Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi
Download 0.54 Mb.
|
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org
Modulli ta’lim. Modulli o‘qitish XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va ingliz tilli mamlakatlarda tez tarqaldi. Modulli o‘qitish nazariyasida modul tushunchasi qandaydir bir tizimining aniq funksional vazifasini bajaradigan (yukini ko‘taradigan) mustaqil biror bir qismini bildiradi. Modul – yuqori darajadagi yaxlitlik tizimida o‘quv mazmuni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini birlashtiruvchi maqsadli funksional tarmoq.
Modulli o‘qitishning mohiyati shundani iboratki, ta’lim oluvchi (talaba) o‘zi-ga taqdim etilgan individual o‘quv dasturi asosida mustaqil ish olib boradi. Bu o‘quv dasturida xarakatlarning rejasi, axborotlar blogi, o‘qitish natijalariga eri-shish bo‘yicha metodik tavsiyanomalar bo‘lishi kerak. O‘qituvchi bu sharoitda nazorat qilishi, maslahat berish, axborotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha xarakatlarni muvafiq-lashtirish vazifalarini bajaradi. Modulli o‘qitishning umumiy yo‘nalishi, uning maqsadi, mazmuni va tashkil etish metodikasi qo‘yidagi tamoyillariga (P.A. Yusyavichene bo‘yicha) asoslanadi: 1) modullilik – o‘qitish mazmunidan alohida elementlarini bo‘lib olish; 2) dinamik (o‘zgaruvchanlik) – bilimning xarakatchanligi (amaliyligiga) va tezkorligiga erishish; 3) moslashuvchanlik – ta’lim mazmunini va unga erishi yo‘llarini ta’lim oluvchining individual ehtiyojiga qarab moslashtirish; 4) metodik maslahatning xar tomonlamaligi – ta’lim oluvchining bilish faoliyatida va pedagogik faoliyatda professionallikni ta’minlash; 5) tenglilik( paritetnost) – ta’lim oluvchi va pedagog o‘rtasida ishchan xamkorlikni ta’minlash. Modulli o‘qitish boshqa o‘qitish tizimlaridan (an’anaviy, muammoli, indivi-duallashtirilgan, jadallashtirilgan, tabaqalashtirilgan, dasturlashgan, konsentr-lashtirilgan) qo‘yidagi sifatlari bilan farqlanadi: 1. O‘qitish mazmuni tugallangan mustaqil komplekslarda (informatsion blok-larda) aks etadi. Ta’lim oluvchi uchun o‘zlashtirish kerak bo‘lgan o‘quv mazmunining hajmi va uni o‘zlashtirish darajasi didaktik maqsad qilib belgilanadi. SHuningdek, xar bir ta’lim oluvchi qanday xarakatlanishi, kerakli o‘quv materialini qanday topishi xaqida o‘qituvchidan yozma maslahat oladi. 2. O‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasida muloqat shakli o‘zgarib, sub’ekt-sub’ektga asoslangan modul orqali muloqatda bo‘ladi. 3. Ta’lim oluvchi maksimal darajada mustaqil ishlaydi, o‘zining faoliyatini rejalashtirishni o‘rganadi. Bu unga o‘quv faoliyatida o‘zini bilishga, qay darajada bilim egallashi kerakligini, bilim va malakalaridagi bo‘shliqni aniqlashga imkon beradi. Albatta, o‘qituvchi ham uning o‘qish-bilish faoliyatiga boshchilik qiladi, bu modul orqali anchayin engil amalga oshiriladi. 4. Bosmadan chiqqan tayyor modullar o‘qituvchiga ba’zi bir ta’lim oluvchilarning ishini individuallashtirishga imkoniyat yaratadi. Individual maslahat berish, dozalashtirilgan individual yordam ko‘rsatish muammosi bo‘lmaydi. Modulli o‘qitishga o‘tish uchun, eng avvalo, maqsadga erishishni ta’minlaydigan kompleksli didaktik maqsad va modullar yig‘indisidan iborat modulli dastur ishlab chiqish kerak. Buning uchun o‘qituvchi kursning asosiy ilmiy g‘oyalarini ajratib olishi kerak. Modullarni uch tipga bo‘lib qarashadi: 1) fan asoslarini o‘rganishda qo‘llanila-digan bilish modullari; 2) faoliyat usullarini shakllatiradigan va rivojlantiradigan xarakat modullari; 3) aralash Modulli o‘qitish prinsiplariga asoslangan xolda, o‘zlashtirish uchun material-larini shunday tuzish kerakki, xar bir ta’lim oluvchining didaktik maqsadlarga erishishini ta’minlasin. Xar bir modulning mazmuni tugallangan bloklarda berilishi kerak. Bularning barchasi modulli o‘qitishni rejalashtirish davrida aniqlashtirilishi lozim. Shundagina ta’lim oluvchi axborotlarni puxta o‘zlashtiradi va qo‘yilgan didaktik maqsadga erishadi. Shuningdek, modul axborotlarning tugallangan blogi sifatida o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasiga sifatli baho bera oladi va o‘qitishning keyingi bosqichiga o‘tishini xal qiladi. Maxsus fanlarini modulli o‘qitishda xar bir modul 3-4 ma’ruza va shu bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy (seminar), laboratoriya mashg‘ulotlaridan iborat bo‘ladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling