Pedagogika fan sifatida


-ma’ruza Rahbarlik psixologiyasi va liderlik


Download 1.15 Mb.
bet22/43
Sana22.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1220857
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
ped.psix.maruzalar

9-ma’ruza
Rahbarlik psixologiyasi va liderlik.
Reja
1. Boshqaruv usullari haqida tushuncha
2. Pedagogik tizimni boshqarish metodlari
3. Pedagogik tizimni boshqarishning asoslari
Boshqaruv usuli nima?
Boshqaruv uslubini farqlashdagi an`anaviy yondoshuvlardan biri Kurt Levin tomonidan kiritilgan tipologiyaga asoslanib, bunda rahbarlikning avtoritar, demokratik va liberal uslublari farqlanadi
Avtoritar boshqaruv usuli
Avtoritar uslubda rahbar hamma boshqaruv qarorlarini o’z qo’liga oladi, qaror ijrosini qattiq nazorat ostiga oladi va yo’l qo’yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash shahdini namoyish etadi, xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi. Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan yuqori ko’rsatkichni ta`minlaydi.

  • Avtoritar boshqaruv usuli kamchiliklari: xatoga yo’l qo’yish ehtimoli oshadi;

  • tashabbusni, xodimlarning ijodiy faoliyatini so’ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi, xodimlarning sustligi;

  • xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqeidan qoniqmasliklari;

  • nosog’lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy zo’riqishlar oshishi va sog’liqka salbiy ta`siri.

Demokratik boshqaruv usuli: Demokratik uslub, ba`zan sheriklik, hamkorlikka asoslangan boshqaruv uslubi ham deb ataladi. Bunday uslub hukm surgan jamoada boshqaruv qarorlari xodimlar bilan muhokama qilish orqali, ularning fikri va tashabbusini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, qaror ijrosining nazorati ham rahbar, ham xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, rahbar xodimga shaxs sifatida qaraydi, uning ehtiyoj, manfaat va qiziqishlarini inobatga oladi.
Boshqaruv pog’onalarida qaror qabul qilish "pastdan tepaga" qarab boradi, ya`ni avval quyi bo’g’in rahbarlaridan yig’ilgan fikrlar asosida yuqori bo’g’inda qaror ishlab chiqiladi. Rahbar jamoadagi norasmiy liderga tayanadi va kezi kelganda uning faolligi uchun ham imkoniyat yaratadi

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling