Pedagogika fan sifatida


-mavzu Psixoanaliz asoslari


Download 1.15 Mb.
bet37/43
Sana22.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1220857
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Bog'liq
ped.psix.maruzalar

14-mavzu
Psixoanaliz asoslari
Reja:

  1. Davolash va maslahatning psixoanalitik metodlari. Hulqiy terapiya.




  1. Psixoanalizda diagnostik metodlar.




  1. Davolash va maslahatning psixoanalitik metodlari. Hulqiy terapiya.



Soʼnggi yigirma yil davomida terapevtik texnikaning qator yangi turlari paydo boʼldi, shuning uchun ham psixoanaliz ularning safida ruhiy xastaliklarni davolashning teng hukukli metodi xisoblanadi. Xozir chet ellardagi psixologiya fakulьtetlari talabalari psixoanaliz bilan birga sistematik desensibilizatsiya, oʼziga ishonch treningi, aversiv va operant holat kabi tushunchalarga keng oʼrin beriladigan hulqiy terapiyani ham oʼrganmokdalar. Bundan tashkari, psixologik dasturda soʼzlashuv psixoterapiyasiga katta ahamiyat berilmokda. Bunday holat amalda har qanday davolash metodini, shu jumladan nopsixoanalitik metodlarni ham tanlash imkonini beradi. Biroq, koʼplab psixologlar avval hulqiy yoki soʼzlashuv terapiyasini qoʼllab koʼrib, natijadan qonikmay psixoanalizga oʼtishga qaror qiladilar. Vujudga kelgan vaziyat psixoanaliz va davolashning psixoanalitik metodlariga yangicha koʼz bilan qarashni taqozo qiladi. Shuning uchun avval xulqiy va soʼzlashuv terapiyasini koʼrib chiqib, soʼng ularni psixoanaliz bilan taqqoslaymiz.
HULKIY TERАPIYa. Hulkiy terapiyaga eksperimental oʼrganish nazariyasi asos boʼlib xizmat qiladi. Vaqt oʼtishi bilan xulqiy terapiya tushunchasi takomillashdi, hozirda u mohiyatan mantiqiy, lekin munozarali boʼlgan turli amaliy davolash metodlarini oʼz ichiga oladi. Ushbu terapiyaning muhim shartlaridan biri davolash natijalarini eksperiment vositasida qayta obʼektiv tekshirish boʼlib, bu holat uni psixologiyaning tabiiy ilmiy boʼlimiga qushish imkonini beradi, bu boʼlimning ajratib turuvchi belgisi esa, umumiy qonuniyatlarni konkret individga nisbatan qoʼllashdir.
Psixik buzilish modellashtiriladi va oddiy yul bilan: istak-reaktsiya sxemasiga amal qilinib, laboratoriya sharoitida bartaraf etiladi. Shuning uchun ham hulqiy terapiyani oʼrganish oson. Masalan. fobiya — xulk terapiyasiga koʼra, odamga xavf soluvchi vaziyat oqibatida vujudga kelgan patologik shartli reaktsiyadir, bunda fantaziyalar, siqib chikarilgan mayllar va himoya mexanizmlari inobatga olinmaydi. Buzilish sababini bolalikdan emas, patsientning hozirgi hayotidan qidiriladi. Qurquvga sabab boʼluvchi obʼektning ehtimol tutilgan ramziy ahamiyatiga hech kanday eʼtibor
berilmaydi, unga QURQUV uygʼotuvchi sifatida qaraladi, qolgan narsalar esa asabiy qoʼzgʼolishnish oqibati deb hisoblanadi. Bunda hulqiy terapiyaning maqsadi patsientning noadekvat hulqini adekvat hulq,bilan almashtirishdir. Psixoanaliz hulqiy terapiyadan farq qilib, ongsiz psixik jarayonlarga katta ahamiyat beradi. Psixoanalizning tadkikot predmeti insondir, shuning uchun psixoanalizning hamma terapevtik usullari murakkab va nozik boʼlgan psixoanalitik shaxs nazariyasi asosiga koʼriladi. Jiddiy tafovutlarga qaramay, hulqiy terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasida koʼpgina umumiylik bor. Ikkala metod ham oddiy boʼlmagan psixik fenomenlarni izohlashga yunaltirilgan va ijtimoiy munosabaglarni sogʼlomlashtirishga katta eʼtibor beradi, har ikkala metod ham tadqiqot jarayonida paydo boʼladigan xatolarning muqarrarligini tan oladi hamda zaruriy shart sifatida maʼlumotlarni qayta tekshirishni qabul qiladi. Shuni ham tan olish kerakki, maʼlumotlarni qayta tekshirish psixoanalizda fakat keyingi vaqtlardagina inobatga olina boshladi. Koʼplab psixoanalitiklar, xususan Gans-Folker Vertmann hulqiy terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasidagi keskin farqni koʼrsatib beradi, lekin hozir har ikkala metodni sintez qilish tarafdorlari ham koʼpayib bormokda. Rayner Krauze tomonidan taklif qilingan bu ikki metod duduqlikni davolashda yaxshi samara bermoqda. Psixolog Eva Eggi hulqiy terapiya asosida ishlab chiqilgan kognitiv terapiya doirasidagi psixik buzilishlarni faqat oʼziga xos “tafakkur xatolari» gina emas, shu bilan birga irratsional fikrlar va patsient tomonidan anglanmaydigan, ichki ziddiyatlar oqibati deb biladi. E. Xand hulqiy terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasida yanada koʼprok oʼxshashlikni taʼkidlaydi. U alohida inson ehtiyojlari, funktsiyalari, motivatsiyalari va hulqiy buzilishlarni izchil tadqiq qilib, ahamiyati terapiya jarayonida namoyon boʼluvchi ongli va “ongli boʼlmagan” funktsiyalarni farqdaydi. Paulь Vaxtelь oʼzining “Psixoanaliz va hulqiy terapiya, ular integratsiyasi himoyasi uchun soʼz” kitobida psixoanalitik “konstruktsiya” ni tan olishdan qoʼrqmasligini taʼkidlagan. Mazkur kitobida u fobiyalar paydo boʼlishining kuchsiz hulqiy terapiya nazariyasi bilan psixoanalizni koʼplab munosabatlarda sintezlab, hulqiy terapiyaga qoʼrquvni keltirib chiqaruvchi obʼektning ongsiz ahamiyati tushunchasini kiritadi. Psixoanalitiklar shuni ham hisobga olishlari zarurki, hulqiy terapiya ham amaliyotda oʼzini oqdaydi va ongsizlik buzilishining aniqlanishi duduqdanishdan aziyat chekadigan bemorlarni davolashda yordam bermagan taqdirda bunday bemorni hech ikkilanmasdan hulqiy terapiya bilan shugʼullanadigan psixolog huzuriga yullash kerak. Hamkorlikning bunday koʼrinishi foyda berishi mumkin.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling