Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet5/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. «Integratsiya» tushunchasi borasida internet orqali materi-allar to‘plang va mazkur bo‘limdan o‘zlashtirgan bilimlaringizni taqqoslang. Fikrlashing.




  1. «Fanlararo aloqa» atamasi bilan bog‘liq bilimlaringizni in-ternet orqali topgan ma’lumotlar bilan to‘ldiring. Bilganlaringizga nimalarni qo‘shimcha qila olasiz?




  1. Integratsiyaning yuqoridagi shakllarini kursdoshlar birga-likda tahlil qiling. Qarashlaringizni asoslashga urining.

  2. Yuqorida sanalgan «Bemor», «Muzqaymoq» va «Nido» dostonlarida fanlararo aloqa nuqtai nazaridan umumiy jihatlar nimalardan iborat ekanini va ularning integratsiyasi qay jihatdan o‘rganilishini o‘qituvchingiz bilan birgalikda aniqlang. Asarlardan misollar keltirib qarashlaringizni isbotlang.




  1. «Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi o‘z maqsad va vazi-falarini o‘quvchilarning maqsad va vazifalariga moslashtira bi­

31


lishi taqozo etiladi», degan fikrni qanday tushundingiz? Sizning-cha, o‘qituvchining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? O‘quvchilarning maqsadi va vazifalari, nazaringizda, qanday sharhlanadi?­



  1. Ko‘rsatib o‘tilgan «Zarbulmasal» bilan «Oq kema»ni zo-ologik bilimlardagi qaysi jihatlar bilan integrtsiyalash mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Xulosalaringizni misollar bilan asoslang.

  2. Matndagi: «Fanlararo aloqada o‘quvchining ma’lum bi­ limlarni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu muammoni imkon qa-dar chuqur anglash hamda olingan bilimlarni amaliyotga sama-rali joriy etishiga imkon berish maqsadida o‘quv fanlari orasida o‘rnatiladigan aloqa nazarda tutiladi» tarzidagi qoidani biror ba-diiy asar misolida o‘z so‘zlaringiz bilan tushuntirib bering.




  1. Yuqorida keltirilgan: «Integratsiya esa fanlararo aloqaga, ya’ni umuman fanlar, o‘quv fanlari, ularning bo‘lim va mavzulari bo‘yicha olingan bilimlarga tayanilgan holda o‘rganilgan masala-ga xos bo‘lgan yetakchi g‘oyalar hamda hodisalarning izchil, har jihatdan chuqur hamda serqirra ochilishi demakdir» shaklidagi iqrorni o‘zingiz xohlagan badiiy matn asosida izohlashga urinib ko‘ring.




  1. «Pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari adabiy ta’limi jarayonini integratsiyalash tizimi» bilan bog‘liq fikrlarni izohlang.

Qarashlaringizni asoslashga urinib ko‘ring.

  1. «Nido» dostonida inson tuyg‘ulari tasviri» mavzusida insho yozing. Bir-biringizning ishingizni tekshirib, xato va kam-chiliklarini bartaraf etish yo‘llarini muhokama qiling.

32


MA’RUZA № 4

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling