Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet68/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. Mustaqil ishlarning kundalik yuritish, maktublar bitish sin-gari turlarining o‘ziga xos jihatlarini internet yoki qo‘shimcha ada­ biyotlardan toping. Topgan ma’lumotingizni kursdoshlaringiz bi-lan o‘rtoqlashing.




  1. Mustaqil ishlarning har biriga munosib ta’rif toping. Ta’rifning manbasini kshrsatishni unutmang.

  2. Taniqli metodist S. Matjonovning mustaqil ishlarga bag‘ishlangan qarashlarini alohida o‘rganib chiqing. Tahlilga tor-ting. Qarashlaringizni asoslang.




  1. Mustaqil o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish singari mustaqil ish turlarini farqlang. Xulosalaringizni asoslang.

  2. O‘zijodingiznamunalaribilan(ijodbilanshug‘ullanadiganlar, albatta) o‘rtoqlashing. Ijod namunalarini tahlilga torting.

  3. «Derazamdagi manzara» mavzusida esse yozing. Har birin-giz o‘z ishingizni o‘rtoqlaringiz muhokamasiga qo‘ying.


  4. MA’RUZA № 28

  5. ADABIYOT O‘QITISHIDA INSHONING O‘RNI VA UNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI



Reja:

  1. Insho o‘quvchilarda yozma nutqini takomillashtirish omili.




  1. Insho va uning turlari.




  1. Inshoga tayyorgarlik jarayonini tashkil etish yo‘llari.




  1. Inshoni baholash me’yorlari va tahlil qilish.

Ma’lumki, odam hamisha o‘zining og‘zaki va yozma nutqini takomillashtirish bilan qiziqib kelgan. Aynan nutqiy imkoniyatlari orqali inson o‘z ichki olamini namoyon etadi. Adabiyot esa inson nutqining takomilini ta’minlaydi. Insonning nutqi uning fikrlash ja-rayoni va o‘ziga xos jihatlari tizimini namoyish etadi.


O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘quvchilarning ijodiy nutqiy faoliyatini tizimga solish uchun har xil metod va usullardan foyda­ lanishi mumkin. Adabiyot darslarida nutq o‘stirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri matnning o‘quv tahlili bo‘lib, u har xil nutqiy vaziyatlarni hosil qilish, dialogik muloqot uchun vaziyat yaratish, ada­ biy mavzularda monologik nutq turlaridan foydalanishga o‘rgatish orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar nutqining rivojlanganligini tekshirish mezonlari aktiv leksikaga, terminologiyaga, tasviriy ifodalarga egalik, nutqni mazmunli, ma’lumotlarga boy qilish, chiqishlarni mantiqiy aniqlik va xulosalarning mustaqilligi bilan boyitish va hk.lar bilan belgilanadi. O‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqi darajasi bugungi kunda nafaqat metodik, balki jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib turibdi.


Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining ko‘pchiligi o‘z fik­ rini aniq va ravon ifodalashga, fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon etish qobiliyatiga, ifoda izchilligiga ega emaslar. Buni nafaqat ada-biyot darslarida, balki ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, bar-cha o‘quv fanlari tizimida kuzatish mumkin. Ta’lim amaliyotida, asosan adabiyot darslarida fikr ifodalashning nozik tomonlari, uning rang-barangligi va emotsionalligiga erishishga e’tibor qara-tiladi. Nutq ifodalashda bunday ko‘nikmalarni egallash va og‘zaki nutqni takomillashtirish suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dia-loglar, ma’ruzalar asnosida amalga oshiriladi.O‘quvchilarning og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda ularning yozma nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. U kommunikativ jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Agar og‘zaki nutqda jumla yoki so‘zlarning to‘liq ifodalanmasligi, ayrim qo‘shimchalarning tushirib qoldirilishi, almashinishi singari ho-latlar yuz berishi mumkin bo‘lsa, yozma nutqda fikr ifodalashda mantiqiy izchillik, so‘z va iboralar­ning tizimliligi taqozo etiladi. O‘quvchi yozma nutqini takomillishtirishning keng tarqalgan usu-li turfa janrlardagi va har xil adabiy mav­zularda insho va esselar yozdirishga undashdir. O‘quvchilarning boshqa turdagi mustaqil ishlari, yozma bajariladigan uy vazifalari ham o‘quvchilar yozma nutqining rivojlanishiga ko‘maklashadi.


Milliy ta’lim tizimiga Botish (Evropa) usullari, rivojlangan mamlakatlar ta’limi yutuqlari kirib kelishining o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjuddir. Lekin ta’limni tashkil etishda bizning min-glab yillik tarixga ega o‘zbeklar ekanligimiz hamisha ko‘zda tu-tilishi kerak. Chiqish (Sharq)da azal-azaldan ko‘ngil tarbiyasi ustuvorlik qilib kelgan. Ma’naviy yetuklik baland martabada bo‘lgan. Bilimlarni o‘zlashtirishga, fanda kashfiyotlar qilishga ruhiy bezovtalik, ma’naviy kamolotga intilish orqali chiqilgan. Shuning uchun ham maktablarda, avval badiiy adabiyotni o‘qitish, so‘zdan ta’sirlanishga o‘rgatish amalga oshirilgan. Ruhiyatni uyg‘otishga harakat qilingan. Bezovta qalbgina izlanishga qodir ekanini bobo-lar yaxshi tushunishgan.


Zamonaviy milliy ta’limda sog‘lom ma’naviyatni tarbiyalash bosh maqsad qilib belgilangani holda amalga oshirilayotgan ish-lar hozircha yetarli bo‘lmayotir. Botish ta’lim tizimining xususi-yatlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, ular erishgan yutuqlarning o‘quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligi, real jihatlariga mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirishgina samara berishi mum-kin. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. O‘quvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan mustaqil yoz-ma ishlarni o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz o‘rganilgandan keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bo-lalarning mustaqil fikrlashini o‘stiradi. Shu bilan birga, ulardagi fikr mustaqiligining o‘sishini nazorat qi­lishga imkon beradi.



Sinfda asar mutolaasi davomida o‘quvchilarga insho yozishda qo‘l keladigan muhim so‘z va iboralarni belgilab borishni o‘rgatish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu narsa o‘quvchilarni asarni o‘qish davomida insho yozishga ruhan tayyorlaydi. Asar matnidagi muhimni nomuhimdan farqlashga o‘rgatadi. Masalan, «Qodiriy-ning ijodida men qadrlaydigan jihatlar» mavzusida insho yozdirish uchun, avvalo, Abdulla Qodiriyning asarini o‘quvchi sevib qola oladigan darajada tahlil qilish kerak. Asardagi o‘quvchi qalbini titratadigan o‘rinlarni kashf qildirish kerak. Mana shu kashfiyot, o‘quvchiga lazzat bag‘ishlagan topildiqlargina adibni kitobxon-ga sevdiradi. U yozuvchini asarlarining go‘zal uslubi, ko‘ngilga borib o‘rnashadigan tuyg‘ular tasviri tufayli sevib qoladi. Bu sevgi o‘quvchining inshosida o‘z aksini topadi.

Bunday mavzularda ko‘nglida o‘yi, aytar gapi bor o‘quvchilargina insho yozishlari mumkin. Bu insholar maktabda o‘rganiladigan shoir yoki yozuvchi ijodiga o‘quvchining chi-nakam muhabbatini ko‘rsatadigan, muallifning aqliy va ruhiy ho-latini kashf etishga bag‘ishlangan, chinakam mustaqil, o‘zgalardan ko‘chirilmagan ish bo‘ladi. Bunday insho yozishda o‘quvchiga berilgan erkinlik va imkoniyat uni mustaqil fikrlashga, kechinma-larini so‘z bilan ifodalashga odatlantiradi. Bu xil yozma ishlarda kitobiy so‘z va iboralar­ning bo‘lishi ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar uchun tabiiy hol, albatta. Asosiy e’tiborni o‘quvchining darslik muallifi yoki o‘qituvchi aytganlarni takrorlamayotganiga qaratish lozim.


Shuni aytish mumkinki, bugun ham o‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘z fikrini aytishga tortinadi yoki buni istamaydi. Achinarlisi, ular­ ning ko‘pchiligida aytishga arzigulik fikrning o‘zi yo‘q. Agar mak-tab adabiy ta’limi yuqorida tavsiya etilgan yo‘sinda tashkil etilsa, fikr kishilari ko‘payishi muqarrar. Yuqorida aytilgan usullarda o‘quvchilar an’anaviy yo‘sindagidan ko‘ra yaxshiroq yozishadi. Shu tarzda o‘quvchilar matnni qayta hikoyalashdan qutula bora-dilar, insholarida o‘z munosabati, tintilishlari, fikr, tuyg‘u va is-taklarini ifodalay borishadi. Bevosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan insholar uni ijod qilishga, o‘ylashga o‘rgatadi.


O‘qituvchining qarashlari, kitob va qo‘llanmalardagi fikrlar o‘quvchi ishida qo‘llanilishi, tabiiy. Faqat ularning o‘rinli bo‘lishi,bolaning qarashlarini asoslashga xizmat qilishi sezilib turishi zarur. O‘quvchiga bir emas bir nechta parchani taqdim etish kerak, toki unda o‘ziga yoqqanini, o‘zining darajasiga mos keladiganini tan-lash imkoni bo‘lsin. Ana shunda har darsda chinakam ijod ruhi hukmron bo‘ladi.


Adabiyot darslarida o‘quvchini badiiy asarda nima aytilganiga emas, balki qanday aytilganiga ham diqqat qaratishga o‘rgatish lozim. U tabiat tasviri go‘zalligi, qahramonlar ichki kechinmalari ifo­dasi nozikligi, muallif tilining injaligini ham kuzatsin, sezsin. Ada­biyot darslarida, asar tahlili mobaynida shunday narsalarga e’tiborli bo‘lgan o‘quvchi ijod jarayoni bo‘lmish insho bitishda ham o‘ylanadi, izlanadi, bilganlaridan foydalanadi. Bola shularni tuysa, ma’naviyati to‘kisroq shakllanadi. Zero, o‘quvchilarda dun-yoqarash shakllanishi ayni shu yoshga to‘g‘ri keladi.


O‘quvchi yozgan ishlarning mazmunli bo‘lishida asarning qaysi o‘rinlari muvaffaqiyatli chiqqanini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda bunday topqirlikni shakllantirish va rivojlantirish o‘qituvchining burchi hisoblanadi. Bunga «Asarni o‘qishdan tuy-ganlarim», «Asardagi menga eng yoqqan jihatlar» singari mavzu-larda insho yozdirishi bilan erishish mumkin. O‘quvchilar inshoda kitobdan, o‘qituvchi ma’ruzalaridan olgan bilimlarini mustaqil ra-vishda amaliyotda qo‘llashi ham mumkin. Bu bilimlar o‘quvchiga yo‘nalish berib, fikrlarini tizimga solishga ko‘maklashadi. Aks holda, bunday insho to‘la mustaqil fikrlash mahsuli bo‘la olmay-di. O‘zi kashf qilish boshqa, o‘zgalarning yo‘nalishi bilan fikr yuritish boshqa, albatta. Lekin o‘zgalar bergan yo‘nalish asosida bo‘lsa-da, fikrlay boshlagan o‘quvchi ma’lum vaqt o‘tgach, albatta, mustaqil fikrlashga o‘tadi. Mustaqil ish muallifi unda o‘z fikrini ifodalashi yoki o‘zgalarning aytganlariga qo‘shilish-qo‘shilmasligi sabablarini izohlashi kerak. Biror fikrni yoqlash yoki inkor etish ham mustaqil tafakkurni talab qiladi. O‘quvchi o‘z fikrlarini ifo-dalashni, ularga ishlov berishni bilishi, o‘qituvchi esa darslik yoki qo‘llanmalardan olingan qolipdagi ishni emas, aynan inshoni, ijod mahsulini tekshirishi kerak. Yomon baho bilan yoniq ruhlarni so‘ndirish emas, balki o‘quvchilarni ijodga undash yo‘llarini topish lozim. O‘quvchilarning inshoda bildirgan fikrlarini hurmat qilish, yozma ishlardagi biror tasvirni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.Muvaffaqiyatli chiqqan fikr va xulosalarni ko‘rsatish, noto‘g‘ri ifodalar haqida jiddiy mulohazalar aytish, ular­ning o‘rinsizligiga o‘quvchilarni ishontirish zarur.


Asar ustida ishlayotgan o‘quvchilarga so‘zga ehtiyotkorlik bilan yondashishni o‘rgatish kerak. O‘smirlar yozuvchining badiiy so‘zi chin mo‘jiza ekanini tushunishi, his qilishi zarur. Muallif qo‘llagan so‘z tagida qanday fikr mavjudligiga e’tibor berishni o‘rgatish ada­biyot o‘qituvchisining burchidir. Uni qiynayotgan narsalarni o‘zgalarni ham qiynaydigan tarzda ifodalashga, unda tug‘ilgan fikr­ni boshqa bir kishiga ta’sir qiladigan yo‘sinda bayon eta bilishga o‘quvchini undash lozim. Shunda o‘quvchilar etyud, kichikroq hikoya, she’r yoki insholarida o‘zini bezovta qilayotgan tuyg‘ularni o‘zgalarga ham yuqadigan tarzda ifodalashga harakat qilishadi. Shu tariqa so‘zning qudrati, ijodning mashaqqat va lazzatini his qiladilar. Adabiyot o‘quvchini odamlar dunyosiga olib kiradi, unda shu olamga mansublik jihatlarini kuchaytiradi. Bu, o‘z navbatida, unga o‘zligini anglatadi. O‘quvchi ijod jarayonida hayotda mavjud narsani o‘zi uchun o‘zi qayta kashf etishi va buning lazzatini tuyishi kerak. Yuksak tuyg‘ularni his qilish gashtini hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Inson omadsizliklar, mag‘lubiyatlar, iztiroblar ketidan erishilgan kashfiyot, g‘alaba lazzatini tuyib ko‘rishi kerak. O‘quvchilarning uyg‘onishi, ruhiy muvozanatdan chiqishi, ixtiyoriy ravishda ham aqliy, ham ruhiy zo‘riqishi yaxshi darsning muhim belgisidir.


Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholar bilan bir qatorda be-vosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan erkin insholar ham yozdirili-shi kerak. Bu insholar bolalarning yosh xususiyati va badiiy didiga mos kelsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, «O‘rtog‘imning tavsifi», «Men suygan suyukli» singari mavzulardagi ishlar sir saqlanishi kerak. O‘quvchining o‘qituvchiga ishonchi ham uning ijodidagi samimiylikka garovdir. Chinakam fikr mustaqilligi, ta-fakkur yetukligi, mulohazalarning samimiyligi hayot, badiiy so‘z hamda san’at hodisalarini chuqur tahlil qila bilishda ko‘rinadi. Tafakkur mustaqilligining bunday darajasiga o‘quvchilar oldiga murakkab masalalar qo‘yish bilan, asta-sekin erishiladi. Hech qan-day fikrning yo‘qligidan, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikrning bori ma’qul.


Yo‘q narsani yaratishdan ko‘ra, borining yo‘nalishi yoki shaklini, mazmunini o‘zgartirish osonroq.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling