Kasbiy muhitdagi muammolar yechimi
ish beruvchi yechilishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilishi;
sog’lom ijtimoiy –psixologik muhitni yaratish uchun korxona kundalik ishlarni bir qismi bag’ihlangan bo’lishi kerak;
raxbar ijtimoiy –psixologik muhitga tashqaridan bo’layotgan o’zgarishlar masalan, ish topshiriqlari va mehnatni tashkil etish ta’sir etaetganligidan xabardor bo’lishi kerak.
Korxonada o’zaro hamkorlik hukm surish masalan, ish jaraenida maslahatlar olib borish;
Ijobiy ijtimoiy –psixologik ishchi muhitni shakllantiruvchi hatti-harakatlarga e’tibor berish, chunki bu harakatlar mehnatga safarbarlik qilish va jamoada yaxshi munosabatlarni saqlanishini kuchaytiradi.
Platonov jamoadagi ijtimoiy –psixologik muhitni yaxshilash uchun taklif qilgan tashkiliy faktorlari:
birgalikdagi o’zaro harakatlarni maqsadga intilganligi, ya’ni tashkilot a’zolari ehtiyoj va qadriyatlari, o’zaro harakat o’sul va vositalari.
tashkilot a’zolari o’zaro aloqa, mehnat faolligin ochib berish motivlvri.
korxonadagi norasmiy munosabatlarda o’z aksini topuvchi ruhiy holatlar.
stressga bardosh berish- noo’rin ta’sir etuvchi kuchlarga nisbatan korxona xodimlarini tez va kelishilgan holda iroda bilan o’z potensialini ishlatishi bilan belgilanadi.
harakatlarni fikr- mulohazalarni kelishtirgan holda birgalikda amalga oshirish.
o’z-o’zini boshqarish va boshqarish jaraenida tartibli harakat qilish.
Sog’lom Ijtimoiy –psixologik muhitni yaratish yo’llari quyidagilardir:
har bir xodimni o’z hizmat vazifalarini aniq bilishi va bu vazifalarni boshkalar vazifalaridan farqini ajrata olishi;
o’z e’tiqodi va kasbiy qadriyatlarini anglab yetishi, o’z korxonasiga loqayt emasligi.
o’zi va boshqa xodimlarga nisbatan o’z mav’qeini bilish;
xodimlar asosiy qismida maqsadga intilganlik, ruhiy tetiklik, kasbiy o’sishga intilish mavjudligi;
tashkilotda, raxbar bilan xodimlar, xodimlar o’rtasida o’zaro ijobiy xizmat munosabatlari mavjudligi;
kun davomida ijodiy kayfiyat xukm surishi va guruh yuqri darajada jipsligi;
raxbar va xodimlar o’zaro iliq munosabati;
ish hajmining xodimlar o’rtasida ravon taqsimlanganligi;
ziddiyattli vaziyatlarni o’z vaqtida va ob’ektiv hal qilinishi;
xodimla faoliyatini baholash va ularni rag’batlantirishni ochiqligi;
xodimlarning bo’limdan ketish istagi yo’qligi, o’zaro qo’llab quvvatlash, o’zaro yerdam;
muhim qabul qilinaetgan qarorlar variantlarini gurhda muhokama qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |