Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi


B-B-B JADVALI – BILAMAN/ BILMOQCHIMAN/ BILIB OLDIM. Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari


Download 0.54 Mb.
bet30/93
Sana03.12.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1801771
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org

B-B-B JADVALI – BILAMAN/ BILMOQCHIMAN/ BILIB OLDIM. Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
1) jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar;
2) “Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz?” va “Nimani bilmoqchisiz?” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning birinchi va ikkinchi bo’limlarini to’ldiradilar;
3) ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar;
4) mustaqil yoki kichik guruhlarda jadvalning uchinchi bo’limini to’ldiradilar.


O’qitish metodlarini tanlash shartlari. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlari-ni tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holat-larga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tan-lashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
  • zamonaviy didaktikaning etakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivoj-lantirishning umumiy maqsadlari;


  • o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xos-ligi;


  • xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi;


  • muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;


  • u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;


  • talabalarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;


  • talabalarning darsga tayyorgarlik darajasi;


  • o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik daraj-si, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;


  • o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;


  • o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi.




O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq echimlar qabul qiladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling