Pedagogika fan sifatida


-Modul. Tarbiya va uning turlari


Download 1.49 Mb.
bet31/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

-Modul. Tarbiya va uning turlari.

3- Mavzu. TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI, PRINSIPLARI, METODLARI VA TURLARI

Reja:

  1. Tаrbiya jаrаyonining mоhiyati vа mаzmuni. Tаrbiya qоnuniyatlаri vа tаmоyillаri

  2. Tаrbiyaning umumiy mеtоdlаri. Tarbiya turlari

  3. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari

  4. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Аqliy tаrbiyaning mаqsаdi vа vazifalari.

  5. O’quvchilarning mehnat, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik va huquqiy tarbiyasi.

  6. Korreksion pedagogika

Talabalar kichik guruhlarga bo’linib, «Tarbiya» yoki «Tarbiyaning tarkibiy qismlari» mavzusiga oid klaster tuzishadi Klasterning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:

Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko’nikma ; aql, ong, fahm;

Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshq.;

Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh;

Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o’yinlar; sog’lom tan;

Estetik tarbiya: go’zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, saranjom-sarishtalik;

Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o’rmonlar;

Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik;

Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to’g’rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch.

(Har bir guruh tushunchalarni toifalab, tuzgan Klasterlarini taqdim etadi.)

Tarbiya nazariyasi pеdаgоgikа fаnining muhim tаrkibiy qismi bo`lib, tаrbiyaviy jаrаyonning mаzmuni, shаkl, mеtоd, vоsitа vа usullаri hаmdа uni tаshkil etish muаmmоlаrini o`rgаnаdi. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi.

«Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish jarayonidir».



Bizda ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida yondoshilmoqda iz.

Tarbiya jarayoni. Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.

Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.

A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi.

B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.

V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.

Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.

Tarbiya jarayoni qanday xususiyatlarga ega, u ta’limdan nimalari bilan farq qiladi?



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling