Umumiy pedagogika - har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirish, unda dunyoqarash va yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, pedagogik fikrlarning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixini, pedagogik jarayonni yuksak mahorat bilan tashkil etish, boshqarish tamoyillarini, turli davrlarda bola tarbiyasini tashkil etishga oid bilimlarning shakllanishini tadqiq qiladi.
Maktabgacha pedagogika - maktabgacha ta'lim yoshi bolalarini axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik tarbiyalash, ularga boshlang'ich bilimlarni berish masalalarining tadqiqi bilan shug'ullanadi.
Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi - boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni o'qitish va tarbiyalash jarayonini o'rganadi.
Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya - bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik jarayonni metodik jihatdan to'g'ri, samarali tashkil etish, o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarini oqilona yo'lga qo'yish, ularni kasbiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash, ta'lim va tarbiya jarayonlarini texnologik yondashuvasosida takomillashtirish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ta'lim amaliyotiga samarali tatbiq etish masalalarini o'rganadi.
Xususiy metodika (xususiy fanlarni o'qitish metodikasi) -tegishli fanni o'qitishning o'ziga xos, xususiy qonuniyatlari, tamoyillari, yondashuvlari, texnologiyalari, shakllari, metodlari va vositalarini o'rganadigan fan4.
Kasbiy pedagogika - turli (ijtimoiy, texnik, madaniy-maishiy, ishlab chiqarish) yo'nalishlarida tegishli soha (masalan, qishloq xo'jaligini rivojlantirish, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish va boshqalar) bo'yicha kasbiy faoliyatni samarali yo'lga qo'yish yo'llarini o'rganadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika - imkoniyati cheklangan kar-soqov (surdopedagogika), ko'r (tiflopedagogika), aqliy jihatdan rivojlanishda ortda qolgan (oligofrenopedagogika) bolalarga ta' lim berish va ularni tarbiyalashning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |