Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi


Download 0.54 Mb.
bet31/93
Sana03.12.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1801771
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org

O’qitish vositalari. O’qitish vositalari – bu yangi bilimlarni o‘z-lashtirish uchun o‘qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’ekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’-lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.
O’qitish vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish» savoliga javob beradi.
An’anaviy ravishda qo‘laniladigan o’qitish vositalariga darslik, rasmlar, jadvalar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.
Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda o’qitish vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. O’qitish vositasini qo‘llashning yana bir jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.
O’qitish vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog‘liq. Agar ta’limning faol metodi (kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi.
Ta’limning passiv (sust) metodlari (talabalar eshitadi, ya’ni hikoya, ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) qo‘llanilganda, ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari pedagog-ning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin.


O’qitishning texnik vositalari. O’TV – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga:
1. O‘quv kinofilmlari.
2. Diafilmlar.
3. Kompyuterlar.
4. Magnitofon tasmalari.
5. Radioeshittirish.
6. Teleko‘rsatuvlar kiradi.
Ta’limning texnik vositalari
O’TVlarini kuyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
  1. axborot;


  2. aralash(kombinatsion);


  3. trenajyor;


  4. bilimlarni nazorat qilish vositalari;


  5. audiovizual vositalar.



O’TVning funksiyalari:

  1. ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;


  2. o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;


  3. talabalarni idrok qilishga yo‘naltiradi;


  4. talabalarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;


  5. dunyoqarashni, ishonchni, talabalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;


  6. o‘quv ishiga nisbatan talabalarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;


  7. bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.






Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling