Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi


Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari


Download 0.54 Mb.
bet49/93
Sana03.12.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1801771
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya insonparvar falsafa, psixologiya, pedagogikani umumlashgan holda o‘ziga aks ettiradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning diqqat markazida turli obrazli hayotiy vaziyatlarda ongli tanlashga qobiliyatli, yangi tajribalarni idrok etishga tayyor, o‘z imkoniyatlarni o‘zi amalga oshirishga ishtiyoqmand noyob yaxlit inson turadi. Bunday shaxsning muvafaqkiyati an’anaviy texnologiyadagi bilim va ijtimoiy me’yorlarni tarbiyalanuvchilarga formal uzatishdan farqli ravishda, erkin fikrli shaxsni shakllantirish ekanligini bildiradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning o‘ziga xosligi shundaki, ular shaxs rivojlanishini qandaydir buyurtma asosida shakllantirishga emas, aksincha uning(shaxsning) tabiiy qobiliyatlari asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya har bir talabaning individual o‘ziga xosligi bilan bog‘liqlikda ta’lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga harakat qiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya an’naviy texnologiyadagi talabaga avtoritar, mustaqilligini e’tirof etmagan xolda qarashga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sevish, g‘amxo‘rlik, hamkorlik asosida shaxs ijodiyligi va o‘zini-o‘zi rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida Karl Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan falsafa, psixologiya va pedagogikadagi insonparvarlikka yo‘naltirilgan tamoyillar yotadi:
- individ doimiy o‘zgaruvchan dunyoning markazida joylashadi: har bir kishi uchun borliqni idrok etishda shaxsiy dunyosi muhim ahamiyatga ega. Bu ichki dunyoni hech kim tashqaridan oxirigacha bila olishi mumkin emas;
- inson borliqni shaxsiy munosabati va tushunishi asosida idrok eta-di;
- individ o‘zini-o‘zi bilish va o‘zini-o‘zi realizatsiyalashga harakat qi-ladi, u o‘zini-o‘zi takomillashtirishda ichki imkoniyatlarga ega bo‘ladi;
- muloqot natijasida erishish mumkin bo‘lgan rivojlanish uchun zarur o‘zaro bir-birini tushunish;
- o‘zini-o‘zi takomillashtirish, rivojlanish muhit, boshqa odamlar bi-lan o‘zaro harakat asosida kelib chiqadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yashirin aloqa-lar natijasida erishiladigan tashqi baho inson, uning o‘zini-o‘zi bilishi uchun juda muhim.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning bosh g‘oyalari (I.S. YAkimanskiy bo‘yicha) quyidagilarda aks etadi:
- shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi: talabalarning bilish faolligini oshirish, talabaning individuallligini yuqori darajada kashf eta olish;
- bilim bo‘yicha berilgan me’yor sifatida ta’lim, jarayon sifatida o‘qitishga alohida urg‘u beradi;
- o‘qitish deganda, ta’lim jarayonida berilganlarini ijtimoiy-ahami-yatli namunalarga aylantirishga yo‘naltirilgan har bir talabaning alohida individul faoliyati tushuniladi;
- talaba sub’ektivligiga ta’limiy ta’sir natijasida kelib chiquvchi sifatida emas, boshidanoq unga o‘ziga xosligi sifatida qaraydi;
- ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir o‘kuvchi-ning shaxsiy tajribasi va uning ijtimoiylashuvini aniqlash bo‘yicha ish o‘tkazilishi kerak;
- bilimlarni egallash maqsadi o‘kuvchi rivojlanishi uning imkoniya-lari va individual-ahamiyatli qadriyatlarni hisobga olish vositasiga aylanadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling