Pеdаgоgikа instituti pedagogika va psixologiya fakulteti pеdаgоgikа va psiхоlоgiya yo’nаlishi 204-guruh isroiljonova xulkaroyning


Download 76.93 Kb.
bet9/11
Sana22.12.2022
Hajmi76.93 Kb.
#1042140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXSIY

Natijalarni baholash.
1,5 va 7 savollar “N” harfi uchun, hamda qolgan savollarda “T” harfi uchun bir balldan hisoblanadi. Ballarni yig’indisini hisoblab chiqing. Agar siz savollarga vijdonan javob bergan bo’lsangiz, unda siz haqingizda quydagilarni aytish mumkin:
0-3 ball – Sizda kommunikativ nazorat past. Sizni hulqingiz mustahkam, hamda siz kerakli vaziyatda o’zgarish lozim emas deb hisoblaysiz. Siz muloqot vaqtida o’zingizni vijdonan ochiqchasiga kirishishga qobilyatlisiz. Ba’zilar sizni muloqotda to’g’riligingiz sababli, sizni “noqulay” deb hisoblaydilar.
4-6 ball – Sizda o’rta kommunikativ nazorat, siz chin ko’ngilli insonsiz, lekin o’zingizning emotsional kashfiyotlaringizni idora qila olmaysiz, o’zingizni xulqingizni namoyon qilishda atrofdagi odamlar bilan hisoblashing.
7-10 ball – Sizda yuqori kommunikativ nazorat. Siz xohlagan rolga oson kirishib ketasiz, vaziyatni o’zgarishini yengil qabul etasiz, atrofdagilar haqidagi taassurotlaringizni yaxshi his qilasiz.
Bob bo’yicha xulosalar
O’spirinlik yoshidagi o’quvchilar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo’lar ekanlar, o’zlarining hayot yo’llarini belgilab olishga , bundan buyongi faoliyatlarining istiqbollarini aniqlab olishga , o’zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqaror bo’lib qoladi, yigit qizlar o’z kelajaklari haqida jiddiyroq o’ylay boshlaydilar. O’spirinlik – jo’shqin kuch g’ayrat , shijoat , mardlik, katta va qahramonona ishlarga intilishlar avj olgan yosh davr. O’spirinlik davrida shaxsning rivojlanishi alohida axamiyat kasb etadi. Bu davrda o’spirinning ma’naviy kuchlari intensiv rivojlanadi , uning ahloqiy qiyofasi tarkib topadi, dunyoqarashi shakllanadi.
S.L.Rubinshteyn. Insonning o’z-o’zini anglash jarayonidagi subektligi bila amalga oshirishga mo’ljallangan aloqasining shakllanishi va oqibat natijada yuzaga keladigan yangi sifatiy holat undagi oldingi ichki ziddiyatlardan tamoman forig’ ekanligini bildiradi. O’z-o’zini anglashni uning subyekti bilan bir davrda o’rganish bizningcha, ruhiyat bilan ijtimoiylik o’rtasidagi munosabat muammosini hal qilishda zarur, muhim imkoniyat, qulay shart-sharoit yaratib beradi.
Demak, bu ilmiy yondashuvda o’z-o’zini anglashning uzluksiz ruhiy jarayon sifatida funksiyalashuvi insonning boshqa odamlar to’g’risidagi tasavvurlari va ularning unga nisbatan munosabatlari o’rtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi. Odatda inson o’zi haqida fikr yuritar ekan, albatta, u o’zining boshqa odamlar bilan kechadigan o’zaro munosabatlari natijasini tahlil qiladi va ularning samarali ekanligiga asoslanib o’z «Men»ligini yaratadi.
Tadqiqot ishimizning ikkinchi bobi muammoning amaliy o’rganilishiga bag’ishlangan bo’lib, unda shaxs xususiyati, shaxslararo munosabatlarda samimiylik va shaxsda o’z-o’zini anglash , o’z-o’ziga baho berish xususiyatini aniqlashga doir metodikalar majmuasi sinaluvchida o’tkazilib natijalar tahlil qilindi. Shunga muvofiq tegishli xulosalarga kelindi:



Download 76.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling