Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Download 1.18 Mb.
bet238/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabiga jaob etilish holati ko’zga tashlanadi. Bunday holatda bolaning taqdiri, uni o’qitish va tarbiyalash mas’uliyatini ota-onalar o’qituvchi-defektologlar bilan kelishib olishlari zarur. Normal rivojlanuvchi bolalar bilan bir sinfda o’qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi yetganicha, darsning borishiga halaqit qilmay sinf faolitida ishtirok etishi kerak. Unga biror narsaning tushunarsiz bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emas. Bu holat keyin o’quv materialining mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qitish ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab etadi,

Nutqida nuqson bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq – faqatgina insonga xos bo’lgan muhim psixik funktsiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to’ldirilib va boyitib boriladi.

Nutqiy nuqsonlarni o’rganish, oldini olish va korrektsiya bilan korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – so’z va paideia - tarbiyalash) shug’ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o’z-o’zilan yo’qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korrektsion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funktsional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funktsiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo’ladi.

Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infektsiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug’ilishning cho’zilib ketishi yoki tez sodir bo’lishi, yo’ldoshga o’ralib qolishi, bolaning noto’g’ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko’rsatilmasligi, chala tug’ilish kabi holatlar sabab bo’ladi.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling