Abduqodir Shakuriy (1875-1943) ham shunday ma’rifatparvarlar-dan biri edi. U Samarqandning Rajabamin qishlog`ida bog`bon oilasida tug`iladi. Eski maktab so`ngra Samarqandda madrasada o`qiydi. U «Tarjimon» gazetasidan ko`p narsalarni o`rganadi. 1901 yilda o`z qishlog`ida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Doska va partalar yasattiradi. Tatar tilidagi darsliklardan foydalaniladi.
1907 yili Shakuriyning 2-kitobi «Jameul hikoyat» (Hikoyalar to`plami) yoziladi. U boshlang`ich sinf 2-sinfi uchun xrestomatiya tarzida bo`ladi.
Shakuriy 1923 yili «Pravda» gazetasi e’lon qilgan «Eng yaxshi o`qituvchi» konkursining g`olibi deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |