Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja
Download 1.18 Mb.
|
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davoniy mardlik
Davoniyning kasb-hunar haqidagi qarashlari shu bilan ahamiyatliki, u oddiy xalq mehnatini, dehqon mehnatini ulug’laydi, insonning faqat mehnati tufayligina baxt-saodatga erishuvi mumkinligini, mehnat insonning shaxs sifatida kamol topishining bir mezoni ekanligini isbotlaydi.
Davoniy kishi xususiyatlarini ikkiga bo’ladi: biri tug’ma, ikkinchisi hayot jarayonida paydo bo’ladigan xususiyatlar. Tug’ma xususiyatlarga kishilarning aqliy va xulqiy sifatlari, qobiliyatlari kiradi. Masalan, faraz qilish qobiliyati, bir-birini tezda tushunish iste’dodi va boshqalar. Lekin, Davoniy kishilarning ba’zi bir tug’ma xususiyatlarini, qobiliyati va malakalarini tan olgan holda hayot jarayonida kasb qilinadigan xususiyatlarni ham inson kamoloti uchun muhim deb hisoblaydi. Inson xususiyatlari yoshlikdan, tarbiya natijasida, kishilar bilan o’zaro munosabatlarda kasb etiladi, har bir fazilat vaqt o’tishi bilan yangilanishi va o’zgarishi mumkin, rivojlanib takomillashib boradi. «Agar (inson) xulqi, — deb yozadi olim, — o’zgaruvchi bo’lmaganida edi, siyosat va tarbiyaning keragi bo’lmas edi»1. YUqoridagi fikrlarga asoslanib, Davoniy insoniy fazilatlarga ega bo’lishda ta’lim-tarbiyaning o’rniga katta ahamiyat berganligining guvohi bo’lamiz. Davoniy insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat. Bular orqali qadim-qadimlardan insonning xulq-odobi belgilangan. Inson fazilatlarini dastlab Aflotun va Aristotel belgilaydi. Keyinroq O’rta Osiyo va Eron mutafakkirlaridan Ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Ubayd Zokoniylar ham shunday tasnif etganlar. Davoniy mardlik va shijoatkorlikni ham insonning eng zarur fazilatlaridan, deb hisobladi. U shijoatga kamtarlik, yumshoq fe’llik, botirlik, sabr-matonat, chidamlilik kabi sifatlarni kiritadi. SHijoatga kishining hatti-harakati va boshqalar bilan munosabatini baholaydigan tushuncha deb qaraydi. Olim agar inson biror xavf-xatarga duch kelsa, o’zini mahkam tutib, esankiramasligi, sabotli bo’lishi zarurligi, ana shu xislatlar shijoatga kirishini aytadi. SHijoatkorlik ham aqlga bo’ysunishi kerak deydi. Davoniy askarlarni shijoatli, jasur kishilar deydi, chunki, ular davlat chegarasini qo’riqlaydi, davlatni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi, moddiy yordam berishi zarur, deb ko’rsatadi. U ba’zi kishilar tashqi ko’rinishidan shijoatli ko’ringanlari bilan jasurlik va shijoatni o’zlarining manfaatlari yo’lida namoyon etadilar. Bunday xatti-harakatlarni shijoatkorlikka kiritish mumkin emas, deydi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling