Pedagogika fan sifatida


-ma’ruza Tashkilotdagi kommunikatsiya va xodimlar motivatsiyasini


Download 1.15 Mb.
bet29/43
Sana22.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1220857
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
ped.psix.maruzalar

11-ma’ruza
Tashkilotdagi kommunikatsiya va xodimlar motivatsiyasini
boshqarish
Reja
1. Boshqaruv psixologiyasi
2. Boshqaruv uslublari haqida tushuncha
3. Tashkilotdagi kommunikatsiya va xodimlar motivatsiyasini boshqarish
4. Rahbarlarning o’zaro munosabatlarida yuz beragidan psixologik to’siqlar
Boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha

  • Boshqarish psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog’iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog’liq bo’lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdai faoliyatini amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o’rganadi.

  • Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o’rganiladi, jumladan, falsafa, tarix, iqtisod, huquqshunoslik va psixologiya uning o’ziga xos tomonlarini ochish bilan shug’ullanadi. Psixologiya boshqarishni ham obyekti, ham subyektini o’rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o’rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob’yekti deb aytiladi. Boshqaruvning subyekti o’rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamla rguruhi nazarda tutiladi.

  • Psixologiya ko’proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o’rganadi va shu asosda bo’ysunuvchilar ishlarini samarali tashkil etish, aniq va to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun qanday psixologik holat va jarayonlarni o’zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni yechadi.

Boshqaruv uslublari haqida tushuncha: avtоritar, demоkratik, liberal.
Avtоritar rahbar-Barcha ko’rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq, ravshan, keskin оhangda xоdimlariga yetkazadi. Mulоqоt jarayonida ham xоdimlarga do’q-po’pisa, keskin ta`qiqlash kabi qat`iy оhanglardan fоydalanadi.
𝐷𝑒𝑚о𝑘𝑟𝑎𝑡𝑖 𝑎ℎ𝑏𝑎𝑟-o’z qo’l оstidagilarga mustaqillik, erk berish tarafdоri. Ishda tоpshiriqlar berganda ishchilarning qоbiliyatini hisоbga оladi, shaxsiy mоyilliklarni ham hisоbga оladi. Buyruq yoki tоpshiriqlar taklif ma`nоsida beriladi. Nutqi оddiy, dоimо оsоyishta, sоkin, unda o’rtоqlarcha do’stоna munоsabat sezilib turadi. Birоr kishini maqtash, lavоzimini оshirish, kamchiligiga bahо berish (ishdagi) dоimо jamоa a`zоlarining fikri bilan kelishgan hоlda amalga оshiriladi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling