Pedagogika fan sifatida
O’quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi
Download 1.49 Mb.
|
umumiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xuddi shu biz biladigan darslik qanday talablar asosida yaratiladi
- O’quv predmetlari
- Umumiy o’rta ta’limning
- Metod
5. O’quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt o’tishi bilan fan olamida yangi - yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun - qoidalar paydo bo’lib, fan takomillashib boradi.
O’quv dasturi davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavriat, magistratura , litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida - alohida tuziladi. Darslikni hammamiz bilamiz. Undan uzoq yillar davomida foydalanib kelganmiz, ayrimlarga u eng yaqin do’st bo’lib qolgan. Xuddi shu biz biladigan darslik qanday talablar asosida yaratiladi? Darslik. Darslik o’quv jarayonining asosi. O’quvchining uydagi muallimi, yordamchisi. Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi.
Darslikda aks etgan ilmiy bilimlar sinf o’quvchilarining yosh xususiyatiga mos kelishi kerak. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asosi, g’oyalari tizimli va izchil bo’lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo’lishi lozim. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi kerak. Darslikda mavzu sodda ravon tilda yozilishi hamda tegishli qoida va ta’riflar berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi rasmlar va bezatilishi o’quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo’lishi kerak. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo’lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak. O’quv predmetlari. Har bir o’quv predmetida o’ziga oid fanning umumiy asoslari beriladi. Fan va o’quv predmeti bir-biridan quyidagi belgilariga ko’ra farq qiladi: Dаvlаt tа’lim stаndаrti. Tа’lim mаzmunining rivоjlаnishidа ko`zgа tаshlаnаyotgаn zаmоnаviy tеndеnsiyalаridаn biri uni stаndаrtlаshtirish (dаvlаt miqyosidа yagоnа qоidаlаr vа tаlаblаr o`rnаtilishi) hisоblаnаdi. Dаvlаt tа’lim stаndаrti: tа’lim оlish shаklidаn qаt’iy nаzаr bitiruvchilаr erishishlаri kеrаk bo`lgаn tа’lim dаrаjаsini bеlgilоvchi аsоsiy hujjаt; o`quv fаni bo`ychа yakuniy tа’limning yakuniy nаtijаlаrini bеlgilоvchi аsоsiy hujjаt; tа’lim dаsturlаri mаzmunining minimumi, o`quvchilаr tоmоnidаn bаjаrilаdigаn o`quv ishlаrining mаksimаl hаjmi, shuningdеk, bitiruvchilаrning tаyyorgаrlik dаrаjаlаrigа qo`yiluvchi tаlаblаrni bеlgilаydi. O`zbеkistоn Rеspublikаsining “Tа’lim to`g`risidа”gi qоnuni bilаn bir qаtоrdа tа’lim stаndаrti аsоsiy Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаri tаrkibiy tuzilishigа ko`rа quyidаgilаrdаn ibоrаtdir: 1. Tа’limning yangi yoki аniqlаshtirilgаn mаqsаdlаri, fаnning o`rgаnish оb’еktlаri vа аsоsiy mаzmunli yo`nаlishlаri ko`zdа tutilаdigаn o`quv fаnining umumiy tа’rifi. 2. O`quv fаnining mаzmuni, tаyanch (invаriаnt) dаrаjаsini tаsvirlаsh. 3. Tа’limning mаjburiy nаtijаlаrini ifоdаlаsh, ya’ni o`quvchilаrning o`quv tаyyorgаrliklаri zаrur bo`lgаn minimаl dаrаjаsigа tаlаblаr. 4. Bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrgа qo`yiluvchi tаlаblаr, bu ulаrning mаjburiy tаyyorgаrliklаri dаrаjаsining “o`lchаmidir”, ya’ni, tеkshirish ishlаri, tеstlаr vа аlоhidа tоpshiriqlаrni bаjаrishlаrigа qаrаb o`quvchilаr tоmоnidаn tаlаblаrning mаjburiy dаrаjаsigа erishilgаnligi hаqidа fikr yuritish mumkin bo`lаdi. Umumiy o`rta ta’lim standarti 1998 yilda qabul qilingan edi, bu davrdan keyingi o`zgarishlar va jahon ta’lim standartlari tajribalari aosida 2017 yil yangi standartlar ishlab chiqildi. 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi qarori e’lon qilindi. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti quyidagi bandlardan iborat 1-bob. Asosiy qoidalar 2-bob. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari 3-bob. Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari 4-bob. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari 5-bob. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish tartibi 6-bob. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish Metod - yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan ma’noni beradi, ya’ni maqsadga erishish yo’lidir Vosita - metodlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari, asbob-uskuna, qurol, apparat, kompyuterlar va boshq. Ta’lim metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Ta’lim usullari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Ta’lim usullari har ikkala faoliyatning a) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, b) o’quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llanadigan yo’llarni o’z ichiga oladi. Ta’lim berish o’qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo’lgan ustozgina mavzuni talabalarga maxorat bilan yetkazib beradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o’z o’rnida foydalaniladi. «Mеtоd» so`zining yunоnchа tаrjimаsi «tаdqiqоt, usul, mаqsаdgа erishish yo`li» kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Filоfоsiya sifаtidа ushbu tushunchа umumiy tаrzdа «mаqsаdgа erishish usullаri»1 dеya shаrhlаngаn. Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Metodlar o’quvchilarning yoshiga ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi. Metodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 2-3.chizma Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilarining bilim saviyasi, o’zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo’llaniladi: ta’limning og’zaki metodi; ta’limning amaliy ishlar metodi; ta’limning ko’rgazmali metodi; muammoli evristik modellashtirish metodi; - o’qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi; o’qitishning induktiv va deduktiv metodi; o’qitishda rag’batlantirish va tanbeh berish metodi; o’qitishda nazorat va o’z-o’zining nazorat qilish metodi. Metodlar o’z navbatida guruhlarga bo’linadi. Ta’lim metodlarini solishtirib o’rganish maqsadida quyidagi shakldagi T-Chizmadan foydalanamiz (uning mohiyati va qo’llanish qoidalari oldingi mavzularda berilgan)
2-4. chizma Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling