Pedagogika kafedrasi
Birinchi bob boʻyicha xulosalar
Download 1.16 Mb.
|
Birinchi bob boʻyicha xulosalar
Birinchi bob “Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari” – deb nomlanib “Xalq oʻyinlarining tasnifi”, “Oʻzbek xalq milliy oʻyinlarining kelib chiqishi va rivojlanishi”, “Xalq milliy oʻyinlarning ijtimoiy-tarkibiy fazilatlari” – nomli boʻlimlaran iborat boʻlib quyidagilarni qamrab oldi: Xalq oʻyinlarining paydo boʻlish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari boʻlgan uzoq moziyga borib taqaladi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq oʻyinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishiga doir qiziqarli ma’lumotlarni uchratamiz. Oʻyinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng koʻhna shakllari, koʻpgina ma’naviy sohalar chashmasi, sogʻlom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir. Xalq oʻyinlari xalq ijodiyotining oʻziga xos janri boʻlib, koʻp asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichidagi ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Milliy oʻyinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foydalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar oʻzlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Milliy xalq oʻyinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Oʻyin faoliyatida diqqatni idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur tushuncha va moʻljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi Oʻyinlar ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli oʻyinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli oʻyinlar katta ahamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uygʻotadi xayolni jalb kiladi. Oʻyin harakatalarni ijodiy bajarishga undaydi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling