Pedagogika fan sifatida
Professional qobiliyatlarini shakllantirish
Download 1.15 Mb.
|
ped.psix.maruzalar
Professional qobiliyatlarini shakllantirish
Reja: Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi Qobiliyatlardagi tugʼma va orttirilgan sifatlar Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi Odamlarning oʼquv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi oʼziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, oʼsha insonning oʼzi ham qilgan har bir harakatidan oʼzi uchun naf koʼradi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, koʼnikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bogʼliq. Аyniqsa, biror kasbning egasi boʼlish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis boʼlib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada koʼproq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bogʼlab oʼrganiladi. Har bir normal odam oʼzining aqlli boʼlishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Аqlsiz, nodon» degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan «oʼta aqlli» yoki «oʼta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni oʼrtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining oʼgʼli anchagina aqlli boʼlibdi, narigining farzandi esa biroz nodon boʼlib, ota-onasini koʼydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi. Ilm-fandagi anʼanalar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bogʼliq sifatlar juda koʼplab tadqiqotlar obʼekti boʼlgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador boʼlgan koʼrsatgichni oʼlchashga uringanlar. Koʼpchilik olimlar odam intellektida uning verbal (yaʼni soʼzlarda ifodalanadigan), mikdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy koʼrsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari bilan bogʼliq jihatlarni ham qoʼshganlar. Ch. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab oʼtilgan koʼrsatgichlar oʼrtasida bogʼliqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega boʼlgan psixik xususiyat ekanligini koʼrsatdi. Boshqa bir olim Dj. Gilьford esa aqlni bir qator aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, mavxumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikatsiya qilish) natijasida namoyon boʼladigan xususiyat sifatida oʼrganishni taklif etgan. Bu olimlar aql soʼzidan koʼra intellekt soʼzini koʼproq ishlatib, bu soʼzning oʼziga xos talqini borligiga eʼtiborni qaratganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual potentsialga ega boʼlgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potentsial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va boʼladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu oʼrinda «intellekt» soʼzining lugʼaviy maʼnosini tushunib olaylik. Intellekt - lotincha soʼz - intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql soʼzlari negizidan paydo boʼlgan tushuncha boʼlib, u aql-idrokning shunday boʼlagiki, uni oʼlchab, oʼzgartirib, rivojlantirib boʼladi. Bu - intellekt va u bilan bogʼliq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri taʼsir koʼrsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham koʼrib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari - kelajagini XX1 asr bilan bogʼlagan oʼgʼil-qizlarning intellekt darajasi ularning ota - bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompьyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez oʼzlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan bir nechtasi bilish koʼpchilik uchun muammo boʼlmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar oʼzlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql oʼsishiga taʼsirini hamma bilsa kerak. Аgar bola oilada ilk yoshligidan maʼrifiy muhitda tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz oʼzlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy oʼquv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham oʼta tushunarli, ular yanada murakkabroq masalalarni yechishni xohlaydi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling