Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Download 1.18 Mb.
bet118/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g’amxo‘rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olinishiga e’tibor berishlari zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirib borar ekanlar, o‘quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga tayanib ish ko‘rish lozimligini tushuntirib borishlari kerak.
Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o‘rin tutgan mafkuraviy g’oyalar va ularning mohiyatidan to‘laqonli xabardor bo‘lish o‘ziga xos ahamiyatga ega. SHu bois ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida e’tirof etilgan milliy istiqlol g’oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar xususida batafsil ma’lumotlar berib borish, ularga nisbatan o‘quvchilarda muayyan munosabatni shakllantirish pedagogik jihatdan samarali yo‘l hisoblanadi.
Fuqarolik_tarbiyasi'>Fuqarolik tarbiyasi - fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiya ning markaziy ob’ekti fuqaro sanaladi.
Fuqaro-fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxsdir.
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – xalk)– o’zga millat va elatlarning hak-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat kilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tugilib o’sgan vatani tarixidan gururlanishi, buguni to’grisida kaygurishi hamda uning porlok istikboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling