Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Download 1.18 Mb.
bet148/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Musiqaviy mashg‘ulot turlari: ho`r bo`lib ashulla aytish, musiqa savodi, musiqa asarlarini tinglash, ijrochilik faoliyati, musiqaga jo`r bo`lib harakat qilish va h.k. Bu mashg‘ulotlarni o`tkazish jarayonida ham estetik tarbiya vositalari ham turlicha bo`ladi.
Maktabda dars jarayonida olib boriladigan nafosat tarbiyasining davomi sinfdar va maktabdan tashqari ishlari hisoblanadi. Bu ishlar jarayonida borliq va san’atga nisbatan estetik munosabat shakllantiriladi. Shaxsning ma’naviy boyishi ta’minlanadi, o`quvchilar bo`sh vaqtida foydali ishlar bilan to`ldiriladi, yoshlarning qobiliyatini namayon qilishga imkoniyat tug‘dirilib beriladi.
Maktabda sinfdan tashsari ishlar adabiyoti va san’ati turlari bo`yicha to`garaklar, fakultativlar, ho`r jamoasida, badiy havaskorlik teatri, tasviriy san’at studiyalarida olib boriladi.
Ayniqsa bu sohada televideniyaning roli bebaho.
Maktabda o`tkaziladigan shoir yozuvchi va san’atkorlar bidan uchrashuv, kino va teatr asarlarini jamoa bo`lib tomosha silib, keyin muxosama qilish, rassom va haykaltorashlar ustahonasiga eksqursiyalar uyushtirish, devoriy gazeta, stentlar chiqarish, maktab ichki radio va televideniyasi ishlari, bolalar ishlaridan ko`rgazmalar konkurslar tashkil qilish, ijrochilik faoliyati kabilar estetik tarbiya bo`yicha sinfdan tashsari ishlarga kiradi.
O`zbek xalq amaliy bezak san’ati estetik tarbiyaning bebaho vositasi hisoblanadi. Ganch o`ymakorligi, nassoshlik, yog‘och o`ymakorligi, to shva suyak o`ymakorligi, kulolchilik, picxoschilik, zargarlik, kashtachilik, zardo`zchilik bilan tikish san’ati necha asrlardan buyon o`zbeklar bir sancha avlodning estetik tarbiyalash vositasi bo`lib kelmoqda.
O’quvchilarda nafosatni shakllantirish. Nafosat ongi ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida o’quvchilarni turli nazariya, qarashlar mohiyati bilan tanishtirish, ular o’rtasida nafosat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish hisobiga shakllantiriladi. Nafosat ongi asosini nafosat idroki tashkil etadi. Nafosat idroki – bu ijtimoiy voqelik, buyum va hodisalarning go’zalligini ongda yaxlit aks etishi bo’lib, u go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltirilganligi bilan tavsiflanadi.
Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir: o’quvchilarda nafosat his-tuyg’usi, fikr-mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, go’zallikni sevishga bo’lgan hayotiy ehtiyojini o’stirishdan iborat. Kishilar go’zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo’lganliklari uchun hayajonlanish, qo’yg’urish, darg’azab bo’lish, quvonish, zavqlanish kabi his-tuyg’ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go’zal hodisani idrok qilganidan zavq-shavqqa to’ladi.
O’quvchilarda kuzatish madaniyatini tarbiyalash ularning go’zallikka bo’lgan intilishlarini o’stirish uchun juda muhim. Ko’p hollarda bollar biror narsaga qarab turadilar-u, uning o’zini ko’rmaydilar, quloq soladilar-u, eshitmaydilar. SHuning uchun ularga tabiatda, o’rmonda tog’lar va cho’llarda turli tovushlarni farq qilishni o’rgatish lozim. YUqori sinf o’quvchilariga go’zallik, xunuklik, nafosat idelali singari tushunchalarni yoritib berish juda muhim, zero, bu tushunchalarsiz go’zallikka nisbatan munosabat, voqelik va borliqqa go’zal munosabat tizimini tarkib toptirib bo’lmaydi. 58
Nafosat haqidagi tushunchalarni o’zlashtirib olish, ajaoyib san’at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o’z fikr-mulohazalarini to’g’ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi. YUqori sinf o’quvchilari hayot va san’atda go’zallik, xunuklik, zavq-shavqning xilma-xil turlariga duch keladilar. Ular g’oyaviy yo’nalishi va mazmuni jihatdan turlicha bo’lgan badiiy hamda san’at asarlarni o’qiydilar, tomosha qiladilar va tinglaydilar. Ijtimoiy hayot va san’atga oid hodisalarning mohiyatini to’g’ri tushunishda o’quvchilarga go’zallik va uni sevish mavzusidagi darslar, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan xilma xil mashg’ulotlar yordam beradi.
Nafosat didi o’z tabiatiga ko’ra shaxsga xos bo’lgan psixologik hodisadir. Ammo shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi bo’lganligi uchun u go’zallikni baholash mezonlarini puxta o’zlashtira oladi. Nafosat didi shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob’ektiv nafosat o’lchovi bo’lib, go’zallik, xunuklik va tubanlikka baho berishda sub’ektiv yondashuvni ifodalaydi. Did sanaladi. Xullas, maktab o’quvchilari o’rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalar beradi.59
Ekologik madaniyat - o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofik tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.

Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.


Ekologik tarbiya - o’quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko’nikma va malakalarni shakllantirishga karatilgan pedagogik jarayon.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling