lekin o‘qitishning 1,2,3 - bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.
O‘quv adabiyotlarini joriy etish qarama - qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo‘lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday o‘zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1 - bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlashtirib olishga, ta’lim - tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1 – bosqich o‘quv vositalari o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi va o‘quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o‘qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo‘llaydiganlar safi kengaya borgan.
Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ta’lim O‘zbekiston davlati siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma’naviy - axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi va vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Auditoriyalarga kirib o‘quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o‘qituvchi (pedagog)ning o‘quvchi talabalar bilan muloqoti.
Muloqotning vazifalari:
- shaxsni tanish, axborot almashish;
- kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish;
- muloqotdan olinadigan tasavvurlar;
- muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish;
- pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi ;
- ishga ijodiy yondashish va boshqalar.
1.Pedagogik talab texnologiyasi.
- «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari;
- xulq - atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi;
- o‘quvchi - talabaga bo‘lgan hurmat va talab;
- pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash.
- xatti - harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, ob’ekt va sub’ektni
qabul qilish;
- baho berish usullarini tanlash, o‘qituvchi(pedagog)ning o‘z imkoniyatini
tahlil etishi va ta’sir samaradorligini oshirishi);
-pedagogik baholash texnologiyasi.
3. Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi.
- nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, demonstratsion va ko‘rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida;
- nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazmalar va obrazlar;
- nutqiy ta’sir etish texnologiyasi;
- demonstratsion va ko‘rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigienik materiallar;
- qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi.
4. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
- pedagogik konflikt tushunchasi – konflikt pedagogik texnologiya
elementi sifatida, konflikt sub’ektlari orasidagi qarama - qarshiliklar,
bo‘sh va mazmunli konflikt;
- holat tahlili (voqeani aniqlash);
- konflikt;
- konfliktning xilma - xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
- konfliktni echish shakllari (yumor, hazil, mutoiba).
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qo‘shimcha elementlari:
1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi.
2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.
3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi.
4. O‘quvchining xatti - harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi.
5. Xulqi va odobi yomon o‘quvchi - talabalar bilan ishlash texnologiyasi.
6. Etik himoya texnologiyasi.
7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.
8. Pedagogik vosita texnologiyasi.
9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i
SHuningdek, texnologiya deganda, sub’ekt tomonidan ob’ektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga yo‘naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma -ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. YUqorida keltirilgan tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi -talabalarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin.
Professor N.Sayidahmedovning fikricha, «Texnologiya – bu shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o‘zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, erkin ijod qilishga undaydi:
- samarador o‘quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
- uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo‘qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko‘ra intensiv (jadal), mumkin qadar, ilmiy asosda qurish;
- talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan
foydalanish;
- o‘qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo‘qotish;
- ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash;
- texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o‘zlashtirish va boshqalar.
Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o‘qitish bosqichlaridan, o‘z navbatida, bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos amallardan iborat bo‘ladi. Amal – o‘qituvchining sinfda mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig‘indisi bo‘lib, o‘qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya-ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim - tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo‘li bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar etarli darajada. Zamonaviy pedagogik texnologiyani pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Zamonaviy pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo,zamonaviy pedagogik texnologiya nimani anglatadi?
1. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv - tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni echishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim - tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
2. Bugungi kunda fan - texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat - e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi.Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quv - tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi yoki talaba – kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom - ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida etakchi o‘rin egallamoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bo‘lishi bilan ro‘y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM)ning paydo bo‘lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. SHu bois yaqin kelajakda respublikamizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari dasturli mashinalar bilan etarli darajada ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi. SHundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi.
Ta’lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni talab etadi. CHunki pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama - qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining sub’ekti - ta’lim – tarbiya vazifalarini hal etadi. Umuman, pedagogik texnologiya o‘quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog‘liq barcha maqsadli sa’y-harakatlar yig‘indisini anglatishi lozim.
Hozirgi kunda uning mavjud ta’riflari juda ko‘p va xilma- xildir:
Texnologiya-biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar yig‘indisidir (Izohli lug‘at).
Texnologiya-ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iboratdir (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespalko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P. Volkov)
Ta’lim texnologiyasi-didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismidir (M. CHoshanov).
Pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi bo‘lib, ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya-pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunuli va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va ularni amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya, bu-so‘zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.YU. Pityukov).
Pedagogik texnologiya-bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (T.Sakomoto).
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilga o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan layihalashtirishda namoyon bo‘ladi (U. Nishonaliev).
Pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir (N.Sayidahmedov). Pedagogik texnologiya-bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatilgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir (B.G‘.Ziyomuhamedov).
“Texnologiya” tushunchasi keng ma’noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko‘lamga ega bo‘lib qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an’anaviy va noan’anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta’lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
Ta’lim bosqichlariga innovatsion pedagogik texnologiyalarning jadal kirib kelganligi XXI asrning tezkor axborot texnologiyalari barcha jabhalarni qamrab olganligi bilan izohlanadi. Bugungi pedagogdan o‘z kasbiy malakasini muttasil takomillashtirib borish bilan birga innovatsion pedagogik texnologiyalar yaratish, ularni ta’lim jarayonida qo‘llashga layoqatli bo‘lish talab etilmoqda. Pedagogning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasi kasbiy malakasining eng muhim ko‘rsatkichiga aylandi. Zotan, pedagogning innovatsion faoliyati ijodiy izlanishlari, ta’lim shakli va mazmunini takomillashtirish yo‘lidagi ilg‘or g‘oyalar yaratish, yangiliklar kashf etish salohiyatini namoyon qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida o‘quvchi-talabalarda ham yaratuvchilik, ijodkorlik, mustaqil fikrlash ta’lim maqsadlariga o‘z izlanishlari, ongli ijodiy munosabat orqali erishish layoqatini tarkib toptirish ko‘zda tutiladi.
“Innovatsiya” lotincha so‘z bo‘lib, yangilanish, “yangilik” ma’nosini ifoda etadi. Innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonining shakli va mazmunini takomillashtirishga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalar yaratishni ko‘zda tutadi. Innovatsion g‘oyalar bugungi ta’lim amaliyotiga jadal kirib bormoqda. Pedagogik innovatsiyalar ta’lim sifati va samaradorligi ortishiga xizmat qiladi. Ayni damda, jamiyatdagi har qanday yangilanish jarayonlari, islohotlar mohiyati bilan uzviy bog‘liq holda ro‘y beradi. Davlat ta’lim standartlarining yangilanib borayotganligi; o‘quv-metodik adabiyotlar, darsliklar, dasturlar, ta’lim sohalariga oid klassifikatorlar mazmun-mohiyati takomillashib borayotganligi yangi-yangi pedagogik konsepsiyalarga turtki bermoqda. Bu kabi yangilanishlar pedagogik innovatsiyalarning ta’lim sohalari va uzluksiz ta’lim tizimiga jadal kirib borishini taqazo etmoqda.
Zamonaviy pedagoglarning ayni jarayonlar ichida faol ish olib borishi qator kasbiy sifatlari qatori innovatsion faoliyatga tayyorlik darajasini talab etmoqda. Bunday faoliyatga layoqatlilik darajasi ta’lim texnologiyasi loyihasi va uning markazidagi pedagogik g‘oyada aniq namoyon bo‘ladi. Ta’lim texnologiyasining yaratuvchisi – pedagog nazariy bilim, amaliy tajriba, ilg‘or ta’lim metodlari va usullarini qo‘llash mahoratini egallagan bo‘lsa, ta’lim sifati bilan samaradorligi kafolatlanadi.
Har qanday o‘qitish texnologiyasi muayyan didaktik maqsadga yo‘naltirilar ekan, uning asosida aniq pedagogik g‘oya yotadi. Pedagogik texnologiyalar mohiyatini o‘quvchi shaxsini xilma-xil jihatlardan rivojlantirish g‘oyasi tashkil etgani uchun xilma-xil mavzular bo‘yicha ta’lim texnologiyalari asosida ham ayni shu g‘oya harakat qiladi. Biroq bu g‘oyani qanday shaklda, qaysi usullar yordamida va qanday qilib amalga oshirish kerak? – degan savolga har safar yangi, original javob topishga harakat qilinadi. Ana shu “javob”dan texnologiyani harakatga keltiruvchi pedagogik g‘oya mohiyati tushuniladi.
Uzluksiz ta’lim bosqichlarida ta’lim texnologiyalari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. “6x6x6”, “aqliy hujum”, “qarorlar shajarasi”, “tarmoqlar”, “tarozi”, “zinama-zina”, “burchaklar”, “elpig‘ich” kabi o‘nlab usullar nomi barchaga tushunarli va tanish. Ta’lim amaliyotida o‘qituvchi ulardan foydalanishni rejalashtirar ekan didaktik maqsadni asos qilib oladi. Ayni damda bu maqsadni qanday amalga oshirish ustida bosh qotiradi. Muammoni echish uchun muayyan g‘oya yaratish zarurati kelib chiqadi. Xo‘sh, didaktik maqsad aniq, uni amalga oshirish bosqichlari, ta’lim usullari belgilandi, ammo ta’lim texnologiyasi nima asosiga quriladi?
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da “G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va odamlarni maqsad sari etaklaydigan fikr. Unda olamni bilish va o‘zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo‘llari va vositalari mujassam bo‘ladi”– deb izohlangan. Ushbu ta’rifni pedagogik texnologiyalarga tadbiq qiladigan bo‘lsak, “Ta’lim berish va o‘zlashtirish usullarini yaratish, qo‘llash, ularni yagona tizimga keltirish”1ning optimal variantlarini tadqiq etish degan ta’rif kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyalarning o‘quvchilar nutqini o‘stirishga yo‘naltirilgan variantlari uni ishlab chiqqan o‘qituvchi-pedagoglar yaratuvchilik faoliyati natijasidir. Ayni faoliyat asosida ham muayyan qarash, ta’lim samaradorligini ta’minlash haqidagi g‘oya turadi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha qiziqarli kuzatishlar olib borgan Anatoliy Gin so‘zlari bilan aytganda: “Bunday texnologiyalar o‘quvchilarni yagona fikr doirasidan ozod qilib, tafakkur osmonida erkin parvoz qilishlariga imkon yaratadi”. Bunday sharoit yaratishda olim “ochiq topshiriqlardan foydalanishni maslahat beradi. Bunday usulda o‘quvchilar kreativ (ijodiy) tafakkur yuritishga, muammo echimiga turli yo‘llar, izlanishlar orqali etib borishga yo‘llanadi. “Ochiq topshiriqlar”ning esa echimi ko‘p bo‘ladi.
Bilamizki, o‘tgan asrning 60-yillaridan ta’lim jarayonida texnik vositalardan foydalanishga kirishilgan. O‘qitishning texnologik asoslarini nazariy va amaliy jihatdan ilmiy sharhlashga kirishildi. 1961 yilda AQSHda “Pedagogik texnologiya” jurnali; 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim”; 1965 yildan YAponiyada, 1971 yildan Italiyada “Pedagogik texnologiya” jurnallari chop etila boshlangan. Rossiyada ham ana shu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar yaratilgan. V.M.Klarinning “Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse”; V.P.Bespalkoning “Slagayomыe pedagogicheskoy texnologii” kabi qo‘llanmalari yaratildi. 1997 yildan “Maktab texnologiyalari” jurnali nashr qilingan.
Demak, har qanday pedagogik texnologiya yangilanishga, takomillashishiga yo‘naltirilgan pedagogik g‘oyalarni taqazo etadi. Ta’lim tizimiga xos innovatsiya jarayonlari ana shu zarurat natijasidir.
Ta’lim maqsadi, o‘quv jarayoni mazmuni, tashkiliy shakllar, o‘qitish metodlari, usul va vositalari o‘qituvchilar tajribasi bilan mahoratiga, izlanishlariga, yangilik yaratish salohiyatiga ko‘ra muntazam takomillashib, yangilanib boradi. Jamiyatimizning har jihatdan sog‘lom, barkamol yoshlarni shakllantirishga bo‘lgan talab va ehtiyoji tufayli bugungi ta’lim-tarbiya maqsadlari yangi mazmun kasb etdi. Pedagogik texnologiyaning yaxlitlik, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni loyihalash; natijalarni oldindan kafolatlash; tasxishlash tamoyillari texnologiya qismlarining ketma-ketligi, uzviyligi, aloqadorligi, o‘quv materiallari o‘zlashtirilishining individual darajasi o‘quv-biluv bosqichlariga muvofiq izchil sur’atda o‘sib borishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiya tamoyillari umumdidaktik prinsiplar (onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, ta’lim-tarbiyaning uzviyligi hamda uzluksizligi, tushunarliligi, bilimlar puxtaligi va h.k) bilan uyg‘unlikda o‘rganiladi.
Innovatsion texnologiya asosida ishlashda pedagog va o‘quvchi munosabatlarining o‘zgarish darajalari:
* Pedagog bilimni tashuvchi, etkazuvchi emas, o‘quvchini o‘qish bilim olishda yordamchi , maslahatchi, tashkilotchi rahbarga aylanadi.
* Uning uchun pedagog-konstruktorlash, loyihalash, algoritmlash, sharayotida ish yuritishga o‘rganib boradi.
* Ikki tomonlama faol, ma’suliyatli, ijodkorlik asosida ish yuritish malakasi shakllanadi.
* O‘quvchini o‘zini-o‘zi o‘qitish, faol ishlashida yakka, juft, kichik guruhlarda mustaqil ishlash muhiti yordam beradi; o‘quv jarayoni individuallashtiriladi; ta’lim natijalari kafolatlanadi.
Har qanday pedagogik texnologiya yo‘llovchi (yo‘naltiruvchi), bajaruvchi nazorat qiluvchi va tuzatuvchi harakatlarni birlashtiradi.
“Aqliy hujum”, “Muammoli ta’lim”, “6x6x6” kabi metodlar vositasida o‘qituvchi o‘quvchilarning qanday o‘quv topshiriqlari ustida ishlashlari yoki qanday muammoni hal qilishlari lozimligini oldindan belgilab, shu masalalar echimini topishga yo‘llovchi savollar, kartochkalar, jadvallar tayyorlaydi. Mashg‘ulot texnologiyasini ishlab chiqadi va loyihalaydi. O‘quvchilar tayyor topshiriqlar asosida izlanishga yo‘o‘alanadi; topshiriqlar tushunib olingach, faol izlanish, o‘ylash, mustaqil faoliyat bosqichiga o‘tadilar. O‘z qarorlari, hukm-xulosalarini tayyorlashga kirishadilar.
O‘quvchilarning aniq, mo‘ljalli harakatlari o‘zlashtirilgan o‘quv materiallari, bilimlar, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash natijasiga aylanadi. Ayni damda, yangi malakalar ham shakllanib boradi. O‘quv harakatlari davomida o‘quvchilar taqdim etilgan topshiriqlarni o‘rganish, tahlil qilish, taqqoslash, bajarish kabi qator faoliyat turlarini amalga oshiradilar. Natija esa bu harakatlar yakunidan yuzaga keladi.
O‘quvchi o‘z izlanishlari, o‘quv-biluv faoliyati natijasini o‘zi baholaydi. O‘qituvchi natijalar monitoringini yuritadi, loyihalangan texnologiyaning samaradorlik darajasini nazorat qiladi, uni yanada samaraliroq bo‘lish vositalari va imkoniyatlarini belgilaydi, aniqlashtiradi hamda tashxislaydi. Texnologiyaning muayyan qismlarini takomillashtirish bo‘yicha ijodiy ish olib boradi.
SHu sohada qator izlanishlar olib borgan K.Ishmatov “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar” (Namangan, 2000) nomli qo‘llanmasida o‘quv maqsadlarining ketma-ketlik tizimini (maqsadlar taksonomiyasini) nazorat topshiriqlarini o‘quv maqsadlariga erishish yo‘llarini muntazam korreksiyalash yoki yangilab borish ta’lim-tarbiya natijalari samaradorligi ortishiga ta’sir ko‘rsatishni ta’kidlagan. T.Madumarov, M.Kamoldinovning “Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari va uni innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash” (“Talqin”-2012) nomli qo‘llanmalarida pedagogik maqsadlarga erishishning tizimli tartiblashgan taksonimiyasi (ob’ektlari o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib oddiydan murakkablashib boradigan ketma-ketlikda turkumlash, sistemalashtirish biologiya fanida taksonomiya deyiladi. Bu g‘oya Amerikalik olim B.Blum tomonidan yaratilgan (1956 yil “Taksonomiya” (I qism) nashr etilgan). ligini ta’kidlab, unda o‘quv maqsadlariga erishishning kognitiv sohasi ishlab chiqilganligi; keyingi o‘n yillikda esa D.Kratvol va boshqa olimlar tomonidan pedagogik maqsadlar taksonomiyasining affektiv sohasi yaratilganligi; kognitiv soha (bilishga oid soha) – o‘qib o‘rganilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berishdan boshlab, to o‘zlashtirilgan bilimlarni to‘la anglab, ularni oldin o‘rganilgan g‘oya, metod va harakat usullari bilan uyg‘unlashtirib tasavvur etish; bilimlarni egallashgacha bo‘lgan muammolarni hal etishni o‘z ichiga olishi bayon etilgan.
Affektiv (hissiyotli - qadriyatli) sohaga o‘quvchi-talabalarning oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyatlar yo‘nalishlari va munosabatlarini o‘zlashtirishga tayyor bo‘lishlaridan tortib, to o‘quvchining atrof-dunyoga hissiy-shaxsiy munosabatda bo‘lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiritilgan. Bu maqsadlar sirasida qiziqish va moyillik, u yoki bu kechinmalarga hamdard bo‘la olish; voqealar yoki odamlarga bo‘lgan munosabat; ularni tushunishga, anglashga, his qilishga o‘rgatish maqsadlari ifodalangan.
3. Psixomotor (harakatga oid) va operatsion faoliyatli sohalarni olimlar asosan malakaviy harakatlarni qamrab oluvchi o‘quv maqsadlariga ko‘ra tavsiflaydilar. Og‘zaki va yozma nutqni takomillashtirishga yo‘naltirilgan malakalar, mehnat (kasb ta’limi) va o‘quvchi-talabalarning jismoniy tarbiya ta’limi doirasidagi malakalari, kasb o‘rgatish jarayonlari bu sohaga kiritilgan.
Didaktik maqsadlarni izchil amalga oshirish tizimini yaratish orqali o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligi kafolatlanadi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati mavhum emas, aniq maqsad va vazifalar tomon yo‘naltiriladi. Natijalarni baholash andozasi (etalon) ham birgalikda yaratiladi. Nafaqat o‘qituvchi, balki o‘quvchilar ham o‘z-o‘zini baholash imkoniga ega bo‘ladilar. SHu sababli innovatsion pedagogik faoliyat modeli didaktik maqsadning aniqligini; belgilangan maqsad va vazifalarga erishish yo‘llari (metod, usul vositalarning) to‘g‘ri tanlanishini; o‘quvchilar faoliyatini boshqarish; o‘quv maqsadlariga yo‘naltirish; ta’sir ko‘rsatish; motivatsiyani kuchaytirish; o‘quv mashg‘uloti bosqisma-bosqich mazmunli, ta’sirchan, samarali o‘tishini qamrab oladi.
Innovatsion pedagogik faoliyat ob’ektini ta’lim-tarbiya oluvchilar: o‘quvchi-talabalar tashkil etgani uchun bu jarayon ular shaxsiga yo‘naltiriladi. SHu sababli o‘quvchi shaxsini shakllantirish va yuksaltirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik jarayon insonparvarlik mohiyatiga ega. O‘qituvchi-pedagog o‘z faoliyatini ijodiy tashkil etar ekan har safar yangi izlanishlar, yangicha yondashuvlar tufayli dars mashg‘uloti shakli va mazmunini yangilashga intiladi, o‘z qarashlarini tajriba-sinov tarzida amaliyotga tadbiq etadi. Natijalarga ko‘ra yana izlanishga, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangiliklar kiritishga harakat qiladi, kamchiliklarini topadi, to‘ldiradi, mukammallashtiradi. Ko‘p hollarda mavjud metodik qarashlar, ko‘nikilgan nazariy qoidalar o‘qituvchilarni qoniqtirmasligi mumkin. Zotan, innovatsion pedagogik jarayon o‘qituvchi faoliyatining doimiy o‘sib-ulg‘ayib, takomillashib, yangiliklar bilan boyib borishini taqozo etadi. YAngi bilimlarni muntazam o‘zlashtirib borish; pedagog shaxsiga, kasbiy mahoratiga nisbatan zamonaviy talablarga javob beradigan, yaratuvchilik qobiliyatiga ega bo‘lish nafaqat ta’lim-tarbiya balki jamiyat talabi hamda ehtiyojiga aylandi.
Bugungi kunda kelib o‘qituvchi-pedagogning innovatsion faoliyati kasbiy madaniyati bilan kompitentlikning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash esa davlat ahamiyatiga molik jiddiy masalalardan biridir. Bu jarayon ta’lim bosqichlariaro uzviy hamda uzluksiz tarzda tashkil etilishi; kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallashga intilgan yoshlarni “Ustoz-shogird” tizimida tarbiyalashga e’tibor qaratish; oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan pedagog kadrlarni kasbga yo‘naltirilgan ilmiy-nazariy seminarlarga, kafedralardagi ilmiy-tadqiqot ishlariga, xilma-xil ilmiy loyihalar tevaragidagi izlanishlarga, ilmiy-amaliy konferensiyalarga jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi tezkor zamonda ta’lim samaradorligini oshirishnin eng maqbul yo‘li – mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish, deb qaralmoqda. Xo‘sh, interfaol metodlarning o‘zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadga muvofiq qo‘llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyida ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz. YUqoridagi savollarga javob topishda dastlabki eng to‘g‘ri qadam tayanch tushuncha – «interfaol» atamasining lug‘aviy ma’nosi bilan tanishishdir. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an’anaviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o‘zaro munosabatlar shakllarida tashkil etiladi:
«Interfaol» tushunchasi ingliz tilidagi «interact» (rus tilida «interaktiv») so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy nuqtai nazardan «inter» – o‘zaro, ikki taraflama, «act» – harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni anglatadi Interfaol ta’lim – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim Interfaollik – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari An’anaviy ta’limdagi suhbat ishtirokchilari an’anaviy ta’limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o‘qituvchining tajribasi bo‘lib, bu jarayonda u etakchilik, dominantlik qiladi, ya’ni u darsning asosiy vaqtida bilimlarni og‘zaki tarzida o‘quvchi tinglovchilarga etkazib berishga intiladi. Faollik ko‘rsatish o‘qituvchigagina xos bo‘lib, o‘quvchi tinglovchilar bu vaziyatda sust tinglovchi bo‘lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o‘qituvchini tinglash, zarur o‘rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam holatlarda (ruxsat etilganidagina) so‘zlashdan iboratdir. An’anaviy ta’limdagi bir tomonlamalik oliy ta’lim tizimidagi faqat ma’ruza mashg‘ulotlarida emas, seminar darslarida ham ustuvorlik qiladi. Unga ko‘ra, «etkazib beruvchi» rolida endi o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi (tinglovchi ) namoyon bo‘ladi.
O‘quvchi (tinglovchi ), asosan, o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o‘qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o‘rinlarda savollar bilan murojaat qiladi. O‘quvchi (tinglovchi)lar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi,tinglovchi bo‘lib qoladi. Bir qarashda o‘quvchi (tinglovchi)yoki o‘qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborotlarning qabul qilinishi o‘quvchi (tinglovchi va kursant)lar guruhi (jamoasi) uchun bilim-larni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratayotgandek taassurot uyg‘otadi .Biroq, psixologik tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, bu tarzda qabul qilingan bilim (ma’lumot)lar juda tez unutiladi. Xususan, amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o‘rganishlariga ko‘ra, shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o‘zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi. Ya’ni:
- shaxs manbani o‘zi o‘qiganida 10 %;
- ma’lumotni eshitganida 20 %;
- sodir bo‘lgan voqea,hodisa yoki jarayonni ko‘rganida 30 %;
- sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rib,
- ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni eshitganida 50 %;
- ma’lumot (axborot)larni o‘zi uzatganida (so‘zlaganida, bilimlarini
- namoyish etganida) 80 %; o‘zlashtirilgan bilim (ma’lumot, axborot)larni o‘z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi ma’lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega ekan.
An’anaviy ta’lim berishdan farqli o‘laroq, interfaol o‘qitish «ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozara, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda echimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, «o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘quvchilar guruhi»ning o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab- quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi» 1 .
Zamonaviy ta’lim, jumladan uning tobora ommalashib borayotgan shakli – interfaol o‘qitishda suhbat (dialog) quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi:
Interfaol ta’lim, o‘z mohiyatiga ko‘ra, suhbatning «o‘quvchi (tinglovchi ) – axborot-kommunikatsion texnologiyalar» shaklida tashkil etilishi o‘quvchi (tinglovchi va kursant)lar tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, malakalar o‘zlashtirilishini anglatadi.
O‘qitishning interfaol ta’limga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda va hatto «bolalar o‘yini» kabi taassurot uyg‘otadi. Biroq, bunda o‘qituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega bo‘lishi talab qilinadi:
O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning aniq ta’limiy maqsadga erishish o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan talablarga bo‘ysunish xohishiga egaliklari o‘quvchilarning darsga mas’uliyat bilan yondashishlari, burchlarini anglay olishlari
Ikkilamchi omillar o‘quvchilarning darsga psixologik tayyorliklari o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘quvchilarning muayyan darajada hayotiy tajribalarga egaliklari o‘quvchilarning tengdoshlari va o‘qituvchi bilan hamkorlik qilishga moyilliklari. Asosiy omillar ish tajribasi metodik malaka tayanch pedagogik-psixologik bilimlar tashkilotchilik qobiliyati didaktik vositalar (axborot, tarqatma materiallar, dars jihozlari)ga ega bo‘lish o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ishonch va hurmatga asoslanishi o‘quvchi va o‘quvchilar guruhining o‘zaro hamkorlikka erisha olishi ta’lim jarayonida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishi axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarning samarali, o‘rinli, maqsadga muvofiq va o‘zaro moslikda qo‘llashga erishi yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Interfaol ta’limning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
Asosiy belgilar
- ko‘p fikrlilik suhbat (dialog)
- fikrlashga asoslangan faoliyat g‘oyalarning yaratilishi (ilgari surilishi)
- tanlash imkoniyatining mavjudligi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish
- refleksiya
Interfaol ta’lim:
– ta’lim oluvchi (o‘quvchi, tinglovchi va kursant)larda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi;
– ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag‘batlantiradi;
– har bir o‘quvchi (tinglovich va kursant)ning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
– o‘quv materialining samarali o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi;
– o‘quvchi (tinglovchi va kursant)larga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi;
– o‘quvchi (tinglovchi va kursant)larda o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha fikr hamda munosabatni uyg‘otadi;
– o‘quvchi (tinglovchi va kursant)larda hayotiy zarur ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi;
– o‘quvchi (tinglovchi va kursant)larning xulq-atvori ijobiy tomonga o‘zgarishini ta’minlaydi
Odatda interfaol metodlarga asoslangan ta’limiy harakatlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi: individual; juftlik; guruh; jamoa bilan ishlash
Interfaol ta’lim jarayonida o‘quvchi (tinglovchi )lar:
– guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
– tengdoshlari orasida o‘z g‘oyalarini erkin bayon qilish, bilimlarini hech qanday ruhiy to‘siqlarsiz namoyish etish;
– muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
– guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
– o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olish;
– fikrlash, fikrlarni umumlashtirish va ular orasidan eng muhimlarini saralash;
– o‘z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
– o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
– turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Izoh: Refleksiya (lotincha «reflexio» – ortga qaytish, aks etish) – kishining o‘z xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib etishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari va o‘y-xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash. Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror topshirish uchun o‘qituvchi (pedagog)lar bir qator shartlarga rioya eta olishlari zarur. Ular: Izoh: Stullar kichik va katta doira shaklida joylashtirilganda kichik doirada o‘quvchilar, katta doirada ekspert guruhi joylashadi.
Asosiy shartlar topshiriqni bajarish, materiallarni taqdim etish, guruhlarning ishlanmalarini muhokama qilish uchun vaqtning aniq belgilanishi o‘quvchilarning kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi (har bir guruhda faol va nofaol o‘quvchilarning teng miqdorda bo‘lishi) jamoadagi barcha o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga to‘la qamrab olinishi o‘quvchi (tinglovchi)larning mashg‘ulotlarga ruhan tayyorliklarini inobatga olish o‘quvchilar sonining ko‘p bo‘lmasligi (25–30 nafar o‘quvchi bilan kichik guruhlarda ishlash samaralidir) o‘quv xonasining jihozlanishi (stullar doira, archa, «Jonli liniya» kabi shakllarda joylashtiriladi)
Interfaol ta’lim quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Mashg‘ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.
2. Guruhning tajribasi o‘qituvchi (pedagog)ning tajribasidan ko‘p.
3. O‘quvchilar yoshi, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko‘ra o‘zaro teng.
4. Har bir o‘quvchi o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrini aytish huquqiga ega.
5. Mashg‘ulotda o‘quvchi shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).
6. Bildirilgan g‘oyalar o‘quvchilarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) bo‘lib xizmat qiladi
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol o‘qitishning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum: Interfaol ta’lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. «Ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o‘zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi».
O‘quv-uslubiy tavsiyalarning keyingi bo‘limida interfaol metodlar, ularning mohiyati, qo‘llanish shartlari va didaktik imkoniyatlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz. Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; SHternberg, 1985 y.). SHarqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikn yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. YA’ni, topshiriqni bajarish, masalani echishda talaba echimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri echimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash). YUqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim. E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi: Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin.
7 .O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi.
So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda. “Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;
- muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o‘zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
- muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
2) o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli o‘quvchilar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi hamda talabalarda o‘quv fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi
O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning (1997y.) ikkinchi bosqichi sifat bosqichi hisoblanib, bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurati uqtirilgan. Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida «o’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda.


Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza tug’ilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni etishtirib kelgan pedagogikaning o'ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yo'ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo'l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida ma'lum sabablar mavjud, ya'ni:
1.Rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish uchun, aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi;
2.Fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimi hajmining tobora ko'payib borayotganligi;
3.Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ta'limga tatbiq etish, ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish, o’quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish kerakligi;
4.Talaba va o'qituvchi faoliyatini to'g’ri yo'lga qo'yish, o'qituvchi ta'lim maqsadi va mazmunini puxta bilishi, ta'lim usullari, metodlari va vositalarini yaxshi egallagan bo'lishi, talabaning qiziqish va intiluvchanligini to'g’ri yo'lga yo'naltira olishi lozimligi;
5.O'qituvchi ta'lim jarayonini yuqori darajada, samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta'lim natijasini oldindan qayd etishi, o’quv predmetlarini to'liq o'zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta'lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlashga erishishi kerakligi;
6.O’quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazaning yaratilgan bo'lishligi;
7.Ta'lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va ob'ektiv baholash, talabalarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni avtomatlashtirishga erishilganligi;
8.O'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi kabi muammolardadir.
Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbir hisoblanadi.
O'tgan asrning 60-yillarida AQSH (B. Blum, D. Kratvol, N. Gronland, J. Kerrol)da yaratilgan va jahondagi 30 ga yaqin mamlakatlar ta'lim tizimida muvaffaqiyatli qo'llanib kelinayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning nazariy asoslari, o'ziga xos xususiyatlari hamda bu texnologiyaning mamlakatimiz ta'lim tizimiga joriy etishning ahamiyati juda katta.
O'tgan asrning 50-yillar o'rtasida jahon pedagogikasida o’quv jarayonini to'la-to'kis yangi, o'ziga xos «texnologik» usulda tashkil etishga yondashish vujudga kelgan edi. 60-yillarda esa o’qitish uslublarining o'ta turli-tumanligi ulardan o’quv jarayonining tashkil etishda foydalanishni qiyinlashtirayotganligi e'tirof etila boshlandi. Shuning uchun ham barcha uslublar uchun umumiy bo'lgan ilmiy asos yaratish zarurati tug’ildi. Natijada pedagogik uslublar texnologiyasi yoki o’quv jarayonining tashkil etish texnologiyasi, ya'ni «ta'lim texnologiyasi» (an Educational technologu) tushunchasi vujudga keldi. AQSHda 1961 yildan «Pedagogik texnologiya» jurnali chiqarila boshlandi. Shuningdek, Angliyada «Pedagogik texnologiya va o’quv jarayoni» (1964 yildan), Yaponiyada «Pedagogik texnologiya» (1965 yildan), Italiyada ham shunga o'xshash jurnal (1971 yildan) chiqa boshlagan. YUNESKO 1971 yildan boshlab ta'lim bo'yicha xalqaro byuroning «Pedagogik texnologiyalar» byulletenini chiqarib kelmoqda. Rossiya Federatsiyasida esa 1997 yildan boshlab «Maktab texnologiyalari» jurnali ta'sis etildi.
Xorijiy mutaxassis olimlar bilan bir qatorda respublikamizning pedagog olimlari Ashirbaev S., Sayidahmedov N.S., Jo'raev R., Farberman B.L. va boshqalar tomonidan ham samarali ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish kuchayganining sababi shundaki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma'qullandi va 1972 yilda «Ta'limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya - ta'limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.

Download 113.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling