Pedagogika kafedrasi


Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari


Download 1.01 Mb.
bet79/142
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#198121
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   142
Bog'liq
2 5469884917267564634

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya insonparvar falsafa, psixologiya, pedagogikani umumlashgan holda o‘ziga aks ettiradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning diqqat markazida turli obrazli hayotiy vaziyatlarda ongli tanlashga qobiliyatli, yangi tajribalarni idrok etishga tayyor, o‘z imkoniyatlarni o‘zi amalga oshirishga ishtiyoqmand noyob yaxlit inson turadi. Bunday shaxsning muvafaqkiyati an’anaviy texnologiyadagi bilim va ijtimoiy me’yorlarni tarbiyalanuvchilarga formal uzatishdan farqli ravishda, erkin fikrli shaxsni shakllantirish ekanligini bildiradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning o‘ziga xosligi shundaki, ular shaxs rivojlanishini qandaydir buyurtma asosida shakllantirishga emas, aksincha uning(shaxsning) tabiiy qobiliyatlari asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya har bir talabaning individual o‘ziga xosligi bilan bog‘liqlikda ta’lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga harakat qiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya an’naviy texnologiyadagi talabaga avtoritar, mustaqilligini e’tirof etmagan xolda qarashga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sevish, g‘amxo‘rlik, hamkorlik asosida shaxs ijodiyligi va o‘zini-o‘zi rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida Karl Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan falsafa, psixologiya va pedagogikadagi insonparvarlikka yo‘naltirilgan tamoyillar yotadi:

- individ doimiy o‘zgaruvchan dunyoning markazida joylashadi: har bir kishi uchun borliqni idrok etishda shaxsiy dunyosi muhim ahamiyatga ega. Bu ichki dunyoni hech kim tashqaridan oxirigacha bila olishi mumkin emas;

- inson borliqni shaxsiy munosabati va tushunishi asosida idrok eta-di;

- individ o‘zini-o‘zi bilish va o‘zini-o‘zi realizatsiyalashga harakat qi-ladi, u o‘zini-o‘zi takomillashtirishda ichki imkoniyatlarga ega bo‘ladi;

- muloqot natijasida erishish mumkin bo‘lgan rivojlanish uchun zarur o‘zaro bir-birini tushunish;

- o‘zini-o‘zi takomillashtirish, rivojlanish muhit, boshqa odamlar bi-lan o‘zaro harakat asosida kelib chiqadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yashirin aloqa-lar natijasida erishiladigan tashqi baho inson, uning o‘zini-o‘zi bilishi uchun juda muhim.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning bosh g‘oyalari (I.S. YAkimanskiy bo‘yicha) quyidagilarda aks etadi:

- shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi: talabalarning bilish faolligini oshirish, talabaning individuallligini yuqori darajada kashf eta olish;

- bilim bo‘yicha berilgan me’yor sifatida ta’lim, jarayon sifatida o‘qitishga alohida urg‘u beradi;

- o‘qitish deganda, ta’lim jarayonida berilganlarini ijtimoiy-ahami-yatli namunalarga aylantirishga yo‘naltirilgan har bir talabaning alohida individul faoliyati tushuniladi;

- talaba sub’ektivligiga ta’limiy ta’sir natijasida kelib chiquvchi sifatida emas, boshidanoq unga o‘ziga xosligi sifatida qaraydi;

- ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir o‘kuvchi-ning shaxsiy tajribasi va uning ijtimoiylashuvini aniqlash bo‘yicha ish o‘tkazilishi kerak;

- bilimlarni egallash maqsadi o‘kuvchi rivojlanishi uning imkoniya-lari va individual-ahamiyatli qadriyatlarni hisobga olish vositasiga aylanadi.

Hamkorlik pedagogikasi. Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (SH.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, E.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va talabalar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalar A.Avloniy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta’limi Konsepsiyasi” asosini tashkil etadi.

Hamkorlik pedagogikasining to‘rtta asosiy yo‘nalishi mavjud:


  • shaxsiy-insonparvar yondashuv;

  • didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua;

  • tarbiya konsepsiyasi;

  • atrof-muhitni pedagogizatsiyalash.

  1. Shaxsiy-insonparvar yondashuv:

    • shaxsga yangicha qarash ta’lim berishning maqsadi sifatida, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi: shaxs sub’ektdir, har bir talabaning qobiliyati bor……

    • Pedagogik muloqotni insonparvarlashtirish va demokratiyalash:

- talabalarga muhabbat, ularning taqdiriga qiziqish;

- talabadagi umidli mshonch;

- hamkorlik, muloqot mahorati;

- to‘g‘ridan-to‘g‘ri majbur qilishni bekor qilish;

- ijobiy rag‘batlantirishning muhimliligi;

- talabalardagi kamchiliklarga sabrli bo‘lish;

- o‘qituvchi va talaba huquqlarini tenglashtirish;

- talabaning erkin tanlash huquqi;

- xato qilish huquqi;

- shaxsiy qarashlarga bo‘lgan huquq;

- talaba huquqlari haqidagi konvensiyaga aml qilish;

- o‘kituvchi-talaba munosabatlari usuli: taqiqlash emas, yo‘naltirish; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyruq berish emas, tashkillashtirish; chegaralamaslik, erkin tanlashni yo‘lga qo‘yish.



    • zamonaviy sharoitda natijalarga olib kelmaydigan tug‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan metod sifatida voz kechish:

- majburlovsiz, ishonchga asoslangan talabchanlik;

- tug‘ma qiziquvchanlikni hisobga olib o‘qitish;

- muvafaqqiyatsizlikka sabab bo‘ladigan majburiy istakni almash-tirish;

- talabalarning mustaqilligi va mustaqil faoliyatini o‘rnatish;

- jamoa orqali bevosita talablarning qo‘llanishi.


    • Individual yondashuvning yangi talqini:

- o‘rta o‘qiydigan talabalarga yo‘naltirishni bekor qilish;

- shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash;

- shaxsni psixologik-pedagogik tashxis etish(qiziqiщlari, qobiliya-ti, yo‘nalganlik, Men-konsepsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o‘ziga xosligi)ning qo‘llanilishi;

- o‘quv-tarbiya jarayonida shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olish;

- shaxs rivojini bashorat qilish(prognozlash);

- rivojlanishni, uni korreksiyalashning individual dasturlarini lo-yihalash.

2. Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua:

- ta’lim mazmuni shaxs rivojlanishining mazmuni sifatida qaraladi;

- bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va umumlashgan fikrlashga o‘rgatish;

- maktab fanlarini integratsiyalash, umumlashtirishga o‘tilishi;

- ta’limning variativligi va tabaqalashganligi;

- o‘rgatishning ijobiy rag‘batlaridan foydalaniladi.

3. Tarbiya konsepsiyasi:

- Bilimlar maktabini Tarbiya maktabiga almashtirish;

- barcha tarbiyaviy tizimlar markazida talaba shaxsini qo‘yish;

- tarbiyaga insonparvar yondashuv, umuminsoniy qadriyatlarni shakl-lantirish;

- talabaning ijodiy qobiliyatlarini, uning individualligini ri-vojlantirish;

- milliy va madaniy an’analarni tiklash;

- individual va jamoaviy tarbiyani hisobga olish.

4. Atrof-muhitni pedagogizatsiyalash.

Oila, maktab va ijtimoiy borliq o‘sib kelayotgan avlodni shakllantiruvchi muhim ijtimoiy institutlar sifatida aks etadi. Natijalar barcha uchta tarbiya manbalarining birgalikdagi harakatida aniqlanadi. Bundan talabalarni himoya qiluvchi ijtimoiy va davlat instititutlariga ta’sir etuvchi ota-onalar bilan hamkorlik, omilkor boshqarish g‘oyasi kelib chiqadi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling