Pedagogika fan sifatida


Download 1.49 Mb.
bet24/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Ta`limi mazmuni. Mustаqillik yillаridа, O`zbеkistоn Rеspublikаsidа tа’lim jаmiyat vа dаvlаtning mа’nаviy, ijtimоiy, iqtisоdiy, mаdаniy rivоjlаnishi аsоsi dеb e’lоn qilindi. Tа’limning mаqsаdi mustаqil fikrlаydigаn, mа’nаviy-ахlоqiy jihаtdаn еtuk, hаr tоmоnlаmа rivоjlаngаn shахsni tаrbiyalаshdаn ibоrаt.

2-2.chizma

"Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta’limning mazmunini quyidagi yo’llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi:


  • fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish;

  • ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materiallardan qutilish;

  • o’rganilayotgan fanlar ro’yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o’quvchi yoshlar, albatta, o’zlashtirib olishi kerak bo’lgan malaka va ko’nikmalarning optimal hajmini belgilash;

  • o’quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g’oyalarni juda ham aniq bayon qilish;

  • o’quvchilarni pedagogik texnologiyalar: kompyuter, kserks, elektron pochta va shu kabi boshqa bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.

Umumiy ta’lim - bu o’quvchilarning har tomonlama umumiy tayyorgarligini va rivojlanishini

Ma’lumot mazmuni - yoshlarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo’ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo’li bilan tanlangan bilimlar,ko’nikma-malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir6.

Ta’lim mazmuni- yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko’nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur xodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta’lim mazmuni ma’lumot mazmuni asosida tanlanadi. Ta’lim mazmunini o’rgatish va o’zlashtirish yo’li bilan ma’lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga qarab boriladi.

Ta’lim mazmuni nima ekanligini tushunib oldik, endi o’quvchilarga beriladigan ta’lim mazmuni nimalarda o’z aksini topadi degan savol sizni qiziqtirishi o’rinlidir.

Ta’lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o’z aksini topadi.


  1. O’quv rejasi.

  2. O’quv dasturi.

  3. Darslik.

O’quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’kuv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona o’quv rejasi hisoblanib, u xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o’quv rejasi - shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatlaridir.

O’quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi.

O’quv tarbiya ishining maqsadi, o’quvchilarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib, uni hayotga qo’llay olishga o’rgatish.

Maktab o’quvchilariga bilim berish yoshiga qarab tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi:

a) boshlang’ich ta’lim - 1-4 sinflar

b) umumiy o’rta ta’lim - 5-9 sinflar

v) o’rta maxsus kasb - hunar ta’limi, akademik litseylar, kasb - hunar kollejlari.

O’quv dasturi nima? U qanday qoidalar asosida tuziladi?

O’quv dasturi - har bir alohida fan uchun tuziladi. Dastur o’kuv rejasiga asoslanadi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma - ketligi, ikkinchi mavzu birinchisini to’ldirishi, izchilligi bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. O’quv dasturida mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.

Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo’nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo’linadi. Boblar katta katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo’linadi va o’quvchilarga tushuntiriladi. O’quv dasturining o’zini amal qilishi kerak bo’lgan qoidalari mavjud.

1. Dasturning aniq bir g’oyaga asoslanganligi. Dastur mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoiyllariga asoslangan holda isloh qilingan har bir fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralaridagi erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim. Dastur uzoqni ko’ra bilishi qoidalariga asoslanishi kerak.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling