Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi


Download 1.18 Mb.
bet239/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:

tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;

psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.

Tibbiy-psixologik turda ko’riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

og’zaki nutqning buzilishi;

yozma nutqning buzilishi.

Og’zaki nutqning buzilishi o’z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:

nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;

fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi

Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo’llashga yo’naltirilgan bo’lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo’naltirilgan korrektsion-rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko’ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:

1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning buzilishi.

2. Muomala vositalarini qo’llashdagi buzilishlar.

Maktab o’quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilish, nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi uning oldini olish, maxsus (korrektsion) o’qitish va tarbiya masalasi bilan logopediya shug’ullanadi. “Logopediya” termini yunonchadan tarjimasi “to’g’ri nutqni tarbiyalash” ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli mutaxassislar - fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o’rganiladi.

Nutqiy buzilishi bo’lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida funktsional yoki organik chetlanishlar ko’zga tashlanadi. Miyaning organik zararlanishi sababli issiq, transportda yurish, arg’imchoqda ko’p vaqt tebranish bolalarga yomon ta’sir ko’rsatadi, boshlari og’riydi ko’ngillari ozadi va boshlari aylanadi. Tez charchab qoladilar, qattiq ta’sirlanishlari, jahllari chiqish bilan ajralib turadilar. Ular emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez o’zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo’ladilar. SHuningdek, ularda sustlik va lanjlik kuzatiladi. Bunday bolalar tinch o’tira olmaydilar, butun dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab turish qiyin bo’ladi. Juda tez xafa bo’ladilar, gapga quloq solmaydilar. Tanaffusdan keyin esa darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin bo’ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning bo’shligi, yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling