Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanidan Ma’ruzalar Kirish


-mavzu. «Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 89.1 Kb.
bet2/17
Sana23.03.2023
Hajmi89.1 Kb.
#1287461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni

1-mavzu. «Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari.


Reja:
1.Metodika tushunchasi.
2.Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.
3.Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi.


Tayanch tushunchalar: pedagogika fanlari, o'qitish, o'qitish metodikasi, pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi, ustuvor tamoyillar, asosiy kategoriyalar.


1. "Pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi" fani - o'quv predmeti sifatida. Til iste'mol va ta'lim jarayonida ham fan, o'quv predmeti kabi tushunchalar faol qo'llaniladi. Bo'lajak mutaxassis sifatida talabalarning ushbu ikki tushuncha o'rtasidagi farqni aniq bilib olishlari maqsadga muvofiqdir.
Elektron manbalardan birida "fan" tushunchasi shunday ta'riflanadi: fan - tabiat, jamiyat va ong to'g'risidagi aniq bilimlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo'llashga yo'naltirilgan tadqiqotchilik faoliyati sohasi1.
P.F.Kapterevning fikriga ko'ra, fan - bilimlar (ularning ahamiyati, imkoniyatlari, ilmiy tasnifi va tajribasi; ilmiy muassasalar, ularning jihozlanishi to'g'risidagi qarashlar)ni ishlab chiqish faoliyati; ilmiy-tadqiqot ishi metodlari; ilmiy tushunchalar va ularning turlari, ilmiy ahborot tizimi, shuningdek, yoki dastlabki asos, yoki vosita, yoki ilmiy ishlab chiqarishning natijalari bo'lgan bilimlar majmui2.
Fan - kishilik faoliyatining tarixan shakllangan shakli bo'lib, u borliqni anglashga va faoliyatni yanada samarali tashkil etishgayo'naltirilgan bilimlar tizimi sifatida aks etadi. Har qanday fan asoslari tarixiy taraqqiyot jarayonida kishilarning faoliyati negizida ma'lumotlar yig'indisini amaliy (empirik) tekshirishga asoslanadi. Fanlar quyidagi to'rtta jihatiga ko'ra guruhlarga ajratiladi:
- shaxsiy-ilmiy (fan bilimlarni o'zlashtirish manbai- ilmiy asar, ilmiy maqola, ilmiy elektron manba sifatida);
- ijtimoiy-madaniy (fan ijtimoiy institut - ilmiy-tadqiqot instituti, ilmiy ishlab chiqarish muassasasi, ilmiy-amaliy ishlab chiqarish birlashmasi sifatida);
- predmet (bilimlar ahamiyatliligiga ko'ra tizimlashtirilgan ilm sohasi sifatida);
- faoliyat (ijtimoiy sub'etlarning faoliyati sifatida).
Har qanday fan o'zining xususiy belgilariga ega. Biroq, fanlarning barchasi quyidagi umumiy belgilar3ni o'zida namoyon etadi (1-rasm): Pedagogika - shaxs rivojlanishining qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul, texnologiyasini, pedagogik jarayonning muhim tarkibiy elementlarini o'rganuvchi fan
Mazkur fanning tarkibiy elementlari sifatida ob'yekt, predmet, muhim pedagogik kategoriyalar, nazariya, ilmiy faraz, metod va dalillar namoyon bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, Pedagogika fanipedagogik jarayonni tadqiq etadi, yangi ijtimoiy talab va ehtiyojlar asosida har tomonlama yetuk shaxsni o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, yutuqlarni boyitishga imkon beradigan shart-sharoitlarni o'rganadi.
Pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixida Pedagogika O'zbekiston sharoitida yagona fan bo'lib shakllangan bo'lsa, bugungi kunda uning negizida ko'plab yo'nalishlar mustaqil tadqiqot ob'yektiga aylandi va ular "pedagogika fanlari" yoki "pedagogik turkum fanlar" nomini oldi. Hozirda ta'lim muassasalarida pedagogik turkum fanlarning o'quv predmeti (o'quv fani) sifatida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan.

Download 89.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling