Pedagogika fan sifatida
Siyosiy va demokratik tarbiya-
Download 1.15 Mb.
|
ped.psix.maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyada oilaviy munosabatlar
- Oila
- Oilada Erkakning vazifasi
Siyosiy va demokratik tarbiya-Tarixdan ma’lumki bizning ajdodlarimiz siyosiy tarbiyaga
katta etibor berganlar. Ayniqsa amir, xon, zodagon oila farzandlariga davlatni boshqarish yo‘l – yo‘riqlarini o‘rgatganlar. Ularni vatanparvarlikka, mardlikka, ziyraklikka chopqirlikka, donolikka o‘rgatganlar. Buning natijasida o‘lkamizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zaxiriddin Muxammad Bobur kabi davlat arboblari etishib chiqqan va dunyoni xayratga solganlar. Ularni olib borgan ishlari, qurdirgan imoratlari, adolatli ishlari maqtovlidir. Tarixiy manbaalarda bu shaxslarni hayotlari etarlicha yoritilishi bilan birga yosh avlodni darsliklariga kiritilgan. Tarbiyada oilaviy munosabatlar-Oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. SHu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oila-Voyaga etgan ikki jinsning sevilish, ardoqlash, xurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir. Oila maqsadi-Ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash. Oilada Erkakning vazifasi-Oilani ma’naviy, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash. Ayoli va farzandlarining tashvishlariga sherik bo‘lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga qalqon bo‘la bilish. Oila a’zolariga g‘amxo‘r bo‘la bilish. Ayolning vazifasi-Oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish. Ularni oq yuvib, oq tarash. Erkaknning tashib kelgan oziq-ovqatlarini pishirish, mehmon kutish. Er va bolalarini ishga va o‘qishga kuzatish, kutib olish. Glossariy Ekologiya – (yunoncha so‘z bo‘lib,”ekos-uy-joy,logos-fan”,uy-joy haqidagi fan) tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlari, xamda shu asosida yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir. Ekosan - mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishda kirishiladigan harakatlardir. S i yo s a t sh u n o s l i k - yunoncha politika - davlatyoki ijtimoiy ishlar hamda Logos - ta’limot degan so‘zlarning birikishidan tashkil topgan bыlib, siyosat ta’limot ma’nosini anglatadi. Axloq – jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq odob-normalari majmui. Oila - voyaga etgan ikki jinsning sevilish, ardoqlash, xurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling