O`SMIR VA O`SPIRIN psixik rivojlanishdagi yangilanishlar
Qarama-qarshiliklar va konfliktlar mavjudligi
O`zini anglashning yangi yuqori darajadaligi
O`qish va mexnat qilishda mustaqillik xamda individuallik shakllanishi
Kattalarning shaxsiy xamda faoliyatiga yangicha baxo berish
O`qituvchilarga nisbatan differensial munosobat yuzaga kelishi: ba’zi bir o`quvchiga nisbatan xurmat, simpatiya bo`lishi, ikkinchiga esa negativ va uchinchiga befarq bo`lishi
Faoliyat notiqlarining o`zgarishi. Bu ularning uziga bo`lgan xurmat ortishi bilan bog`liq
Yoshlardagi attraksiya va yuksak xis-tuyg`ular.
Bu taraqqiyot davri attraksiya deb atalmish xissiyotning paydo bo`lishi uchun eng maqbul davrdir.
ATTRAKSIYA: Do`stlik va Sevgi
Sevgi turlari:
1. qarama-qarshi jins vakiliga qaratilgan bo`ladi
2. ota-onaning qadrlanishi va ularga nisbatan sevgi
3. muxabbat, yaqinlar — aka-uka, opa-singil
4. xayotda ibrat bo`ladigan kishilarni yaxshi ko`rish
5. vatanni sevish kabi oliy xislar xam tarbiyalanadi
Do`stlikning ko`zlagan maqsadlari :
1. Amaliy
2. Ish-faoliyat bilan bog`lik
3. Sof emotsional (ya’ni, muloqot extiyojlarini qondirish)
4. Ratsional (intellektual muammolarni xal qilishga asoslangan)
5. Axloqiy (o`zaro insoniy sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo`lishi mumkin.
Glossariy
Attraksiya (lotincha attrahere — yoqtirtirish, o`ziga jalb etish) — bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirishi, o`zaro moyillikni tushuntiruvchi emotsional xisdir.
Do`st — bu «alter — Ego», ya’ni ikkinchi «Men» bo`lib, u usha paytdagi «Men»ning bir qismi sifatida idrok qilinadi.
Sevgi — bu nafaqat xissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati xamda sevimli bula olishdir.
Simpatiya -sevgining dastlabki bosqichi bo`lib, bunda asosan ob’ektining tashqi jozibasi ro`l o`ynaydi.
Vatan xissi — bu xalqni sevmoq, xurmat qilmoq, qadriga etmoq va e’tirof etmoqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |