Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi
Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar
Download 0.54 Mb.
|
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar
Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar: “Blits-so‘rov”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tavsiyanoma” va “Test” texnologiyalari.
Adabiyotlar: A1; A3; A5; A6; A11; A12; Q4; Q8. 19-mavzu: Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi. Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida talabalar bilim, ko’nikma va malakalar tizimini baholashning o’ziga xosligi. Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi. Pedagogik kvalimetriya. Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar: “Blits-so‘rov”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tavsiyanoma” va “Test” texnologiyalari. Adabiyotlar: A1; A3; A5; A6; A11; A12; Q4; Q8. 20-mavzu: Maxsus fanlarni o’qilishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. MAXSUS FANLARNI o’qilishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Taqdimot, elektron darslik yaratish texnologiyasi. Masofadan o’qitishni tashkil etish metodikasi. On-Iine ma’ruzalar, of-Iine maslahatlarni tashkillashtirish. Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar: “Blits-so‘rov”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tavsiyanoma” va “Test” texnologiyalari. Adabiyotlar: A1; A3; A5; A6; A11; A12; Q4; Q8. MAXSUS FANLARINI O‘QITISH METODIKASI KURSI BO'YICHA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI Magistr mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanning muayyan o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 1) darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalanib, barcha mavzularni o’rganish; 2) tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. Magistrlarning mustaqil ishlari har bir ma’ruza mavzusi asosida tashkil etiladi. Fanni o’rganish jarayonida mustaqil ishlarning bir necha turlaridan foydalaniladi: adabiyotlar bilan ishlash; ijodiy ish. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o’quv mashg’ulotlarini olib boradigan o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba uchun fan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori tomonidan o’quv mashg’ulotini bevosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuziladi, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar , ma‘lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog’idagi tegishli ma‘lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi. Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va seminar mashg’ulotlari mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko’proq ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’rganilmagan masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o’qib o’rganilgan masalalar fan bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o’z aksini topadi. Magistrantga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo’yicha egallanishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko’rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko’riladi, test yoki savol-javob o’tlkaziladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling