Pedagogika kafedrasi


III BOB. TAJRIBA –SINOV ISHLARI……………………………………….62


Download 1.16 Mb.
bet2/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
III BOB. TAJRIBA –SINOV ISHLARI……………………………………….62
3.1. Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishiga doir tajriba-sinov ishlari.............................................................................................................61
3.2.Tajriba-sinov ishlari natijalari va samaradorligi................. .............................68
III bob boʻyicha xulosalar.......................................................................................82
Umumiy xulosa va tavsiyalar ………………......................................................85
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar roʻyxati..............................................89
Ilovalar...................................................................................................................................93


KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Oʻzbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan ijod boyliklarini toʻplash, oʻrganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir. Xalq oʻyinlari taraqqiyotning barcha bosqichlarida oʻz davri odamlarining xayoti, turmush tarzi, mehnat sharoiti, millati, dini va boshqa oʻziga xos belgilarini oʻzida mujassam etib kelgan va ishtirokchilarda chaqqonlik, chidamlilik, ijodiy topagʻonlik, gʻayratlilik, kuchlilik sifatlarini tarbiyalashga xizmat qilgan.
Har bir xalq oʻtmish avlodlaridan qolgan madaniy merosiga ega boʻlib, uning madaniy boyliklari xazinasiga xalq oʻyinlari ham kiradi. Xalq oʻyinlari oʻzining vujudga kelishi va rivojlanishiga koʻra gʻayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir. Xalq oʻyinlari xalq ijodiyotining oʻziga xos janri boʻlib, koʻp asrlik tarixga ega.
Bugungi kunda unutilib borayotgan qator milliy oʻyinlarni kengroq targʻib etish yoʻli bilan yoshlarimizni komil inson qilib tarbiyalash, sogʻlom turmush tarziga targʻib etish, ularning intellektual salohiyati bilan birgalikda jismonan barkamol boʻlib voyaga yetishishlarini ta’minlash sosiy vazifalarimizdan biridir. Zero, milliy oʻyinlarimizning har birida komillik, mardlik, jasurlik, rostgoʻylik va zukkolik talab etiladi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “Jismonan sogʻlom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” [2] kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 19- noyabr “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy
faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 735-son qarorida quyidagilar ta’kidlab oʻtilgan:Yoshlar oʻrtasida milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini keng targʻib qilish; milliy va xalq oʻyinlari boʻyicha barcha hududlarda sport musobaqalari va festivallarini tashkil etish; yoʻqolib borayotgan milliy oʻyin turlarini ommalashtirish; xalq oʻyinlarini namunaviy logotip va piktogrammalarni ishlab chiqish; xalq oʻyin turlarini ommalashtirish va keng targʻib etish.
Yuqorida davlatimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini “Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari” – deb tanladik.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling