Pedagogika fan sifatida


XIX asrning 2-Yarmi – XX asr boshida turkiston o`lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. turkiston o`lkasida ta’lim siyosati (1917-1924)


Download 1.49 Mb.
bet61/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

XIX asrning 2-Yarmi – XX asr boshida turkiston o`lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. turkiston o`lkasida ta’lim siyosati (1917-1924)

XIX asr madrasalarida O`rta asrga oid diniy falsafa, musulmon huquqlari, arab tili grammatikasi, mantiq ilmlari o`qitilgan. Uni tugatib imomlik qilish yoki qozixonada ishlash mumkin bo`lgan. Maktab va madrasalarda dars o`zbek, arab, fors-tojik tillarida olib borilgan. Asosan o`g`il bolalar o`qigan.



Ta’lim tizimi 5 toifaga bo`lingan edi:

  1. Quyi-boshlang`ich diniy maktab.

  2. Qorixona.

  3. Daloilxona

  4. Maktab internat

  5. Madrasa

Boshlang`ich diniy maktablar keng tarqalgan edi, shahar maktablarida o`quvchilar soni 20-30 taga, qishloqda 10-15 taga yetgan. O`qishga 6 yoshdan qabul qilingan, o`zlashtirishiga qarab 7-12 yil o`qishgan. Bularda Alifbe, Xaftiyak, Chor kitob, Sufi Olloyor, Qur’on o`rgatilgan.

Qorixonada asosan Qur’on yod oldirilgan. Uni bitirganlar xalq orasida Qur’on sura va oyatlarini aytib berib yurgan. Qorixonalar katta maktablar yoki mozorlar qoshida ochilgan. Katta shaharlarda ko`p bo`lgan. Ularga maktabni tugatgan 10 yoshdan katta o`g`il bolalar qabul qilingan. 3-4 yil o`qilgan. Qorixonalar madrasalar kabi vaqfga berilgan yer-joy, mollar hisobiga ta’minlangan.1900 yili Sirdaryo, Farg`ona, Samarqand viloyatida 333 ta qorixona bo`lib, 1203 o`quvchi o`qigan.

Daloilxonalar ham vaqf mablag`idan foydalangan, katta yoshdagi savodi chiqqan bolalar o`qigan. 1-2 oy Qur’on suralari, keyin asosiy kitob «Daloil ul-hayrat» yodlatilgan. Bu XV asrda musulmon ulamolaridan Sulaymon ibn Yazuru tomonidan yozilgan asar bo`lib, unda payg`ambar va avliyolar hayoti yoritilgan. O`qish muddati aniq belgilanmagan, xotirasi yaxshilar 2-3 oyda, qolganlar 1 yil yoki ortiqda yod olishgan.

Maktab internat- o`rta madrasa bo`lib, bularda diniy va dunyoviy fanlar o`qitilgan, o`rta ma’lumot berilgan.

Arxiv hujjatlariga ko`ra 1911 yili yanvarigacha O`rta Osiyoda 10003 ta maktab, 1085 ta madrasa bo`lgan.

Mahalliy bolalardan ilmli kishilar tayyorlash uchun Xiva xoni Raximxon Bahodirxoni soniy-Feruz (1844-1910) katta ishlar qildi. Uning tashabbusi bilan saroyda maktab ochilib, bunda rus o`qituvchisi va mashhur qorilar dars berganlar.

Feruz farmoni bilan 1904 yil 10 noyabrda Urganchda birinchi yangi usul maktab ochilgan. Unda Turkiyalik Husayn Kushayev ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan. 1906-07 yillarda qizlar maktabi ham tashkil qilinib, uning xotini Komila Kushayeva qizlarni o`qitgan. 1909 yili Feruz qo`l ostidagi madrasalar soni 130 taga, o`quvchilar soni 2300 ga yetadi. Feruz Komil Xorazmiyni Toshkentga gimnaziya va maktablarda o`qitish usulini o`rganishga yuboradi. U qaytgach ishlar jonlanib ketadi.Maktab o`quv dasturi va rejasida- riyoziyot, tarix, geografiya, tabiat, rus tili, ona tili, islomshunoslik fanlarini o`qitish belgilanadi. Sharq mutafakkirlari va rus yozuvchilari asarlari o`rganiladi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling