10-ma’ruza
Jamoa va xodimlarni boshqarishning psixologik asoslari.
Reja
Psixologik muhitni aniqlash faktorlari.
Hizmat joyidagi nosog’lom ijtimoiy - psixologik muhitni yuzaga keltiruvchi sabablar.
Kasbiy muhitdagi muammolar yechimi.
Kasbiy faoliyatdagi psixologik muhitni chet el olimlari tomonidan o’rganilishi.
Psixologik muhitni aniqlash faktorlari
Ishchi guruh a’zolarini bir- biri bilan o’zaro aloqa shart-sharoitlari guruh birgalikdagi faoliyati mavaffaqiyati va ish jarayonidan va uning natijalaridan qoniqishiga ta’sir qiladi. Hususan, unga ishchilar ishlaydigan sanitar- gigienik sharoitlar: temperatura rejimi, namlik, yorug’lik, xonaning kengligi, qulay ish joyining mavjudligi va boshqalar.
Ijtimoiy –psixologik muhit
Ijtimoiy –psixologik muhit deganda odatda quyidagilar nazarda tutiladi:
Guruh ijtimoiy – psixologik xarakteristikalari yig’indisi;
Jamoadagi asosiy hukm suruvchi psixologik kayfiyat;
Jamoadagi o’zaro aloqalar xarakteri;
Jamoa holati yig’ma xarakteristikasi.
Guruhdagi muhit haqida bevosita hukm chiqarish mumkin bo’lgan alomatlar mavjud:
• ishchilarini tez-tez ishdan bo’shashai;
•mehnat unumdorligi;
• mahsulot sifati;
•ishga kelmaslik yeki kechikishlar soni;
•ishchilar va mijozlardan tushgan shikoyat va da’volar soni;
• ishlarni muddatid yoki kechikib bajarish;
• uskunalar bilan ehtietkorsiz yoki beparvolik bilan ishlash;
• ishdagi tanafuslar tezligi.
Jamoadagi muhitni baholashga savollari:
• sizga ishingiz yoqadmi?
• siz ishingizni almashtirni hohlaysizi?
• agar sizga hozir ish qidirishni taklif qilishsa, siz tanlovni o’z ishingizni tanlarmidingiz?
•sizni ish joyingiz sharoiti qoniqtiradmi?
•sizni ishingiz qiziqarli va turli tumanmi?
• sizni ishdagi jihoz va uskunalar bilan ta’minlanganlik qoniqtiradimi?
• sizni ish haqi qanoatlantiradimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |