Pedagogika fan sifatida


Ta’lim muhitida axborot-psixologik havfsizlikni ta`minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo`nalishlari va uslublari


Download 1.15 Mb.
bet32/43
Sana22.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1220857
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
ped.psix.maruzalar

Ta’lim muhitida axborot-psixologik havfsizlikni ta`minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo`nalishlari va uslublari

  • 1992 yil iyul oyida mustaqil O`zbekistonning ilk «Ta‘lim to`g`risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta‘limi tizimi, uning asosiy yo`nalishlari, maqsad, vazifalari, ta‘lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o`z ifodasini topdi.

  • 1997 yilga kelib, O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g`oyalarning amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda bu borada muayyan kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar to`la o`rganildi. Milliy dastur asosini O`zbekistonning taraqqiyotini ta‘minlay oladigan, uni jahonning ilg`or mamlakatlari darajasiga ko`tarilishiga hissa qo`shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir
Uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini o`z ichiga oladi:
- maktabgacha ta‘lim;
- umumiy o`rta ta‘lim;
- o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
- oliy ta‘lim;
- oliy o`quv yurtidan keyingi ta‘lim;
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta‘lim.
Uzluksiz ta‘limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
ta‘limning ustuvorligi;
ta‘limning demokratlashuvi;
ta‘limning insonparvarlashuvi;
ta‘limning ijtimoiylashuvi;
ta‘limning milliy yo`naltirilganligi;
ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog`liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo`naltirilganligi;
Axborot-psixologik xavfsizlik - bu bevosita siyosiy mojarolarning oldini olish, eng avvalo, insonning o`zini o`zi tushunishi va fuqarolararo munosabatlarni yuksak ma`naviy-ma`rifiy mezonlar asosida shakllantirish, axborot qurolidan zamonaviy insonparvar tafakkurni, ijodkorlik ruhini, yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini shakllantirishni taqozo etadi.
Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma`naviy-axloqiy mezonga aylanadi. erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo`lgan fuqarolik jamiyati sharoitida axborot-psixologik xavfsizlikning o`ziga xos tizimlari shakllanmog`i lozim. Bu bevosita OAV faoliyati va unda xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga va eng muhimi fuqarolik pozitsiyasiga, jamiyat ishiga daxldorlik tuyg`usiga bog`liq.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling