Pedagogik yondashuvlar
partiyasining ovoz diapazoni «si» kichik oktavadan 2-oktava «fa»gacha
Download 56.88 Kb. Pdf ko'rish
|
o-smirlik-yoshidagi-o-quvchilarni-ovozini-tarbiyalashda-pedagogik-yondashuvlar
Soprano partiyasining ovoz diapazoni «si» kichik oktavadan 2-oktava «fa»gacha
bo’lgan oraliqni o’z ichiga oladi. Alt partiyasi esa «lya» kichik oktavadan «re» 2-oktavagacha bo’lgan oraliqda kuylanadi. Ayni paytda shuni hisobga olish lozimki, ularning ovozlari hali etilib, qotmagan bo’lganligi uchun o’ta darajadagi past va ayniqsa o’ta darajadagi baland tovushlarda kuylatmaslik lozim. Shunday ovozlar ham borki, ularning ovoz diapazonlari 4-5 notadan nariga o’tmaydi. Dars jarayonida ular bilan alohida mashq olib borishning imkoniyati "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 290 http://oac.dsmi-qf.uz/ bo’lmasa-da, ularni ba’zi-ba’zida ovozlariga mos pardalarda kuylatib borish lozim bo’ladi. Musiqa o’qituvchisining muhim ishlaridan biri barcha o’quvchilarga issiq va sovuq taomlarni iste’mol qilishdan saqlanish lozimligini maslahat berib borishdan iboratdir. Yangi paydo bo’lgan ovozlarda haddan tashqari ko’p kuylash, qattiq baqirish ham ovozning buzilib qolishiga olib kelinishi mumkin. O’smir yoshdagi o’kuvchilar boshlang’ich sinf o’quvchilari singari narsa va hodisalarinnig faqat tashqi tomonlarini emas, balki ularning ichki murakkab tomonlarini ham analiz va sintez qila olish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Ammo ularning kuzatish va idrok qilishlarida hali tajribasizlik elementlari ham sezilib turadi. O’quvchilar o’smirlik yoshida milliy ruh tushunchasini darov ilg’ab olavermaydilar. Buning uchun albatta o’qituvchining sa’yi-harakatlari, mahorati, tajriba va omilkorligi zarur bo’ladi. Ayrim tushunchalarni ular anglab olishga qiynaladilar. Xususan, so’zlarda ma’joziy ma’noda berilgan fikrlarni anglab olishlari bir oz qiyin kechadi. O’quvchilar o’smir yoshida zaruriy narsalarni tezda esda saqlab qola olishi, xususan qo’shiqlarning she’rlarini tezda yod ola bilish qobiliyatiga ega bo’lsalar-da, ma’lum vaqt o’tishi bilan bu narsalar ularning xotirasida uzoq saqlanib qolmaydi. Shuning uchun muhim fikrlarni ularga alohida ta’kidlab o’rgatish va ularning xotirasidan mustahkam o’rin olishi uchun bu materiallarni ora-sira takrorlab turish ham zarur bo’ladi. Ba’zan o’quvchilarning o’zlari bunga ishora qilganlaridek, ba’zi qo’shiqlarni qayta-qayta kuylatishni iltimos qiladilar. Ammo haddan tashqari ko’p qaytarish ham xotirani o’tmaslashtiradi va bora-bora ular yaxshi ko’rgan qo’shig’idan etarlicha zavq ololmay ham qoladilar. Musiqa o’qituvchisi o’smirlarda xayoliy fikrlash malakalarini o’stirib borishlari lozim. Xususan, mamlakatimizning kelajagi ularning qo’lida bo’lishini tushuntirgan holda ularni bilim olishga, jahon bolalari oldida o’zlarining bilimlari bilan raqobatbardoshlik ko’rsata olishlari lozimligini uqtirib, ularni ilhom bilan bilim olishga yo’naltirishlari mumkin. O’quvchilarning hissiy bilimlarini rivojlantirishda musiqaning o’rni alohida ahamiyatlidir. Musiqa asarlarini his-hayajon bilan tinglashlari, qo’shiqlarni zavq bilan kuylashlari bu yoshdagi o’quvchilar uchun ayniqsa xarakterlidir. Hayot uchun muhim bo’lgan zaruriy tushunchalarni o’quvchilarga his-hayajon bilan idrok ettirilsa, bu tushunchalar ularning ongiga chuqurroq singib boradi. Xullas, milliy ruhdagi xalqimizning asrlar osha to’plab kelgan milliy musiqiy merosiga bo’lgan munosabat, mehnatga muhabbat, insonlarga hurmat va burch tushunchalarining muqaddasligi musiqa vositasida ayniqsa, qo’shiqlar orqali ularning ongiga chuqurroq singib borishi tabiiy bir holdir. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 291 http://oac.dsmi-qf.uz/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling