Seminar va uning o‘ziga xosliklari. Seminar – bu o‘qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir.
Seminar quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi:
1) nazariy materialni tartibga solish;
2) bilimlarni mustahkamlash;
3) ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
3) bilimlarni nazorat qilish.
Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish
Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda quyidagi savollarga javob topiladi:
1. Nima uchun? – Seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad.
2. Qanday tarzda? – Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.
3. Nimani muhokama qilish? – Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni.
4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Ceminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish.
Seminar turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Seminar turlari
|
O‘ziga xos xususiyatlari
|
Ma’ruza(doklad)li seminar
|
Seminar mashg‘uloti talabalarning ma’ruzalarini tinglash va munozara shaklida o‘tkaziladi.
|
Dialogli seminar
|
Seminar mashg‘uloti ommaviy va indiviudal savol-javoblar tariqasida tashkil etiladi
|
Refleksiv seminar
|
Seminar mashg‘uloti mavzuga doir ma’lumotlarni muhokama qilish va aniq xulosalarga kelish tarzida o‘tkaziladi.
|
Seminar-fikrlar almashuvi
|
Seminar mashg‘ulotini tashkil etishda manbalardan foydalaniladi va turli fikrlarni shakllantirishga erishiladi
|
Seminar-illyustratsiya
|
Seminar mashg‘uloti manbalar bilan ishlash tarzida tashkil etiladi va materiallar illyustratsiya tarzida namoyish etiladi.
|
Evristik seminar
|
Seminar izlanishli-topshiriqli tarzda tashkil etiladi.
|
Seminar mashg‘ulotlari ta’lim beruvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni dars mashg‘ulotidagi ta’lim oluvchilar bilan muhokama qilish yo‘li bilan olib boriladi.
Ta’lim oluvchilar berilgan reja, dastur va tavsiyalar asosida seminar mashg‘ulotlariga oldindan tayyorlanadi. Unda ta’lim oluvchilar mos adabiyotlarni o‘rganadilar, material yig‘adilar, turli kuzatishlar o‘tkazadilar, o‘z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminar mashg‘uloti ta’lim beruvchi rahbarligida o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi ta’lim oluvchilar faoliyatini mashg‘ulot maqsadiga yo‘naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani xulosalaydi. Zarur qo‘shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Seminar darsida faol qatnashgan ta’lim oluvchilar baholanib boriladi.
Seminar mashg‘uloti ta’lim oluvchilar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga va fikrlashga o‘rgatish, darsni faollashtirish hamda ta’lim oluvchilar aqliy qobiliyatlarini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |