Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 4- kurs 197-guruh talabasi Rahimova Muborakning


I BOB. Boshlang’ich sinflarda rivoyat va hadislarni o’quvchilarga o’rgatish Pedago’gik muammo sifatida


Download 97.69 Kb.
bet3/11
Sana20.06.2023
Hajmi97.69 Kb.
#1632837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rahimova Muborak kurs ishi 197- guruh

I BOB. Boshlang’ich sinflarda rivoyat va hadislarni o’quvchilarga o’rgatish Pedago’gik muammo sifatida
1.1 Boshlang’ich sinf o;quvchilarini axloqiy tarbiyalashning mazmun va mohiyati

Yosh bolalar maktabga kelganiga qadar oilada tarbiyalanadi. Oilada bola tarbiyasi kattalarning ma’naviy saviyasi, ijobiy ibrat namunasi, bolaning etuk inson bo‘lib ulg‘ayishiga qaratilgan e’tibori va yana ko‘plab boshqa ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi. Oilada farzand tarbiyalash haqida ulug‘ pedagoglar, buyuk allomalar, xalqimizning dono vakillari qimmatli nazariy va amaliy ta’limotlarni yaratganlar. Ularga suyangan va amal qilgan holda yosh bolani to‘g‘ri tarbiyalash imkoniyati mavjud. Ammo barcha oilalarda bu ta’limotlar mukammal o‘rganilib, ularga amal qilgan holda bola tarbiyasiga yondashiladi deb bo‘lmaydi.


Bola birinchi bor maktabga kelganida hamma uchun umumiy bo‘lgan, bajarilishi zarur sanalgan qoidalarga duch keladi. Agar bu qoidalar oiladagi tarbiyadan keskin farq qilmasa maktab sharoitiga ko‘nikishi oson va tez kechadi. Maktabga o‘z xohishi va qiziqishi bilan qatnaydi. Ba’zan bola uchun maktabdagi ichki tartib-qoidalar murakkabdek, o‘rganilmagan, cheklovlar asosida qurilgandek tuyuladi. Bola maktabga borgisi kelmay u o‘qishdan soviydi.
Bunday hollarda o‘qituvchi ota-onalar bilan maslahatlashgan holda oila va maktabdagi bolaga qo‘yiladigan talablarni uyg‘unlashtirishga erishishi zarur bo‘ladi.
Bolaning dastlabki kamoloti xususiyatlari o‘rganiladi. Ilmiy-pedagogik yondashuvni amalga oshirishga e’tibor qaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining har tomonlama tarbiyalanishida ularning kamolot xususiyatlarini bilish va hisobga olish alohida ahamiyatga ega.
Insonning shaxs sifatida shakllanishida bir qancha omillar ta’sir etib, uni komillik sari etaklaydi. Komillikning eng asosiy belgilari sifatida aqliy, axloqiy, ruhiy va jismoniy ulg‘ayish amalga oshadi. Ularning ta’siri ostida ma’naviy barkamollik hosil bo‘ladi.
Bolalarga tarbiya berishning eng asosiy shartlaridan biri ularning ma’naviy barkamollikka erishishidir. Bolaning ma’naviy barkamolligi uning aqliy qobiliyatlarining barqarorlashuvi, jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishi kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Bu yo‘nalishlarning har biri inson ma’naviy qiyofasida o‘ziga xos o‘ringa ega. Olimlarning ta’kidlashlaricha ma’naviy shakllanishda aqliy va axloqiy tarbiyaning rolli beqiyosdir. Aqliy tarbiya orqali nafaqat o‘qish va yozishga, balki, tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarning mohiyatini anglashga, ularni o‘zlarining maqsadlariga yo‘naltirishga erishadi. Aqliy tarbiyaning natijasi sifatida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at rivojlanadi
Aqliy tarbiyaning natijasi sifatida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at rivojlanadi. Ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyalari takomillashadi. SHuning uchun ham aqliy tarbiyani ma’naviy shakllanishning boy mezonlaridan biri deb qaraladi

Axloqiy tarbiya o‘quvchilarning ma’naviy qiyofasini, tashqi ko‘rinishidan tortib, xulq-atvorigacha, xatti-harakati, munosabati, madaniyati bilan birga, etuk insoniy fazilat egalari bo‘lishlarini taminlaydi. Boshlangg‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy sifatlar atrof- muhitlariga ongli munosabat hosil bo‘lishi bilan shakllanib boradi.


Bolaga kattalar qanday munosabatda bo‘lsalar unga mos holda odob-axloq normalari tarkib topib va shakllanib boradi.
Axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari sifatida burch, vijdon, nomus kabi ma’naviyatning asosiy tushunchalari va asosini tashkil etuvchi fazilatlari ro‘yobga chiqadi va bolaning kundalik hayotida namoyon bo‘ladi.
“Axloq kishilarning bir-biriga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlaridan namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvori, odoblari majmui”, deb hisoblangan.
YOshlarga axloqiy tarbiya berish dars jarayonida, darsdan tashqarida, oilada, jamoatchilik joylarida hamisha muntazam berib boriladi. Bunga xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish ijobiy natija beradi.
O‘quvchi-yoshlarning vatanparvarlik hissi eng oliy tuyg‘ulardan biri bo‘lib, bolada birinchi olgan nafasi, ona suti va allasi, quvonch va tashvishlari, orzu- havaslari orqali tarkib topib boshlaydi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarga kattalar tomonidan bugungi kun quvonchini idrok etish jarayonida ertaning bugundanda yaxshi bo‘lishiga ishonishlariga o‘rgatish lozim. Bugungi hur, ozod, obod kunlarni yaratilishiga sababchi bo‘lganlarga qalbimda minnatdorchilik tuyg‘usi barq uradi. SHular natijasida o‘tmishni, tarixni o‘rganishga qiziqish hosil bo‘ladi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek “Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi”3[5., 4].
Insonparvarlik ota-bobolarimizdan qolgan noyob ma’naviy meros hisoblanib, uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida sayqallangan, hayratlanarlik darajada takomilga etgan.
O‘zbek oilasining har bir vakili nafaqat tug‘ushganlariga, do‘st- birodarlariga, tanishlariga, xatto: “etti yot begonalarga” ham samimiy munosabatdabo‘ladi.
O‘zbekistonda yuzlab millat vakillarining inoq-totuv yashashlari buning yorqin misolidir. Bir oilada bir necha millat vakillarining qon-qarindosh bo‘lib yashayotgani sir emas. Bu xalqimizning baynalminalchi-ligini belgisidir. Xalqlar va millatlar o‘rtasidagi do‘stlik buyuk bobokolonlarimizning asarlarida takror va takror bayonetilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga odob qoidalarini o‘rgatish, kelajakda insonlar orasida, hayotda o‘z o‘rnini topish uchun eng zarur shart ekanligini anglatish lozim. SHuning uchun ham xalqimiz: “Odobli bola elga manzur”, “Odob kishining zebu-ziynati”, - deb bejizgaaytmaganlar.
Odob inson uchun zarur fazilat ekanligini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darsliklardagi ertaklar rivoyat va afsonalardagi ijobiy va salbiy obrazlarni o‘zaro taqqoslab, o‘z fikri va aql-zakovati, qobiliyati bilan his qiladi, uning hayotiy zarurat ekanligini ich-ichidan tushunibetadi.
O‘quvchilar odob qoidalarni bajarishni kimdandir qo‘rqqanidan, uyalganidan emas, balki hayotiy ehtiyoj va turmush tarzi sifatida qarab unga doim rioya qilish zarurligini anglashlari lozim.
Odob qoidalarini yoshlikdan o‘rganib, unga qat’iy rioya qilgan bolalar va yoshlar keyinchalik o‘z hayoti yo‘llarini shu mash’al yordamida yorug‘ quradilar, yorqin kelajak sari adashmasdan boradilar. Bu haqda bobomiz A.Navoiy o‘zlarining “Mahbub ul-qulub” asarida shunday deganlar:
“Odob – kichik yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi; yoshlar u duo barakasidan umrbod baxramand bo‘ladilar. Odob – ulug‘lar ko‘nglida yoshlarga mehr uyg‘otadi va odobli yoshga bo‘lgan muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi. YOshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadigan fe’l-atvori odobdir.
Odoblilarning yurish-turishida xalq ulug‘vorlik ko‘radi”.4[8.,145]
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari odob normalarini ko‘proq ota-ona va muallimlaridan oladilar.
Muallimlarining, ota-onalarining va o‘zidan kattalarning odob to‘g‘risidagi nasihatlarini jon dildan qabul qiluvchi, ulug‘larning yaxshi fazilatlaridan ibrat oluvchi bola, o‘smir albatta odobli bo‘lib ulg‘ayadi.
Bizga ma’lumki boshlang‘ich sinflarda “Odobnoma” fani o‘qitiladi. Bu fan o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy ruhda tarbiyalanishiga, unda o‘quvchilar axloqiy tarbiyani hikoya, she’rlar, maqollar, rivoyatlar, hadislar orqali yanada boyitib, rivojlantirib boriladi. Masalan, 3-sinf “Odobnoma” darsligida “Hadisi marif-odob-axloq manbayi”5[14.,..] bo‘lishida odobga oid quyidagi hadislar keltirilgan.
Axloqiy tarbiya haqida so‘z yuritganda dinning ta’sirini, salmog‘ini ta’kidlash o‘rinlidir. Umumiy ta’lim maktablarimiz dunyoviy xarakterga ega bo‘lsada, yoshlarning tarbiyasiga diniy ta’limotlar ta’sir etmasdan qolmaydi. Ota ona jamiyatchilik, bola yashayotgan ijtimoiy muhitning ta’siri ostida diniy tushunchalar egallab boriladi. Ularga kundalik hayot tarzida amalqilinadi.
Xulosa qilib aytganimizda, boshlang‘ich sinflarda ta’lim mazmunining salmoqli qismi sanalgan xalq og‘zaki ijodining har bir turi ma’lum ta’limiy va tarbiyaviy vazifani hal etishga qaratilgandir.
Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishi o‘qituvchining mahoratiga, bilimdonligi va fidoiyligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Hadis - islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Muhammad payg‘ambar biror gap aytgan, biror ish qilib ko‘rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ko‘rib turib, uni man etmagan bo‘lsa, ana shu uch holat sunnat hisoblanadi. Ana shunday xatti-harakatlar yoki ko‘rsatmalar hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘ tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, hadislarda o‘zaro do‘stona "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 855 munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Razolat, kibr-u havo, adovat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrat tuyg‘ulari ifodalangan. Vaqt o‘tishi bilan turli ijtimoiy ziddiyatlar, dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar natijasida soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Natijada hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar - muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta ko‘rib chiqishga, ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga kirishganlar. Shunday qilib, islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ‘ibotchilari va mualliflari paydo bo‘la boshladi. Hadis ilmining rivojlanishiga, ayniqsa, bizning yurtimizdan yetishib chiqqan muhaddislar ulkan hissa qo‘shishgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil alBuxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy o‘z umrlarini hadis to‘plash va ularni o‘rganishdek muqaddas ishga bag‘ishlaganlar. Mashhur muhaddislar orasida Imom Buxoriy eng oldingi o‘rinda turadi. Uning yozgan kitoblari ichida eng mashhuri «Al-jome’ as-sahih» (bu asar «Al-jome’ assahih» nomi bilan ham mashhur)asaridir. Imom Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar hadis kitoblariga barcha eshitgan hadislarini kiritar edilar. Hadislarni barcha shartlari bilan tekshirib, ularni sahih (ishonchli) yoki g‘ayrisahih (ishonarsiz) qismlarga ajratmas edilar. Birinchi bo‘lib bu uslubni Imom Buxoriy joriy etgan. Hadislar tuzilishiga ko‘ra, yuqorida ta’kidlanganidek, ikki qismdan - hadisning mazmuni (matni) va uning sanadidan iborat. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati hadisning musnadi deyiladi. Muhammad payg‘ambardan so‘ng biron-bir hadis yozib olingunga qadar o‘tgan vaqt ichida ushbu hadisni bir-biriga naql qilib kelgan roviylar tartibida (musnadda) uzilish bo‘lmasa, bunday hadislar ishonchli hisoblangan. Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faхrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir. Agar o‘qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchining bilim darajasi ham baland bo‘ladi. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Pedagog xodimlar o‘zlarini kasb ko‘nikmalari muallimlik va tarbiyachilik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta’kidlanadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda. O‘qituvchi kasbining nozikligi, mas‘uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to‘g‘risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo‘yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 856 munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topgan. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega. Sharq ma’naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg‘onish davrida juda rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, «o‘qituvchi - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi», - deb ta’kidlaydi. Farobiy o‘qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning fikricha, «...O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo‘y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko‘ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko‘rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo‘lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o‘z vaqtida rag‘batlantirish, gohida maqtab qo‘yish, aksincha bo‘lganda esa, unga tanbeh berishi kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo‘lmasligi lozim, o‘quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o‘zboshimcha bo‘lib qolishiga olib boradi, - deydi Ibn Sino. Nasriddin Tusiy o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida» degan asarida shunday deydi: «O‘qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi dozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol va qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin». O‘qituvchi va uning mahorati to‘g‘risida nazm mulkining sultoni A.Navoiy, A.Jomiy va boshqalarning asarlarida o‘qituvchi qobiliyati, shaxsiy fazilatlari, uning nutqi, notiqlik san‘ati, madaniyati haqida qimmatli, durdona fikrlari mavjud. Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida bola dunyoqarashining - kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 857 muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi. Ustoz, muallimsiz qolganda zamon, Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon, - deb hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida. O‘zbek adabiyotining dahosi Alisher Navoiy o‘z asarlari va ilmiy qarashlarida o‘qituvchilik qobiliyati va uning obro‘si, odobi yuzasidan ibratomuz mulohazalar yuritadi. Alloma fikricha o‘qituvchi faoliyatini ijodiy yondashuvsiz tasavvur qila olmaydi. U doimo o‘z ustida mukammal ishlashi, tajriba oshirib borishi zarur deydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklak, irodaviy kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o‘rinni egallaydi. O‘qituvchining har jihatdan ibrat va namuna bo‘lishlari ta’lim va tarbiya garovi ekanligiga ishora qilgan. O‘qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati to‘g‘risidagi mulohazalar «Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg‘u Bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. Chunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o‘zginasi bo‘lganligi sababli tarbiyachi-murabbiyning o‘ziga xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan. XVIII-XIX asrda Turkistondagi jadidlar harakatining asoschilaridan biri, buyuk ma’rifatparvar o‘qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta’lim tizimi, o‘qitishni takomillashtirib, o‘qituvchilar malakasini oshirish, bo‘lg‘usi o‘qituvchini tayyorlash muammolariga mutlaqo yangicha yondashgan olimdir. Uning fikricha ijodiy izlanish, o‘qish va o‘qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir,-deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, O‘rta Osiyo mutafakkirlari va o‘zbek ma’rifatparvarlari o‘qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish yo‘lida jonbozlik, qatiyatlilik ko‘rsatishi, o‘quvchilarning ruhiy dunyosiga to‘g‘ri yo‘l topa olishi, ularga ta’sir o‘tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas‘ul shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishi zarur ekanligini o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tadilar. Hozirgi davrda mamlakatimizda pedagogik faoliyatning rivojlanishida jahon mutafakkir-olimlarining pedagogik qarashlari va ta’limotlari ijobiy ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi-sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir: - shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi; - bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatiga va oilasiga bo‘lgan muhabbati; "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 858 - keng bilimga ega bo‘lish, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi; - yosh pedagog psixologiya, pedagogika, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi; - o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustaqil bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi; -ta’lim-tarbiya metodikasini egallashi; - o‘z ishiga ijodiy yondashishi; - pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega bo‘lishi; - o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi kabi talablarga to‘la javob bera olishga intilishi lozim va shart. Ushbu vazifa va maqsadlarni ijobiy hal etishi natijasida o‘qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarida umumiy didaktik printsiplarni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq. Ma’ulumki, o‘qituvchi faoliyati ta’lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi, chunki u o‘qitadi, ta’lim beradi Shunga asosan o‘qituvchi dars muammolariga to‘g‘ri yondoshishi uchun ta’lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirini tushunishi lozim. Xulosa qilib aytganda, ta’lim - tarbiya jarayonida hadislardan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos bo‘lib, u shaxsning ma’naviyatini yuqori darajaga olib chiqadi. Undagi insoniy tuyg‘ularni kamol topib, ildiz otishida o‘ziga xos omil hisoblanadi.



Download 97.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling