Pedagogika kafedrasi matematik tassavurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi


Download 69.04 Kb.
bet8/9
Sana09.06.2023
Hajmi69.04 Kb.
#1475784
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shuhratjonova Zebo MT kurs ishi (3)

UMUMIY XULOSA
Ana shu mo‘jaz izlanish ishimizda Ibn Sinoning matematikaga oid to‘plamiga baholi qudrat e’tibor qaratishga harakat qildik.
Ibn Sino daho olim va shaxs sifatida buyuk inson bo‘lish bilan birga faoliyat doirasining favqulodda ko‘lami kengligi bilan o‘z davrining ulkan va samarali ilmiy, ijodiy ruhini ham aks ettiradi. Uning ulug‘ zamondoshi Beruniy yozganidek, o‘sha davr “shu qadar hayratlanarli, shunchalar samarali davrki, ammo ziddiyatlardan sira ham xoli emas”.
Ibn sino o'zining ko'p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o'ynadi. O'z ijodi, ilmiy faoliyatida ibn sino markaziy osiyo, yaqin va o'rta sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy ko'tarinkilik, madaniy "uyg'onish"ning ma'naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun sharq va yevropadagi ma'rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi. U o'z davrida sharq va yevropada "shayx ur-rais", "olimlar boshlig'i", "tabiblar podshohi" kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi. Ibn sino mashhur murabbiy sifatida abu ubayd jurjoniy, umar isfahoniy, muhammad sheroziy, ahmad ma'suriy, mashhur ozarbayjon mutafakkiri baxmanyor ibn marzbon, yusuf iyloqiy, ajoyib olim va shoir umar hayyom kabi shogirdlarini tarbiyaladi. Uyg'onish davri miniatyura va suratlarida ibn sino mashhur qadimgi yunon olimlari aristotel, galen, gippokrat, ptolemey, evklid bilan bir qatorda tasvirlangan.
Ibn Sino xalq orasida shu darajada hurmatga sazovor bo'ldiki, u folklor qahramoniga aylanib ketdi. Sharq xalqlarida uning to'g'risida turli hikoya, rivoyat, afsonalar vujudga keldi. Jahon olimlari Ibn Sino asarlari, uning faoliyati to'g'risida ko'pdan beri ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Hozirda jahonning deyarli barcha yirik tillarida Ibn Sino haqida asarlar yaratilgan.
Yuqoridagilardan Abu Ali ibn Sinoning (Avitsenna) hayoti, uning asarlari, ilm-fandagi xizmatlari, xususan tibbiyot sohasidagi xizmatlari to'g'risida xulosa qilishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino juda aqlli, qiziquvchan bola, ajoyib xotiraga ega. Keyinchalik Avitsenna o'z davrining eng buyuk olim-shifokori bo'ldi. Va uning shifokor va olim sifatidagi ishlari bugungi kungacha saqlanib qolgan. U tibbiyotning aksariyat sohalarida, hatto farmakologiya va psixologiya sohalarida ham muhim kashfiyotlar qildi. Avitsenna o'simlik, hayvon va mineral asoslarda undan oldin noma'lum bo'lgan ko'plab samarali dori vositalaridan foydalanishni taklif qildi.


Download 69.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling