Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet37/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Tarbiyalovchi nazorat – bu ham yo‘ldosh nazorat bo‘lib, tizimli ishlashga, faoliyatning izchilligiga yo‘naltiradi, iroda shakllantiradi, faoliyatni odatga aylantiradi, o‘ziga ishonch va mas’uliyat hissini paydo qiladi.

Nazoratning bu turlari bilimlarni nazorat qiluvchi metodlarni tanlashda asos hisoblanadi. Bilimlarni baholashda – DTS talablari­ ga asoslangan o‘quv dasturi va belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi ta’lim amaliyotida o‘quvchilar bilimini nazorat qi­ lishda, asosan, uning doimiy va yakuniy nazorat singari turlari-dan foydalaniladi. Bilimlarni baholashning doimiy nazorat turiga individual so‘rov, yozma ishlar, ta’limni dasturlash, seminarlar, didaktik o‘yinlar va kundalik kuzatish metodlarini kiritish mum-kin. Bilimlarni tekshirishning yakunlovchi metodlari sirasiga esa har chorak oxiridagi nazorat ishlari, sinov va imtihonlarni kiritish mumkin. Bilimlarni tekshirishning bunday modulli shakli zamo-naviy metod sifatida bir qator afzalliklarga ega:


– nazorat, ayni zamonda bilimlarni amalda qo‘llash imkoni-yatidir;


– nazoratning ayrim jihatlari umumlashgan holda bahoning nisbatan asosliligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
– qiziqtiruvchi va tarbiyaviy vazifalarni yuzaga chiqaradi. Bugungi kunda o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning test
usuli keng yoyildi. Nazoratning bu turi o‘quvchilarni savollarga javob berishda tez fikrlashga yo‘naltiradi, tekshiruv jarayonini tez­ lashtiradi, baholashning xolisligini ta’minlaydi, mantiqiy tafak-kurni o‘stiradi, javoblarda aniqlik, izchillik va tezlikni ta’minlaydi.

O‘quvchilar bilimini baholashning bu usuli o‘z afzalliklari bilan birga ma’lum kamchiliklarga ham ega. Ayniqsa, adabiy ta’lim jara­ yonida bilimlarni nazorat qilishning test usuli o‘zini to‘liq oqlolmay-di. Chunki adabiyot darslarida bilim berish yoki uni nazorat qilish-dan ko‘ra ko‘ngil tarbiyasi, hislarning injaligi, so‘zdan ta’sirlanish, so‘zni tuyish, go‘zallikni payqash, taassurotlar va tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash singari ishlar ustuvorlik qiladi. Inson ma’naviyatiningsog‘lomlashuvi, tuyg‘ularining injaligiyu fikr­larining samimiyligi darajasini test bilan o‘lchash mumkin emas.


Ta’lim jarayonining demokratlashuvi, ta’lim islohotlari bilim-larni baholashning eski usullaridan voz kechishni taqozo etmoqda. Lekin taklif etilayotgan yangi usullarni ham barcha o‘quv fanlari uchun birday qo‘llab kutilgan natijani olib bo‘lmaydi. O‘quvchilar bilimini baholashning ularni yangi-yangi bilimlarni o‘zlashtirishga undaydigan shakllarini topish talab etilmoqda.


Bilimlarni baholashning asosiy maqsadi – o‘quvilarning ruhi-yatida bilimga ehtiyoj uyg‘otish, bilimlarni mustaqil ravishda egal-lashga yo‘naltirishga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, ham bilimlarni nazorat qilish, ham o‘quv materialiga mustaqil ravishda ijodiy yon-dasha bilish, shaxsiy reytingini aniqlash qobiliyatini – shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilash darajasining ko‘rsatkichi demak-dir.


Dunyo miqyosidagi ko‘p davlatlarda o‘quvchilarning bilimla-rini nazorat qilishda maxsus xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u uchta blokni o‘z ichiga qamrab oladi: 5 – 6-sinflar, 7 – 9-sinflar (asosiy maktab), 10 – 11-sinflar (yuqori maktab). Mazkur xizmat-larning bankida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish bo‘yicha 20000 test topshiriqlari jamlangan bo‘lib ularning har biri ma’lum mav-zularga yo‘naltirilgan86.


Bundan tashqari, zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar bili-mini nazorat qilishning «Online test» xizmati ham yaratilgan. «On-line test» xizmatlarida «O‘qituvchining xususiy kabineti», «Kurs bo‘yicha o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasini nazorat qilish», «O‘quvchi bilimidagi bo‘shliqlar diagnozi va xatolar ustida ish-lash», «Test natijalari haqida ma’lumot», «Har xil ko‘rsatkichlar statistikasi», «Ota-onalar nazorati sahifasi» singari ruknlar bo‘lib har biriga o‘ziga mos ma’lumotlar ishlab chiqilgan va maxsus tizim-da internet sahifalariga kiritilgan. Afsuski, bizning ta’lim tizimimiz hali to‘liq kompyuterlashtirilmagani uchun o‘quvchilarning bili-mini nazorat qilishda bunday xolis va tugal usullardan foydalanib bo‘lmaydi.


O‘rni kelganda yana shuni ham aytish kerakki, o‘qituvchilar ota-onalarni har bir o‘quv fani bo‘yicha dastur va standartning talablaridan xabardor qilishlari shart. Ota-onalar bolalari dasturbo‘yicha nimalarni o‘rganayotgani, dasturning talablariga qay da-rajada javob berayotgani-yu, standartning talablarini qanday baja-rayotganini, ular orasidagi tafovutni doimiy ravishda kuzatib bo­ rishlari lozim. Bu har bir o‘quv fani o‘qituvchisining ota-onalar ol­ didagi vazifasi hisoblanadi. Bunday aloqalar darsning samarador-ligini ta’minlaydi, o‘qituvchi, ota-ona, ayni zamonda, o‘quvchining mas’uliyatini oshiradi.


Yana shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda ta’lim amaliyotidagi o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting usuli-ni ota-onalarning ko‘pchiligi «hazm» qila olmayaptilar. Qo‘yilgan ballarni ular bahoga aylantirib, tushuntirib berishni talab qilishmoq­ da. Aslida, jahon ta’limi tizimida o‘quvchilar bilimini ball asosida baholash va bu ishni kompyuter zimmasiga yuklash juda oqilona tashkil qilingan. Bu usul o‘quvchilar qalbini «ikki» yoki «yomon» baholar bilan jarohatlashning oldini oladi.


Bolaning o‘z imkoniyatidan tashqaridagi vazifani bajarol-magani uchun unga yomon baholar qo‘yish va bu bilan uning g‘ururi, sha’nini toptash xuquqi hech kimga berilmagan. Ta’lim tizimida har kim o‘z imkoniyatiga yarasha xolis baholanishi va bu baho hech kimni haqoratlamasligi kerak. Shuning uchun ham ja-hon ta’limi amaliyotida bolalar bilimini baholashning ballik tizimi qabul qilingan. Bizning maktablarimizda ham mana shu usul qabul qilingan ekan, «baho» degan tushuncha unutilishi, «ball» atamasi boricha qabul qilinishi kerak. Uni bahoga aylantirish pedagogik ji-hatdan noto‘g‘ri. Ota-onalar majlislarida bilimlarni baholashning reyting usuli xususiyatlari, uning qabul qilinishi sabablari haqida ularga batafsil ma’lumotlar berish bunday anglashilmovchiliklar­ ning oldini oladi. O‘quvchi bilimlarini baholashning bunday tizimiga ota-onalar ham, o‘quvchilar ham birday moslashib borish-lari, ko‘nikishlari davr talabidir.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy tarbiyashunoslikda o‘quvchi va talabalarning bilimlarini baholash ishini kompyuter-lashtirish davri keldi. Shunday qilinganda bilimlarni baholashda odillik, xolislik ustuvor ahamiyat kasb etadi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling