Pedagogika fan sifatida


Download 1.49 Mb.
bet64/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Mahmudxo`ja Behbudiy (1874-1919) Samarqandning Baxshitepa qishlog`ida ruhoniy oilasida tug`iladi. U adabiyot, tarix, geografiya, islom tarixi, siyosatshunoslik bilan shug`ullanadi. 27 yoshida Makkaga borib, hoji va mufti unvonlari bilan qaytadi.

Behbudiy 1899 yildan sayohatlarga chiqadi. Misr, Istanbul, Qrim, Qozon, Kavkazning ko`plab shaharlarida bo`ladi.

U o`lkada usuli jadid maktablarining eng birinchi nazariyotchisi va amaliyotchilaridan, jadidchilikni boshlaganlardandir.

Rajabamin qishlog`ida Shakuriy ochgan maktabni 1908 yili o`z hovlisiga ko`chirib keladi, unga har tamonlama yordam beradi.

U o`zbek va tojik tillarida «Kitobul-atfol» (Bolalar kitobi), «Muxtasari tarixi islom» (Islomning qisqacha tarixi), «Amaliyoti islom»,

«Aholi geografiyasiga kirish», «Rossiyaning qisqacha geografiyasi» kabi asarlarni yaratdi. «Behbudiy nashriyoti»ni tashkil etib, unda darsliklar, Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasini bosib chiqaradi. Samarqandda kutubxona va qiroatxona ochishga boshchilik qiladi. Drammaturgiya sohasida qalam tebratadi (m-n, «Padarkush»),.

Behbudiy 1913 yildan «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshlaydi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling