Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet69/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. Qo‘shimcha adabiyotlardan insholarning turlari haqida ma’lumot to‘plang. Topildiqlaringiz bilan bir-biringizning materi-alingizni to‘ldiring.




  1. Insho bilan ijod mahsuli (badiiy bitiklar) mustaqil ish sira-siga kiradi. Ularning bundan boshqa yana qanday o‘xshash jihatlari bor, nazaringizda?




  1. Har ikki mustaqil ish turining farqli jihatlari nimalardan ibo-rat deb o‘ylaysiz?




  1. «Masalan, «O‘rtog‘imning tavsifi», «Men suygan suyukli» singari mavzulardagi ishlar sir saqlanishi kerak. O‘quvchining o‘qituvchiga ishonchi ham uning ijodidagi samimiylikka garovdir» degan fikrga qanday qaraysiz? Bunga qo‘shilasizmi? Buni qanday amalga oshirish mumkin deb o‘ylaysiz?




  1. O‘quvchilarning insholarini baholash mezonlarini internet-dan toping. Ular haqida fikrlashing.

  2. «Onamga badiha» mavzusida esse yozing. Yaratig‘ingizni hamkurslaringiz bilan o‘rtoqlashing.


  3. MA’RUZA № 29,30

  4. O‘QISH TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI.

O‘QISHNING ADABIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI.


Reja:

  1. Sinfda o‘qish va uning xususiyatlari.




  1. O‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va buning o‘ziga xos jihatlari.




  1. Sinfdan tashqari o‘qish va uni tashkil etish yo‘llari.




  1. Sinfdan tashqari o‘qish nazorati.




  1. To‘garak va uni yuritish talablari, zarur me’yoriy huj­



jatlar.


O‘qish yozilgan matn bilan tanishish, uni tushunish va o‘zlashtirishga qaratilgan nutqiy faoliyatning bir turi bo‘lib, shaxs-lararo kommunikativ faoliyat sohasiga daxldor. O‘qish muloqot shakl­laridan biridir. O‘qish til o‘rganish jarayonining asosi hisob-lanib, matnda shakllar yordamida ifodalangan ma’lumotlarni o‘zlashtirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu, o‘z navbatida, inson faoliyatining har qanday turida tildan erkin va samarali foydalanish imkoniyatini beradi147.

Psixologik adabiyotlarda «o‘qish» tushunchasining zamirida mutolaa jarayonidagi «o‘qish texnikasi» va «o‘qish asnosida uqish» anglashiladi. O‘qish jarayonida o‘qilganlarni tushunish o‘qish texnikasi bilan bog‘liq holda maqsad va manbani anglatadi. O‘qish inson tafakkurining bir ko‘rinishi sifatida mutolaa jarayonida matn mazmuniga xos bo‘lgan elementlarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lagan holda mohiyatiga kirish, mazmunni anglash demakdir. Kitobxon nafaqat tayyor ma’lumotlarni o‘zlashtiradi, balki o‘qiganlarini o‘z tajribasi, bilimi va mavjud ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. O‘qish asnosida uqishga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi faktorlar belgilangan:





  1. ma’lum axborotga ega bo‘lish;

  2. matnning kompozitsion tuzulishini ilg‘ash;

  3. matnga xos til xususiyatlarini farqlash;

  4. mantiqiy va emotsional ifodalarni tushunish;m atndagi ma’lumotlar, uning leksik va grammatik xususiyat-lari, ifoda uslubining o‘quvchi nutq uslubiga, leksik va grammatik darajasiga yaqinligi;

  5. matnni o‘zlashtirish asnosida o‘quvchi diqqatining uni ang­ lashga yo‘naltirilganligi;




  1. o‘quvchining individual psixologik xususiyatlari.

O‘qish quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. analitik va sintetik o‘qish (psixologik xususiyatlarga taya­

nish);

  1. tarjimali va tarjimasiz o‘qish (o‘qilayotgan matnni anglash-da ona tilning ishtiroki darajasi);

  2. lug‘at bilan yoki lug‘atsiz o‘qish (o‘quvchilarga yordami darajasi oldindan belgilab qo‘yilgan);

  3. individual, frontal, sinfda va uyda o‘qish (o‘quv ishlarini tashkil etish shakliga ko‘ra);

  4. ko‘rish, kuzatish, izlanish, tanishuv (ko‘zda tutilgan maqsad-ga muvofiqligi va jarayonning borishiga ko‘ra).

O‘qishning barcha turlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va hamisha bir-birini to‘ldirib boradi. Nutq faoliyatining bu turidan foydalanilganda o‘quvchilarning o‘qishdan maqsadini anglashi bu jarayonning muhim shartlaridan biri sanaladi.
O‘qish ta’lim bilan bog‘langanda topshiriqlar o‘qishdan ol-dingi va o‘qishdan keyingi ish turlariga ajratiladi. Ta’limda o‘qish mutolaa texnikasini o‘zlashtirish (harflar, so‘z, so‘z birikmalari, jumlalar va ularning tovush turlariga e’tibor nazarda tutiladi) va to‘g‘ri o‘qish, ya’ni tajribali kitobxon tarbiyalashni nazarda tutadi. Tajribali kitob­xon bilan tajribasiz kitobxon o‘qish asnosida har xil jihatlari bilan ajralib turadi. Tajribasi kam kitobxon sekin va bir xil tezlikda o‘qiydi. Bu hol o‘qilgan materialning anglanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sekin o‘qish o‘qilganlarni aytib berishga tenglashtiriladi. Ko‘pincha diqqat matnning mohiyatiga emas, uning shakliga qaratiladi. Tajri­bali o‘qirmanda maqsad o‘qish tez-ligi va matn mazmuni hisoblanadi. O‘qilgan narsaning mohiyatiga kirish va uni o‘zlashtirish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.

Tez o‘qiganda ko‘zlarning fiksatsiyasi uncha katta bo‘lmaydi. Tez o‘qilganda diqqat matnning mazmuniga qaratiladi.


Metodika ilmida o‘qishning:
o sinfda o‘qish (o‘quv ishlarini tashkil etish shaklining ma’lum joyga asoslangan turi. Biror matnni sinfda o‘qish ishlari darsdao‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Matn ustida ishlash, ya’ni uning tahlili o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligida amalga oshi­riladi);




  1. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling