Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 4- kurs 197-guruh talabasi Rahimova Muborakning


Ta’lim jarayonida xalk og’zaki ijodi namunlarining o’quvchilar axloqiy tarbiyasida kuchaytirish tartibi


Download 97.69 Kb.
bet10/11
Sana20.06.2023
Hajmi97.69 Kb.
#1632837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rahimova Muborak kurs ishi 197- guruh

2.2. Ta’lim jarayonida xalk og’zaki ijodi namunlarining o’quvchilar axloqiy tarbiyasida kuchaytirish tartibi.
Maktabda o‘quvchilarga o‘rgatishga mo‘ljallangan har bir mavzu ma’lum ta’lim-tarbiyaviy qiymatga ega bo‘lishi shart. CHunki o‘quvchining aqliy, axloqiy, ma’naviy, ruhiy kamoloti ularga o‘qitiladigan fanlarning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun ham ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ongining shakllanganlik darajasi, bilim saviyasi, hayotiy tajribalariga uyg‘un holda tanlanadi.
Bola maktabga borganicha oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida ko‘proq xalq og‘zaki ijodi namunalari ta’sirida tarbiyalanib boradi.
Maktabda bu ta’sir davom ettirilishi yaxshi natija beradi. Birinchidan, o‘zlariga ma’lum yaqin va yoqimli bo‘lgan bilimlarni egallashda davom etsalar, ikkinchidan, ilmiy-nazariy bilimlarni olish uchun ularning aqliy salohiyatlarini ko‘niktirib boshlaydi. Bir turmush vafikrlash tarzidan, boshqasiga o‘tishni qiyinchiliksiz amalga oshishinita’minlaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning bilim olishi va insoniy fazilatlarini egallashlariga turli xalq og‘zaki ijodi namunalari turlicha ta’sir etadi. YUqorida qayd etilganidek, boshlang‘ich sinflarda maqollar, hikmatli so‘zlar, rivoyatlar, afsonalar, topishmoqlar, ertaklar, dostonlardan parchalar va tez aytishlar o‘qitilib boriladi. Quyida shularning o‘quvchilar shaxsi shakllanishiga ta’siri haqida fikr yuritamiz. CHunki ularning har biri o‘ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatga ega ekanligi hech kimga sir emas.
Ma’lumki inson barkamolligi uning ma’naviy qadriyatlar haqidagi xalq og‘zaki ijodi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda, kundalik faoliyatlarida doim amalga oshirib borishlari uchun eng qulay vositadir.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi materiallarida axloq-odobga oidlari juda ko‘p bo‘lib, ular insonning ma’naviy dunyosini aks ettiradi.
Ijtimoiy vamaishiy hayotning turli sohalari qamrab olingan, xalqning asrlar davomida to‘plangan, tildan-tilga, dildan-dilga ko‘chib kelayotgan xalq og‘zaki ijodi namunalarida insoniy qadriyatlar ibratli satrlarda ifodalangan bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganishga mo‘ljallangan xalq og‘zaki ijodi namunalari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga, ongi va tushunchalarining rivojlanish darajalariga mosligi, ularda hosil bo‘lib boshlagan axloqiy sifatlarning mohiyatlariga uzviy bog‘langan bo‘lishi zarur.
SHuni ta’kidlash lozimki, og‘zaki ijod namunalari hamma yosh davrlari uchun qo‘llanilaveradi. E’tiborlisi shundaki, ancha murakkab mohiyatga ega bo‘lgan tushuncha va iboralarni bola dilidan his etadi. Undagi mazmunga rioya qilgan holda o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartiradi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga kuchli tarbiyaviy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi turlariga maqollar, ertak va rivoyatlar, hikmatli so‘zlar, dostonlardan parchalar hamda qo‘shiqlarni kiritish mumkin. Topishmoqlar ko‘proq aqliy tarbiya va bilim olishning vositasi deb e’tirof etiladi. Lekin ularning ham tarbiyaviy ta’sirini inkor etish mumkin emas. Topishmoqqa javob izlab topishda bolaning dunyoqarashini kengayishi, irodaviy sifatlari, o‘ziga bo‘lgan ishonch, hozirjavoblik kabi fazilatlar shakllanib boradi.
Darhaqiqat, xalq og’zaki ijodida inson qadr-qimmati va sha’nini ulug’lovchi, ma’naviy kamolotini belgilovchi omillar, iymon-e’tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do’st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, ahillik sahifalari rangbarangdir. Bu sahifalarning har biri yosh avlod uchun odobnoma, ibratnoma deb baholanishga tamomila haqlidir.Jamiyatimizdagi yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirrali ekanligini unutmasligimiz kerak. Demak, qanday insonni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo’lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarur. Bunda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish orqali o’quvchilarda milliy qadriyatlarni tarkib toptirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi kerak. Xalq og’zaki ijodida keng talqin qilinadigan мilliy qadriyatlarinsonparvarlik,bag’rikenglik, vatanparvarlik, mehmondo’stlik, ahillik, to’g’riso’zlik va boshqalar o’zbek xalqi qadriyatlarining nozik kurtaklari bo’lib hisoblanadi. Ularni xalqimiz asrlar osha avaylab- asrab kelmoqda. Mamlakatimizning kuch-qudrati manbai ham uning milliy qadriyatlarga sodiqligidadir. Insonparvarlik - bu o’zbek halqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir.
Shu sababdan "oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug'lar, qo'ni-qo'shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik ma'naviyatining ma'nosi ana shunday keng.Haqiqatdan ham ma'naviyati boy kishi ona-yerga, Vatanga sadoqatli bo'ladi.O'z hayotini Vatanining ravnaqisiz tasavvur qila olmaydi.Bola maktabga borganida ma'lum ma'naviy xususiyatlarga ega bo'ladi, lekin haqiqiy ma'naviy fazilatlar maktabda ta'lim-tarbiya olish jarayonida paydo bo'ladi. Maktabda o'qitiladigan har bir fan, asosan tarbiya fanining har bir mavzu o'quvchi ma'naviy qiyofasining boyishiga hissa qo'shib boradi.Ayniqsa, xalq INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 8 og'zaki ijodi namunalari bolalarga kuchli ma'naviy ta'sir ko'rsatish imkoniga ega.Tez aytish, maqollar, ertaklar tajribada sinalgan, minglab yillar davomida jamiyat a'zolarini eng yaxshi fazilatlar sohibiga aylantirgan tarbiya vositalari hisoblanadi.Tez aytish, maqollar, xalq ertaklari mazmun jihatidan boy, shakl jihatidan xilma-xildir.Ularning paydo bo'lishi ham uzoq o'tmishdan boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.Xalqning umumiy dahosi mahsuli bo'lgan folklor materiallari aynan bir xalq, bir millat tomonidan yaratilsa ham, umuminsoniy qiymati kuchli hisoblanadi.
Hadislarning inson hayotidagi ahamiyati va o’rni beqiyosdir. Har bir hadisning o’z ma’nosini tushunib , o’rganib , biz uchun ulardan amalda foydalanishimiz g’oyat ahamiyatlidir. Hadis o’zi arabcha so’zdan olingan bo’lib, “xabar, gap, yangilik” degan ma’noni bildiradi. Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’on Karimdan keyingi asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to’plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o’rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishi (muhaddis)lar tartibga solib bergan. VIII-XI asrlarda to’rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug’ullangan. Hadislarda inson ma’naviy kamolotining mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallaganligi, o’z bilimi bilan artofdagilar va jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo’lib etishishda muhim omildir deya ko’rsatiladi.

Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Bu kabi xislatlarni har birimiz o’zimizda shakllantirishimizga yana bir yordamchi manba, tarbiya manbalardan biri bu hadislarni amalda tatbiq etishimiz hisoblanadi. Hadislarda ibrat olinadigan jihatlar juda ham ko’p uchraydi. Bizning har bir qilgan yaxshi amalimiz, so’zlarimiz o’zimiz uchun ota - onamizga bildirilgan minnatdorchilik orqali faxr, hurmat, kabi tuyg’ularini uyg’otishga sabab bo’ladi. Hadislarda tarbiya mavzusiga doir hadislarni o’rganishimiz orqali biz o’zimiz ko’p narsalarni o’rganib olamiz. O’rgangan hadislarimiz ni hayotda amalda qo’llab har bir masalada, mavzularda , bir qancha xatoliklarimizni to’g’rilab olishga harakat qilamiz. O’rganganlarimizni boshqalarga o’rgatishga harakat qilamiz va tatbiq etamiz. Har bir kishining otaonasiga yaxshilik qilganidek, bolalariga ham yaxshilik qilishi shartligi, zero, inson bo’ynida ota-onaning haqqi bo’lganidek, bolaning ham haqqi borligi xususidagi g’oyalar Qur’oni Karimda ham, Hadisi sharifda ham uqtiradi Hadislarda kishilarning bir-biri bilan do’st, tinch-totuv yashashlari, o’zaro muruvvatli, mehrshafqatli bo’lishlari kerakligi haqidagi g’oya ham ilgari suriladi.


Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Hadislar har bir shaxsni aqliy, jismoniy jihatdan kamolga yetkazishga oid e’tiqod va iymondan iborat bo’lib, faqat ezgulikka xizmat qilish, oliyjanob bo’lish, pokiza yurish.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari hayotning turli-tuman tomonlarini o‘z ichiga olgan, kishilarni axloq-odobga, sabr-qanoatga, insof va sahovatga, to‘g‘rilik va rostgo‘ylikka chorlagan xalq donishmandligi durdonalarida yuksak insoniy ideallar targ‘ib qilingan.
Maqollar o‘quvchilarning ma’naviy kamolotini yuksaltirishda ma’lum darajada hissa qo‘shadi. O‘quvchilarga ko‘proq axloq-odobga doir maqollar o‘rgatilishi va ularning mazmuni ochib berilishi zarur.
O‘zbek xalq maqollarida, axloq va axloqiy tarbiya metodlariga oid materiallar markaziy o‘rinni egallaydi. Odob va axloq mavzusidagi maqollar, asosan ikkinchi shaxs-tinglovchiga nisbatan o‘git-nasihat yo‘sinida aytilgan mazmundor so‘zlardir. SHunday ekan, ularni birinchi navbatda, tinglovchi – bolalarga nisbatan tarbiyaviy ta’sir etish ma’nosida qilingan murojat deb tushunish mumkin.
Bolalarning odob-axloqiga nisbatan aytilgan maqollarda: “Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l!”, “Tozalik – sog‘lik garovi”, “Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l!”, “Er haydasang – kuz hayda, kuz haydamasang – yuz hayda”, “Ko‘p ko‘rgan, ko‘p bilar”, “Mehnat baxt keltirar”, “Bahorgi harakat – kuzgi barakat”, “Ona yurting – oltin beshiging”, “Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar” kabilarda yoshlarni kishilarning ijobiy ma’naviy fazilati – otashin vatanparvarlik, mehr- muruvvatlik, milliy iftixor, chuqur insonparvarlik, mehnatga muhabbat, hamkorlik, o‘rtoqlik, do‘stlik, inoqlik kabi olijanob axloqiy sifatlarni aks ettiradi hamda yoshlarni bunday fazilatlarga odatlantirish metod va vositalarini o‘z ichigaoladi.
Bu maqollar inson fazilatining barcha qirralarini qamrab olganligi bilan yoshlarning umumiy tarbiyasini kuchaytiradi.
Bu singari maqollarda yoshlarning bilim, ko‘nikma va malakalari hosil bo‘lishi, shaxsiy va kasbiy sifatlarning tarkib topishi, irodali sabr-qanoatli bo‘lish, tadbirkor va ishbilarmon, turli xil hayotiy muammolarga shay turishga, ijobiy hislatlarni namoyon qilishga davat etiladi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodining ertak janri ham xalqimiz orasida eng ko‘p yoyilgan va muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan janrdir.
Boshqa xalqlardagi kabi o‘zbek oilasida ham ertak (cho‘pchak) aytib bermay bola o‘stirgan ota-ona va kattalarni, yoki ertak eshitmay ulg‘aygan yoshlarni tasavvur qilish qiyin. Buni tarixida o‘tgan ilm-fan vakillari shoir va adiblar jamoat arboblari e’tirof etganlar. Ularning shaxs sifatida shakllanishlarida ertak qahramonlari ijobiy ta’sir ko‘rsatgani ma’lum qilinadi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodida ertaklar ham folklor asarlari sifatida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. SHunga ko‘ra, ertaklarni qiziqib o‘qimaydigan bolalar umuman bo‘lmasa kerak.
Zero, ertaklar bolalar hayotida alohida o‘rin tutadi. Ular o‘quvchilarga samarali tarbiyaviy ta’sir qilib, ma’naviy va axloqiy tushunchalarga katta yordam ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinf darsliklariga kiritilgan xalq ertaklari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lib, ulardan darsda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda unumli foydalanishmumkin.
Ular o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, botirlik, mardlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik singari axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ertaklarning mazmuni va asosiy g‘oyasini yaxshiroq idrok etib, puxtaroq tushunib olishlari uchun og‘zaki nutq o‘stirishlariga doir rasmlar chizishni tavsiya etish, ularda tasavvur va tafakkur, xotirani o‘stirish, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziquvchanlikni oshirish g‘oyat muhimdir.
Bolalar ertak qahramonlarining qiyofalarini mazmunga mos holda aks ettirishni,ayniqsa hayvonlar, parrandalar, hashoratlarni katta qiziqish bilan tasvirlashni yoqtiradilar. Ularning chizgan rasmlarida anglab etgan hayot haqiqatlari o‘z ifodasini topadi.
Boshlang‘ich sinf darsliklarida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ertaklarga keng o‘rin berilgan. “Tansixatlik-tuman boylik”, “Uch ugil”, “Uch urtok”, “Eng yaxshi sovga”, “Akilli bola”, “Kenja ugil”, “Xunarsiz kishi ulimga yakin”, “Ochkuz boy”, “Tulki bilan turna”, “Kuzacha bilan tulki”, “Donishmand yigit”, “Halollik”, “Ahillik - ulug‘ baxt”,Davlat , “Ilm afzal” ertaklari shular jumlasidandir.
Tabiiyki, o‘quvchilar bunday asarlarni sevib tinglaydilar va o‘qiydilar. O‘qituvchi bergan savollarga javob berish jarayonida o‘quvchilarni tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi hamda so‘z boyligi ortib boradi. Ertaklarning o‘z olami bo‘lib, o‘quvchilar uni o‘rganishda o‘zlarining ma’naviy olamlarini boyitadilar.
Ertaklar olamiga kishi bolalik chog‘laridayoq sayohat etadi, u dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, ulardan ulkan zavq va ibrat oladilar, keyinroq har xil toifa va harakterdagi kishilar dunyosi: aqlli va ahmoq, saxiy va qizg‘anchiq, zolim va odil, mehnatsevar va yolqov, bilimdon va johil kishilar obrazi bilantanishadilar.
Kishi kamolotga etgan sari eshitadigan ertaklarining turlari ham o‘zgarib boradi. Og‘ir mehnatdan keyin hordiq chiqarish chog‘larida kishilar olam ajoyibotlari, ruhni engillashtiruvchi fantaziya bilan bezagan ertaklarni miriqib tinglashga ehtiyoj seziladi. Kelajak va go‘zal hayot haqidagi orzu-umidlari xalqning o‘z aql-zakovati, istaklari bilan yo‘g‘rilgan ertaklarda to‘la ifodasini topgan. Ayniqsa uzoq o‘tmishda yaratilgan ertaklar kishilarning orzu-havaslari va ehtiyojlarini ham aks ettirgan. Ertaklarda kambag‘al, mehnatkash xalqning og‘ir hayot sharoitlari, qiyinchiliklari real, haqqoniy tasvirlanadi. SHu bilan birga xalq o‘z fantaziyasini ishga solib, boy, johil rahbar, amaldorlarni kambag‘al- qashshoqlar o‘rniga o‘tkazadi, ularni qiyinchilik, muxtojlikka duchor etib, qattiq jazolaydi, o‘zining sevimli kishilarini esa shox, vazir, amaldor darajasiga ko‘tarib mukofotlaydi,ulug‘laydi.
hayvonlar, parrandalar, hashoratlarni katta qiziqish bilan tasvirlashni yoqtiradilar. Ularning chizgan rasmlarida anglab etgan hayot haqiqatlari o‘z ifodasini topadi.
Boshlang‘ich sinf darsliklarida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ertaklarga keng o‘rin berilgan. “Tansixatlik-tuman boylik”, “Uch ugil”, “Uch urtok”, “Eng yaxshi sovga”, “Akilli bola”, “Kenja ugil”, “Xunarsiz kishi ulimga yakin”, “Ochkuz boy”, “Tulki bilan turna”, “Kuzacha bilan tulki”, “Donishmand yigit”, “Halollik”, “Ahillik - ulug‘ baxt”,Davlat , “Ilm afzal” ertaklari shular jumlasidandir.
Tabiiyki, o‘quvchilar bunday asarlarni sevib tinglaydilar va o‘qiydilar. O‘qituvchi bergan savollarga javob berish jarayonida o‘quvchilarni tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi hamda so‘z boyligi ortib boradi. Ertaklarning o‘z olami bo‘lib, o‘quvchilar uni o‘rganishda o‘zlarining ma’naviy olamlarini boyitadilar.
Ertaklar olamiga kishi bolalik chog‘laridayoq sayohat etadi, u dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, ulardan ulkan zavq va ibrat oladilar, keyinroq har xil toifa va harakterdagi kishilar dunyosi: aqlli va ahmoq, saxiy va qizg‘anchiq, zolim va odil, mehnatsevar va yolqov, bilimdon va johil kishilar obrazi bilantanishadilar.
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo'yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, Shunday degan edilar:”Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o'zgarmaydi”. Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda tarbiyaning noodatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam tarbiya va qarashlarini shakillantirish bola shaxsida milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatini qarratmog’imiz lozim. Yuqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq og‘zaki ijodi va pedagogikasi tajribalari yosh avlodni xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.Тarbiyada xalqning milliy va ma’naviy qadriyatlariga suyanish,ular orqali o’quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirish-o’ta dolzarb masalalardan biridir. Chunki,bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda yoshlar ongi va qalbi uchun kurash keskinlashgan bir paytda o’quvchilarni iloji boricha,oila muhitida va maktabgacha ta’lim muassasasidanoq vatanparvar, xalqparvar, fidoiy, Vatani, xalqi uchun jonini ayamaydigan matonatli qilib tarbiyalash zarur. Хalq og’zaki ijodida komil inson g’oyasi azal-azaldan kuylanib kelingan va u xalqimizning ezgu orzusi, uning ma’naviyatining uzviy bir qismi bo’lib kelgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil inson g’oyasi islom falsafasidan oziqlanib yanada kengroq ma’no-mazmun kasb etgan. INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 6 Хalq og’zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari keng qamrovli bo’lib,o’z zamirida tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi,do’st birodarlik,ahillik,mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat,yaxshilik va yomonlikning ta’rifi, yaxshi va yomon so’zning oqibati,halollik, to’g’rilik, olijanoblik tarbiyasi, adolat, insof va insofsizlik, og’ainichilik va qon-qardoshchilikning ahamiyati, botirlik va qo’rqoqlik, odobodobsizlik, mehmon va mehmondo’stlik kabi kategoriyalar talqin qilinadi. “Хalqimizning ma’naviy merosini, ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaxo mevaki,u bizning qadimiy va novqiron xalqimiz qalbida butun va insoniyatning ulkan oilasida o’z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg’usi bilan birgalikda yetilgan. Bizning ma’naviyatimiz asrlar davomida million-million kishilar taqdiri asosida shakllangan. Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning va davlatning kuch-qudratidir”. Degan edilar birinchi Prezidentimiz I.A Karimov.Shundan kelib chiqib aytish kerakki ziyolilar va o’qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri ham o’tmish ma’naviy merosimizni yosh avlodga yetkazish va buni yetkazishning yanada samarali usullarini ishlab chiqishdan iboratdir. Har bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk siymolar, mard qaxramonlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bitiladi. Хalqimizning Shiroq va Тo’maris, Spitamen va Muqanna,Тemur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur va Bobur Mirzo kabi mard farzandlari-buyuk g’oya sohiblaridir. Shunday buyuk siymolarimizdan A.Avloniyning bunday gaplari o’rinlidir: “Har bir millatning saodati,davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdur”. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarida xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish orqali ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash – pedagogikada dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Insonning o’zi va o’z oilasining baxt-saodati yo’lida mehnat qilishga shaxsan tayyor ekanligi uning ichki imkoniyatlarini tashkil qiladi. Shaxs imkoniyatlari juda chuqur asoslarga egadir. Milliy qadriyatlar, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy maqsad va muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog’laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir. O’zbek olimi M. Haydarov yozishicha: “Хalq og’zaki ijodi namunalaridagi odobaxloq,ta’lim-tarbiya borasidagi pandnomalar bag’oyat hayotiy, xalqchil va ibratlidir. Хususan an’anaviy xalq dostonlari va ertaklari, qo’shiqlar va INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 7 maqollar tarbiya darslari ekanligini, folklorning boshqa katta-kichik janrlari boshdan-oyoq pandnomaligini unutmasligimiz kerak”. Хalq pedagogikasining sharqona an’analari, oilaviy-maishiy yo’nalishlari, o’ziga xosligi, ommaviy bayram- sayllar, marosimlar, urf-odatlar va udumlarda ifodalanishi o’sib kelayotgan yosh avlod tomonidan o’rganilishi lozim bo’lgan masalalar sirasiga kiradi. Folklorshunos olim S. Тurayev ta’kidlashicha: “Хalq og’zaki ijodida hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi” . Darhaqiqat, xalq og’zaki ijodida inson qadr-qimmati va sha’nini ulug’lovchi, ma’naviy kamolotini belgilovchi omillar, iymon-e’tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do’st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, ahillik sahifalari rangbarangdir. Bu sahifalarning har biri yosh avlod uchun odobnoma, ibratnoma deb baholanishga tamomila haqlidir.Jamiyatimizdagi yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirrali ekanligini unutmasligimiz kerak. Demak, qanday insonni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo’lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarur. Bunda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish orqali o’quvchilarda milliy qadriyatlarni tarkib toptirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi kerak. Xalq og’zaki ijodida keng talqin qilinadigan мilliy qadriyatlarinsonparvarlik,bag’rikenglik, vatanparvarlik, mehmondo’stlik, ahillik, to’g’riso’zlik va boshqalar o’zbek xalqi qadriyatlarining nozik kurtaklari bo’lib hisoblanadi. Ularni xalqimiz asrlar osha avaylab- asrab kelmoqda. Mamlakatimizning kuch-qudrati manbai ham uning milliy qadriyatlarga sodiqligidadir. Insonparvarlik - bu o’zbek halqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shu sababdan "oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug'lar, qo'ni-qo'shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik ma'naviyatining ma'nosi ana shunday keng.Haqiqatdan ham ma'naviyati boy kishi ona-yerga, Vatanga sadoqatli bo'ladi.O'z hayotini Vatanining ravnaqisiz tasavvur qila olmaydi.Bola maktabga borganida ma'lum ma'naviy xususiyatlarga ega bo'ladi, lekin haqiqiy ma'naviy fazilatlar maktabda ta'lim-tarbiya olish jarayonida paydo bo'ladi. Maktabda o'qitiladigan har bir fan, asosan tarbiya fanining har bir mavzu o'quvchi ma'naviy qiyofasining boyishiga hissa qo'shib boradi.Ayniqsa, xalq INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 8 og'zaki ijodi namunalari bolalarga kuchli ma'naviy ta'sir ko'rsatish imkoniga ega.Tez aytish, maqollar, ertaklar tajribada sinalgan, minglab yillar davomida jamiyat a'zolarini eng yaxshi fazilatlar sohibiga aylantirgan tarbiya vositalari hisoblanadi.Tez aytish, maqollar, xalq ertaklari mazmun jihatidan boy, shakl jihatidan xilma-xildir.Ularning paydo bo'lishi ham uzoq o'tmishdan boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.Xalqning umumiy dahosi mahsuli bo'lgan folklor materiallari aynan bir xalq, bir millat tomonidan yaratilsa ham, umuminsoniy qiymati kuchli hisoblanadi. Shuning uchun ham tez aytishda, maqollarda, ertaklarda turli xalqlarda yaratilgan, mazmun jihatidan bir xil, yoki bir-biriga yaqin bo'lgan materiallar uchrab turadi.Bu hol xalq og'zaki ijodini umumbashariy ta'siriga ega ekanligidan dalolat beradi. Tez aytishlar, maqollar, ertaklar mazmuniga qarab, yoshlarni tarbiyalashni turli yo'nalishlarini, aqliy, axloqiy, jismoniy, ruhiy, estetik, mehnatsevarlik va boshqa xususiyatlarni tarkib toptirishga qaratilgan bo'ladi. Inson kamolotining biror sohasi yo'qki, unga tez aytish, maqollar, ertaklar ta'sir etmagan bo'lsin.Tarbiya fanidagi ayrim materiallar yoshlarni tarbiyalashni qonun-qoidalari, printsiplari, metodlarini aks ettirish bilan ajralib turadi.Shunday imkoniyatlarga ega bo'lgan xalq og'zaki ijodi boshlang'ich sinflarda tarbiya fanining asosiy mazmuni tarkibiga kiritilgan holda o'rganib kelinmoqda. Folklorshunos olimlarning tadqiqotlarida xalq og'zaki ijodi janr xususiyatlari, badiiy qiymati, paydo bo'lishi va taraqqiyoti haqidagi qarashlari katta ilmiy ahamiyatga ega ekanligini tan olish zarur. Ma'lumki, inson barkamolligi uning ma'naviy qadriyatlar haqidagi xalq og'zaki ijodi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda, kundalik faoliyatlarida doim amalga oshirib borishlari uchun eng qulay vositadir. Zero, xalq og'zaki ijodi bolalar hayotida alohida o'rin tutadi. Ular o'quvchilarga samarali tarbiyaviy ta'sir qilib, ma'naviy va axloqiy shakllanishlarida katta yordam ko'rsatadi. Xalq og‘zaki ijodi milliy o`zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g`oyalarni ruhiyatga singdirish katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiya va ta`limning milliy xususiyatlari ham xalq og‘zaki ijodida o`z o`rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog`liq ekanligi qanchalik haqiqat bo`lsa, o`quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash zarurati bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Milliy axloqiy tarbiya xalqning o`z-o`zini saqlash va istiqbolini ta`minlash omili bo`lib hisoblanadi. O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatorida o‘rin olishi uchun, yangicha fikrlaydigan, mehnatga yangicha munosabat bilan qaraydigan yoshlarni tarbiyalash, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz uchun farovon INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 9 turmush sharoitini yaratish yo`lidan bormoqda. Albatta bu ish nihoyatda murakkabligini, bir qator qiyinchiliklarni, ayniqsa xalqimiz ongida zamonga mos o`zgarish qilish lozimligini ko`pchilik tushunadi. Yetuk inson bo`lish o`z sohasining bilimdoni bo`lish bilan chegaralanmaydi. Vatanga xizmat qiladigan va uning manfaatlarini himoya qiluvchi yoshlargina munosib kadr bo`la oladi. Muxtasar qilib aytganda, oxirgi yillarda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan, ko`lami va mohiyatiga ko`ra ulkan ishlarimiz biz ko`zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo`lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma`naviy yuksalishi yo`lida mustahkam zamin yaratgani ishonch bilan ta`kidlanadi. Jamiyatimiz uchun munosib, yetuk kadrlar tayyorlash uchun yana qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim degan savol tug`iladi. Buning uchun, ta`lim muassasalarida tarbiya fanini o`qitila boshladi. Unda jamiyatimiz ijtimoiy hayotida ro`y berayotgan muhim ma`naviy-siyosiy o`zgarishlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yorqin misollar bilan tushuntirib borilmog`i lozim. Ayniqsa yoshlarning mafkuraviy tarbiyasiga alohida e`tibor bermoq zarur. Chunki mafkuraviy tarbiya – yoshlarni, O`zbekistonning buyuk kelajagini barpo qilishda munosib shaxs, komil inson va yetuk kadr qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy tarbiya ta`lim-tarbiya tizimining barcha bo`g`inlarida va yo`nalishlarida amalga oshiriladi. Oiladan boshlab, maktabgacha ta`lim, o`rta umumiy ta`lim, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi, oliy o`quv yurti muassasalarida uzluksiz, har qanday o`zi bo`larchilikka yo`l qo`ymay, izchil ravishda amalga oshirilishi lozim. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, yuksak fazilatli komil insonlarni voyaga yetkazish, yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs, jamiyat uchun kerakli shaxs qilib tarbiyalashda ijtimoiy-siyosiy bilimlar, milliy g`oya targ`iboti favqulotda muhim rol o`ynaydi. Bugungi kunda yangicha tafakkur yuritish, zamon talablari asosida ijtimoiysiyosiy fanlarni, ayniqsa milliy tarbiya targ`ibotini tashkil qilish o`ta jiddiy va dolzarb bo`lib qolmoqda. Zero, yoshlarning ma`naviy kamoloti, har qanday mamlakat, jamiyat, xususan O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartidir.
Kishi kamolotga etgan sari eshitadigan ertaklarining turlari ham o‘zgarib boradi. Og‘ir mehnatdan keyin hordiq chiqarish chog‘larida kishilar olam ajoyibotlari, ruhni engillashtiruvchi fantaziya bilan bezagan ertaklarni miriqib tinglashga ehtiyoj seziladi. Kelajak va go‘zal hayot haqidagi orzu-umidlari xalqning o‘z aql-zakovati, istaklari bilan yo‘g‘rilgan ertaklarda to‘la ifodasini topgan. Ayniqsa uzoq o‘tmishda yaratilgan ertaklar kishilarning orzu-havaslari va ehtiyojlarini ham aks ettirgan. Ertaklarda kambag‘al, mehnatkash xalqning og‘ir hayot sharoitlari, qiyinchiliklari real, haqqoniy tasvirlanadi. SHu bilan birga xalq o‘z fantaziyasini ishga solib, boy, johil rahbar, amaldorlarni kambag‘al- qashshoqlar o‘rniga o‘tkazadi, ularni qiyinchilik, muxtojlikka duchor etib, qattiq jazolaydi, o‘zining sevimli kishilarini esa shox, vazir, amaldor darajasiga ko‘tarib mukofotlaydi,ulug‘laydi.
O‘zbek maishiy ertaklari orasida pand-nasihat, tarbiyaviy xarakterdagi, amaldor, boy, ruhoniylarni tanqid etuvchi satirik ruhdagi, hazil-mutoyiba asosiga qurilgan yumoristik xususiyatdagi ertaklar ham mavjuddir. Pand-nasihat, pedagogik xarakterdagi ertaklarda ota-bobolarimizning asrlar davomida yaratgan hayot tajribalarida sinalgan fikrlarning xulosasi lo‘nda qilib ifoda etilgan. Ularda mehnatkash xalqning pedagogik qarashlari mujassamlashgan. Mehnat ahli o‘z bolalarini savodli qilish, o‘qitishga qurblari etmaganligi sababli, ularni chin inson qilib voyaga etkazish, mehnatni sevish va unga qiziqish bilan qarash, kattalarni hurmat etish, hunar o‘rganish, komil inson bo‘lish, kishilarga doim yordam berish kabi qator ezgu niyatlarini o‘z ertaklari orqali yoshlargaetkazganlar.
CHunonchi maishiy ertaklar orasida “Botir mergan va chakimchi”, “Aka- uka”, “Ziyrak uch yigit” kabilarni eslash mumkin.
“Aka-uka” ertagida aka va ukaning bir-biriga mehribonligi, g‘amxo‘rligi ifodalangan. Aka o‘z bug‘doyidan ukaga, uka esa akaga berishni xohlaydi. CHunki har biri ikkinchisining qiynalmasligini, tinchligini istaydi. Bu ertak juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, aka-ukalarni do‘st, ahil bo‘lishga chaqiradi, kichik jamoa-oiladagi birdamlik, do‘stlikni tasvirlaydi, yoshlarni shunday bo‘lishgaundaydi.
“It bilan tulki” ertagida tulkining ayyorligi, itning esa ziyrakligi ifodalangan. Bu ertak orqali bolalar aldoqchi, yomon niyatli insonlar baribir bir kun ta’zirini eyishi, ya’ni tulki itni aldab, tovuqxonaga tushmoqchi bo‘lganida it uni tutib, qorovulga topshirishi tasvirlangan.
Xalq qo‘shiqlarining o‘rganilishi ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yuksak did va nafis his-tuyg‘ularning tarkib topishiga ta’sir etadi.
X asrda yashab, ijod etgan Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri va tibbiyotning asoschilaridan biri Abu Ali Ibn Sino dastlabki qo‘shiq namunasi sifatida “Ona allasi” bola tarbiyasining boshlanishi ekanligini ta’kidlagan edi: “Bolaning talabini qondirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri – bolani sekin-sekintebratish,ikkinchisi–uniuxlatishuchunodatbo‘libqolgan

musiqa allalashdir. SHu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolalarning tanasi bilan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi”1.


Demak, umuman qo‘shiq va uning bir turi “alla”ning o‘zi bola tarbiyasida, xususan nafosat tarbiyasida bebaho qimmatga ega. Qo‘shiqlarda faqat nafosat tarbiyasiga oid ta’sir kuchli bo‘libgina qolmasdan, balki shu bilan birga aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy tarbiyaga oid qarashlar, ularni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul va vositalar ham katta o‘rin egallaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan qo‘shiqlarning aksariyat ko‘plari yangi davr qo‘shiqlari bo‘lib, Ona-Vatanni, xalqni, baxtli bolalik va farovon turmushni madh etishgaqaratilgan.
O‘tmish davr qo‘shiqlarining bolalarga mos bo‘lganlarini tanlash, darsliklarga kiritish, ularning mazmunini chin dildan his qilgan holda kuylash va tinglashga o‘rgatish hozirgi davr talabi hisoblanadi.
Tarixiy qo‘shiqlardagi mungli ohang, bugungi hayotning qadriga etish, undan zavqlanish va yanada fayzliroq qilish uchun intilishni hosil etishizarur.
Bu maqsadga erishish uchun sinfda, sinfdan vamaktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi yaxshi natijaberadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy shakllari tarbiyaning barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Eng avvalo bolalarning aqliy tarbiyasi yoshiga mos holda takomillashib borishi, fan asoslarining dastlabki (sodda) ma’lumotlarini egallashlarini ta’minlash asosiy vazifa sanaladi. Bu vazifani hal etishda xalq og‘zaki ijodi namunalarining barcha turlari barobar o‘qitiladi. Ammo ularning orasida topishmoqlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Topishmoqlar o‘quvchini o‘ylashga, izlanishga o‘zida bor bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalariga suyangan holda yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Topishmoqlarda yashiringan ma’no bo‘ladi. Uning javobini izlab topish uchun ayrim belgi xususiyatlari ma’lum qilinadi. SHu xususiyatlardan kelib chiqqan holda topishmoqlarning javobi izlanadi. Ba’zan javob izlovchi kishi topishmoq aytgan kishidan yana oydinlik kiritishini so‘raydi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari yoshlarni har tomonlama kamol toptirishga kuchli ta’sir ko‘rsatishi haqida munosabat bildirgan edik. Barcha turdagi og‘zaki ijod materiallari o‘quvchilarning jismoniy ulg‘ayishlari, sog‘lom, baquvvat, chaqqon, kuchli bo‘lishlarini imkon darajasida ta’minlay oladi. O‘g‘il bolalar va qizlarning jismoniy ulg‘ayishlari o‘ziga xos holda amalga oshirilishi nozik iboralarda ifodalangan.
Kishilardagi mehnatsevarlik, kamtarlik, odoblilik kabi fazilatlar ularni el orasida go‘zal xulqli va nafis didli qilib ko‘rsatadi. Bolalarni har doim orasta, yoqimli bo‘lishiga yo‘naltirib turish chin inson bo‘lib ulg‘ayishiga hissa qo‘shadi.
Boshlang‘ich sinflarda yuqorida tahlil etilgan xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tashqari rivoyatlar, afsonalar, hikmatli so‘zlar ham o‘qitiladi. Ularning ham katta ta’lim-tarbiyaviy ta’siri borligini keyingi boblarda bayon etishga harakat qilamiz.
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitoblari”da ko‘p uchraydigan tez aytishlar o‘qituvchilarning nutqini aniq, ravon, tushunarli bo‘lishini, chiroyli so‘zlashni, murakkab iboralarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatishga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy, axloqiy, jismoniy va ruhiy ulg‘ayishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari ulkan ahamiyatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Kishilardagi mehnatsevarlik, kamtarlik, odoblilik kabi fazilatlar ularni el orasida go‘zal xulqli va nafis didli qilib ko‘rsatadi. Bolalarni har doim orasta, yoqimli bo‘lishiga yo‘naltirib turish chin inson bo‘lib ulg‘ayishiga hissa qo‘shadi.
Boshlang‘ich sinflarda yuqorida tahlil etilgan xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tashqari rivoyatlar, afsonalar, hikmatli so‘zlar ham o‘qitiladi. Ularning ham katta ta’lim-tarbiyaviy ta’siri borligini keyingi boblarda bayon etishga harakat qilamiz.
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitoblari”da ko‘p uchraydigan tez aytishlar o‘qituvchilarning nutqini aniq, ravon, tushunarli bo‘lishini, chiroyli so‘zlashni, murakkab iboralarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatishga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy, axloqiy, jismoniy va ruhiy ulg‘ayishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari ulkan ahamiyatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5-6 soat vaqti maktabda, o‘qituvchilar nazorati ostida o‘tadi. Qolgan 18-19 soat vaqti asosan oilada kechadi. SHu vaqtdan oqilona foydalanish, ma’naviy kamol topishga ijobiy ta’sir etish ota va onaning qo‘lida. SHunday ekan oila bolani har tomonlama rivojlanishi, o‘sib ulg‘ayishi, barkamol shaxsga aylanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Oilada bola tarbiyasi haqida ko‘plab aqlli va foydali kitoblar yozilgan. Har xil ta’limotlar yaratilgan. Ibrat olsa arzigulik tajribalar umumlashtirilgan. Ularning qaymog‘i sifatida kerakli xulosalar chiqarilgan. Biror foydali fikr bildirish, jo‘yali so‘z aytish ortiqcha hisoblanadi. Lekin bir narsani qayta ta’kidlamoqchimiz. Oila tarbiyasida ota-onaning jonli, hayotiy, tabiiy ibrat-namunasi farzandlaringizni kutganingizdek yaxshi inson bo‘lishini ta’minlashi mumkin. A.S.Makarenko aytganidek: “bolaga har doim ijobiy ibrat-namuna bo‘lish kerak. Bolani ko‘rib turganda ham, ko‘rmaganda ham o‘zingizni namunali tuting ‘ »5 [....]. SHunda farzandingiz sizning yo‘lingizdan boradi. Bola ko‘chada kimlar bilan o‘ynayapti, kimlar bilan muloqotda bo‘layapti, kimlarning turmush tarzini kuzatyapti, qanday sport seksiyalariga qatnashayapti, bir so‘z bilan aytganda, nima bilan band bo‘layapti – bularning hammasini ota-ona bilishi va nazorat qilishi kerak. Agar ijobiy ta’sir ko‘rsatsa qo‘llab-quvvatlanishi, aksincha salbiy ta’sir etsa uning oldini olish, bu ta’sirdan ajratish talab qilinadi
Maktabda ertak va badiiy kechalar tashkil etiladi, o‘quvchilar bu jarayonda faollik ko‘rsatadilar, butun maktab jamoasi uyushtiriladi. Badiiy havaskorlik to‘garaklarida xalq qo‘shiqlarini mahorat bilan kuylashga, qo‘g‘irchoq teatrlari tashkil etib, ertaklarni sahnalashtirishga qaratilgan tadbirlar bajariladi. Maktabda dostonchi shoirlar, ertak, rivoyat, topishmoq va maqollarni maromiga etkazib aytadigan kishilar taklif etiladi, ular bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Maktabda bunday uchrashuvlarni o‘tkazish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘riladi. Eng avvalo uchrashuv o‘tkaziladigan kishilar bilan muddati, xalq san’atining qaysi turini namoyish qilishi haqida maslahatlashib olinadi. O‘quvchilar uchun foydali va ta’sirchan repertuar aniqlanadi. O‘quvchilarga qiziqarli uchrashuv haqida xabar qilinadi. Zarur bo‘lsa mikrofon va boshqa jihozlar taxt qilinadi. Direktor yoki muovini uchrashuvga kelganlarni o‘quvchilarga tanishtiradi. Tartib bilan so‘z beradi, o‘quvchilarning ortiqcha harakatlarini nazorat qilib turadi.
Yuksak ma`naviy-axloqiy tarbiyalangan insonda vatanga muhabbat, samimiy do`stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mustahkam e`tiqod, imon, nafosat, axloqiy madaniyat singari fazilatlar mujassamlashadi. Uning sifat darajasi kishilarning umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqning ma`naviy merosiga, xalq og‘zaki ijodiga bo`lgan munosabatlarida namoyon bo`ladi. Axloqiy INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 10 tarbiyaning negizi hisoblangan xalq og‘zaki ijodi shaxsning ijtimoiy tuzumiga munosabati, turli ma`rifiy - axloqiy g`oyalar, tushunchalar, qarashlar, tasavvurlar tizimining mahsulidir. Axloqiy tarbiyaning mohiyatini namoyon etuvchi ob`ekt shaxs hisoblanadi.Jamiyat taraqqiyot etgan sari axloqiy tarbiyaning shakli, qamrovi, ta`sir kuchi ham o`zgarib boradi.Bunday o`sishni jamiyat rivojlanishining tezlanishi, ijtimoiy munosabatlarning holati talab qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ob`ektiv talabiga binoan tarixiy jarayonda shaxsning axloqiy tarbiyasini o`sishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga nisbatan tezroq amalga oshishi kerak. Zotan, muayyan davrning tarbiya masalalari, har bir ijtimoiy hodisada bo`lgani singari uning qoloq tomonlari va ayni vaqtda, shu davrning umumiy tafakkur darajasidan o`zib ketadigan ilg`or fikrlar, qarashlar va nazariyalar ham bo`ladi. Axloqiy tarbiyaning davr talab ehtiyojlariga bog`liqligi dialektik jarayon bo`lib, u ichki ziddiyatlarga ega. Bizning nazarimizda, shaxsning axloq tarbiyasi ichki ma`naviy-axloqiy dunyosi, ma`naviy-axloqiy ehtiyoji, ma`naviy-axloqiy qiziqishi, ma`naviy-axloqiy faoliyati va ma`naviy qadriyat kabi asosiy belgilar tizimidan iborat bo`lib, ular o`zaro birbiri bilan bog`liqdir. Shaxsning ma`naviy-axloqiy ehtiyoji ma`naviy-axloqiy qiziqishni vujudga keltiradi, u shaxs faoliyati jarayonida namoyon bo`ladi va natijada ma`naviy-axloqiy qadriyat yuzaga keladi. Ma`naviy qadriyat o`z navbatida yuqori ma`naviy-axloqiy ehtiyojning paydo bo`lishiga asos bo`ladi. Ma`naviy-axloqiy rivojlanishning bu aylanish davri uzluksiz davom etadi. Shunday qilib, axloqiy tarbiya insoniyat faoliyati mahsuli bo`lib, u o`zining moddiy va ma`naviy jihatlari bilan shaxs axloqiy sifatlarini shakllanishiga bevosita ta`sir etadi. Ayniqsa, ma`naviy-axloqiy madaniyatning fan, adabiyot, san`at, maorif, din, xalq og‘zaki ijodi, milliy qadriyatlar kabi serqirra manbalari o`quvchida axloqiy tarbiya va sifatlarini shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Xulosa

Xalq - tarix va madaniyatni, moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratuvchi buyuk kuch. Har bir xalq asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to`playdi, shu tajribani esa turli vositalar bilan kelajak avlodlarga meros qoldiradi. Bular avloddan avlodga o`tib, xalq og`zaki ijodiga aylanib, sayqallanib boraveradi. Rivoyat va afsonalarimiz ham shunday bebeho merosimiz hisoblanadi.


Tarixning guvohlik berishicha, tafakkurning bunday durdonalari xalqimiz asrlar osha ko`z qorachig`iday asrab avaylab, sayqal berib, turli zamon qarshiliklaridan eson-omon o`tib olgan. Uzoq yillardan buyon og`izdan og`izga, nasldan naslga ko`chib, pishib, xalq donoligi singib, yanada sayqal topib kelgan rivoyatlar va afsonalar muhim ahamiyat kasb etai. Binobarin, u yoki bu rivoyat ewitgan o`quvchida ana shu rivoyatda aks etgan voqea- hodisaga nisbatan aniq munosabat yuzaga keladi. Natijada rivoyatlar kishiga g`oyaviy yo`nalish beradi, shuningdek, ijobiy ideallarning shakllanishiga, rivojlanishiga yo`l ochadi va shaxsni o`z ideallari uchun kurashga chorlaydi.
Modomiki, shunday ekan xalq og`zaki ijodi asarlarini asrab – avaylash, o`rganish hamda kelajak avlodlarga yetkazish, davlat ahamiyatidagi ishdir. Chunki ota – bobolarimizdan qolgan bu muqaddas merosda bizdan avval o`tgan necha – necha avlodlarning beqiyos ma`naviy va madaniy boyliklari jamlangan bo`lib, ularsiz o`zbek xalqining ma`naviy hayotini va uning rivojini tasavvur etib bolmaydi.
Xalqning ma`naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir.
Haqiqatan ham, mustaqilligimizning mustahkamlanishi va barqaror bo`lishi ma`naviyat sohasida ana shu bosh vazifaning qanday bajarilishiga bevosita bog`liqdir.
Muhtaram Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning yuqorida tilga olingan asarida mustaqil O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lidagi bir nechta vazifalar qatorida ijtimoiy va ma`naviy sohaga alohida e`tibor berish ta`kidlanadi.
Ma`naviyat o`z xalqining tarixini, uning madaniyati hamda vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanishi shubxasiz. Shuning uchun maktab dasturidan boshlab to oliy o`quv yurtlaridagi o`quv dasturlarda ham xalq og`zaki ijodidan foydalanib dars jarayonlarini o`tish darsdan va sinfdan tadbirlarni o`tkazishda foydalanish oldimizga qo`yilgan maqsadga oson erishishga yaqindan yordam beradi.



Download 97.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling