Pedagogika fan sifatida


Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi


Download 1.15 Mb.
bet16/43
Sana22.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1220857
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
ped.psix.maruzalar

Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi
Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko‘ra shaxs qobiliyatlari yo‘nalishini ochib berishdir. Shuning uchun ham hozirda ko‘plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo‘llanmoqda.
Rus olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo‘nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - xunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning «Professional - diagnostik so‘rovnoma» deb atadi. SHunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo‘naltirilgan sohasiga ko‘ra 5 toifaga bo‘ldi:
P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
T-texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;
CH(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar);
Z (B)- belgilar (turli ma’lumotlar, belgili simvollar);
X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa)
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emotsional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan edi:

  • k u ch, ya’ni nerv tizimining kuchli ko‘zgatuvchilar ta’siriga bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi:

  • m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya’ni asabdagi tormozlanish va ko‘zgalish jarayonlarining o‘zaro mutonosibligi, shunga ko‘ra, o‘zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi;

  • x a r a k a t ch a n l i k , ya’ni ko‘zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling