Pedagogika fan sifatida
Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi?
Download 1.49 Mb.
|
umumiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars qanday tiplarga ajratiladi
- O’quv ishlarini tashkil etishing darsdan tashqari shakllari ham bormi Ularga nimalar kiradi
- Ta’limni tashkil etishning zamonaviy (noan’anaviy) shakllari zarurati nimada Uning qanday shakllari qo’llanilmoqda
- An’anaviy metodlarning afzalliklari
Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi?
Dars turlari - darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz. Dars qanday tiplarga ajratiladi? Ular quyidagilarga ajratiladi. 1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish. 2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish. 3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish. Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi. Darslarni saralash dars tuzilishini bilishimizga o’rganishimizga yordam beradi. Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat. 2.6.chizma Yangi mavzuni o’tish darsida yangi mavzuni o’tish kerak ekan deb mashq qildirish yoki o’tgan mavzularni qaytarish mumkin emas deganlari noto’g’ri. O’quvchilarga biron nazariy mavzuni amaliyotga tadbiqini o’rgatganimizda, shu ishni qanday bajarilishini o’quvchilarning o’zlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor o’zlari sekin - asta shu ishni bajarishga ko’nikma hosil qiladilar. Shunday qilib oxirgi tegishli natijaga erishamiz. O’tilgan mavzuni qaytarish mashq qildirish darsi o’qitilgan bilimlarnigina emas o’rgatilgan ishni qaytarish, mehnat malakalarini beradigan malakalarni o’tkazishdan iborat bo’lmog’i lozim. O’quvchining bilimi, malaka va ko’nikmalarini tekshirish va ularga baho berish darsi bunda o’quv-chilarning olgan bilimi tekshirilib ular qanchalik o’zlashtirilganligiga qarab baho qo’yiladi. Yuqoridagi asosiy turlardan boshqa yana qo’shimcha darslar turi ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olinganda, o’quvchilarni o’zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni pishiqtirish uchun qaytarish kabi turli ishlar qo’shilsa ham lekin qo’shimcha darslarning asosini bu ishlarning bittasi, qo’-shimcha darslarning maqsadga to’laroq javob bera oladigani tashkil qiladi qo’shma darsdagi boshqa ishlar esa shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini bajaradi. O’quv ishlarini tashkil etishing darsdan tashqari shakllari ham bormi? Ularga nimalar kiradi? O’quv mashg’ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo’shimcha qator ta’lim shakllari mavjud bo’lib, bular amaliy - tajriba mashg’ulotlari, qo’shimcha darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilardir. Bular darsda berilgan bilimlarni to’ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog’lash uchun uyushtirilgan qo’shimcha mashg’ulotlardir. Bulardan tashqari o’quv yurtlari tajribasida fan tugaraklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o’yin shaklidagi mashg’ulotlardan ham foydalanmoqda. Laboratoriya mashg’ulotlarida bolalar turli o’quv predmetlari bo’yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o’tkazishadi. Laboratoriya mashg’ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o’quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi. Seminar mashg’ulotlari nazariy muammolarni faol o’rganish shakli hisoblanadi. O’rta umumta’lim maktablarida seminarlar quyidagicha o’tkaziladi: seminar uchun mavzu tanlanadi; mavzu buyicha reja, ko’rsatmalar beriladi; tayyorganrlik uchun yetarli vaqt ajratiladi; asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga barcha o’quvchilar tayyorgarlik ko’rishadi. Seminarning oxirida o’qituvchi yakunlovchi suhbat o’tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi. Ta’limni tashkil etishning zamonaviy (noan’anaviy) shakllari zarurati nimada? Uning qanday shakllari qo’llanilmoqda? Mustaqil O’zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog’liq ishlar qilinmoqda. Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o’yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O’quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo’llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-Chizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin. An’anaviy metodlarning afzalliklari: ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali. O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi. Vaqtdan unumli foydalanish. Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling