#O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi?
+Fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash
-O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish
-O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqolpag‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish
-Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash.
#Oliy ta’lim muassasasining kengashida yoki fakultetning kengashida saylanadigan lavozimlarni belgilash huquqi kimga tegishli?
+oliy ta’lim muassasasining rektoriga
-oliy ta’lim vaziriga
-ilmiy ishlar prorektoriga
-ilmiy kotibga.
#Davlat ta’lim standarti sifatida Klassifikator nimalarni tartibga soladi?
+oliy ta’limning yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini.
-o‘qishga qabul qilish va mutaxassislar tayyorlashni boshqarishni;
-mutaxassislar tayyorlash va ularni ishga joylashtirishning statistik hisobotini;
-O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar ta’lim statistikasini taqqoslashni;
#Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi tartibi qaysi ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi?
+harbiy oliy ta’lim muassasalariga;
-tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga;
-yuridik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalariga;
-bunday muassasalar ko‘rsatilmagan.
#Kimlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qiladi?
+OTM professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari, boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari;
-OTM professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari;
-OTM professor va dotsentlari yoki katta o‘qituvchilari;
-OTM professor va dotsentlari, katta o‘qituvchilari, o‘qituvchilari, boshqa oliy o‘quv yurtlarining yuqori malakali mutaxassislari;
Do'stlaringiz bilan baham: |