Harbiy pedagogika - harbiy-pedagogik jarayonning qonuniyatlarini, harbiy xizmatchilar va harbiy mutaxassislarni o'qitish va tarbiyalash, ularni harbiy harakatlarni hamda harbiy -kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga tayyorlash asoslarini o'rganuvchi soha.
Akmeologiya // https://ru.wikipedia.org/wiki/Akmeologiya.
12Tibbiyot pedagogikasi - sog'liqni saqlash muassasalari xodimlarini tayyorlash qonuniyatlari, tamoyillari, shakllari, metodlari va vositalari, ularning didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlarini tadqiq etadigan fan.
Davolash pedagogikasi - turli shishlar, jarohatlanishlar, qandli diabet, bronxial astma, yurak-qon tomir, skolioz, autizm va boshqa kasalliklar bilan og'rigan bemorlarni maxsus o'qitish samaradorligini amaliy jihatdan tasdiqlash asosida yuzaga kelgan davolash nazariyasi va amaliyotining sohasi.
Sport pedagogikasi (Jismoniy madaniyat va sport pedagogikasi) — jismoniy mashqlar va sport bilan shug'ullanishda ushbu jarayonning maqsadi, mazmuni, ta'lim berish va o'qitish qonuniyatlarini hamda mazkur jarayonni boshqarish asoslarini o'rganuvchi fan.
Valeologiya (lot. "valeo"- salomat bo'lish) - shaxsning ma'naviy-axloqiy, jismoniy va ruhiy salomatligiga nisbatan integral yondashuvini ifodalovchi, shuningdek, o'quvchi (talaba)larni valeologiyaning nazariy va amaliy asoslari bilan tanishtiradigan o'quv fani.
Gender pedagogikasi - turli yoshdagi shaxs (tarbiyalanuvchi, o'quvchi, talaba)larning ta'lim muassasalarida o'zlarining erkin, qulay sezishlari, ularning erkak va ayol sifatida ijtimoiy muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishlariga yordam ko'rsatuvchi yondashuvlarni, genderlik xususiyatlarining rivojlanishiga salbiy etuvchi omillarni tadqiq etadigan fan.
Ta'lim falsafasi - ta'lim va tarbiyaning falsafiy asoslarini o'rganuvchi pedagogik fan.
Axloq tuzatish pedagogikasi - jinoyat sodir etgan va jazoga mahkum qilingan shaxslarni qayta tarbiyalash qonuniyatlari, tamoyillari, yondashuvlari, yo'llari, shakllari, metodlari va vositalarini tadqiq etadigan fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |