Pedagogika fan sifatida


Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni


Download 1.49 Mb.
bet60/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni.

XV asrning yirik olimlaridan biri Xusayn Voiz Koshifiy bo’lib, u axloq, nujum mantiq, adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix, - musiqashunoslikda tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200dan ortiq asar qoldirib SHarq ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda muayyan o’rinni egallaydi.

Xusayn Voiz Koshifiyning «Ahloqi Muxsiniy», «Ahloqi Karim», «Anvari Suxayliy», «Javoxirnoma», «Risola dar ilmi e’dod», va boshqa asarlari bizgacha : yetib kelgan.

Uning mashhur asari «Ahloqi Muxsiniy» uzoq vaqt yillar madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan, mazkur asar 40 bobdan iborat bo’lib, asosan ahloqiy tarbiyaga bag’ishlangan.

Komil inson (etuk ahloqli inson) haqidagi fikrlarni an’anaga ko’ra buyuk donishmandlar-xaqimlar, sarkardalar, shoxlar tilida bayon etadi va ularni adolatli, dono, oqil va kamtar inson sifatida ta’riflab, o’zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.

Koshifiyning ahloqiy qarashlari Kur’on va Xadislardagi qoidalari bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar: yaxshilik yomonlik, adolat, burch, vijdon, or -nomus, baxt saodat kabilarni ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo’llari va usullarini ham bayon etadi, ular tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi, hamda asosiy mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U ahloqiylikning asosiy mezonlai, insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni biladi.

Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari ham boshqa ta’limiy-ahloqiy asarlar qatorida ana shu javonmardlik ilmining qoida-nizomlarini ifoda etgan. Javonmardlikning ruknlari o’n ikkita bo’lgan: oltitasi zoxiriy, oltitasi botiniy.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling