Pedagogika kafedrasi
Chaqqonlikni tarbiyalovchi oʻyinlar
Download 1.16 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Chidamlilikni tarbiyalovchi oʻyinlar.
3. Chaqqonlikni tarbiyalovchi oʻyinlar. Aniq harakat qilish zarur boʻlgan, bajarish sharoitlari oʻzgaruvchan milliy oʻyinlarda chaqqonlik yaxshi rivojlangan boʻlishi kerak. Shunga tayangan holda chaqqonlikni tarbiyalash uchun “Almash qadamlar”, “Tiriltirishma”, “Urdi-qochdi”, “Olacha tovuq”, “Kim chaqqon” kabi oʻyinlarni tavsiya etdik [20].
Misol uchun “Almash qadamlar” oʻyinini koʻrib oʻtish mumkin. oʻyinni butun sinf oʻquvchilari ikkiga boʻlib oʻynashi mumkin. Oʻyinning qoidasi: bolalar uzunasiga saflanadilar, soʻngra tartib bilan tortilgach, chiziq ustidan qadamlarini chillak qilib (ketma-ket) qoʻyib oʻtadilar. Oʻyinning uch xilidan foydalanish mumkin: 1.Chiziq ustidan qoʻllarini yon tomonga uzatgan holda. 2.Qoʻllarni orqaga qilgan holda. 3.Qoʻllar bilan boshning orqasini ushlagan holda. Kim shu oʻyinni chaqqon va xatosiz bajarsa, oʻsha gʻolib sanaladi. Chiziq ustidan yurish harakatda kim muvozanatni buzsa, xato qilgan hisoblanadi va oʻyindan chiqadi. Oʻyin shu zaylda davom etadi. Oʻyinni dars vaqtida ham, tanaffusda ham bajarish mumkin. Bu oʻyinning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u bolani ruhan sezgirlikka chaqiradi. Jismoniy jihatdan chaqqonlikni (oʻyin ma’lum muddatda bajarilishi ya’ni qaysi guruh chiziqni tezda birinchi boʻlib bosib oʻtishi kerakligi bunda bolalar oʻyinlarining ruhi, tabiati, xarakteri, ishtirokchilarning xatti-harakatlari v.h. kabi tomonlariga e’tibor berish kerakligi nazarga tutilyapti) tarbiyalaydi, qomatni tik toʻgʻri tutishga oʻrgatadi. Bu oʻyinni guruhlarga boʻlib oʻynash bolada jismoniy madaniyatga boʻlgan qiziqishni oshiradi. Bu oʻyindan qadimda ota-bobolarimiz juda koʻp foydalanishgan. 4. Chidamlilikni tarbiyalovchi oʻyinlar. Koʻpchilik milliy xalq oʻyinlarida nihoyatda jadal bajariladigan mashqlar tufayli tezkorlik va chidamlilik kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi. Bunday oʻyinlarda jismoniy yuk (nagruzka) ham asta-sekin oshirib boriladi. Masalan, maydonni kattalashtirish; maydonni kichraytirmay turib oʻyinchilarning sonini kamaytirish; oʻyin jihozlari sonini koʻpaytirish (tayoqcha, roʻmolcha, doʻppi, chopon, toʻp v.h.) yugurish masofasini uzaytirish; toʻsiqlar sonini oshirish; murakkab mashqlarni qoʻllash va ularning sonini koʻpaytirish va hakazo. Koʻrsatilgan bu metodik usullar izchillik bilan qoʻllanilganda maqsadga tezroq erishiladi. Mazkur jismoniy sifatni tarbiyalovchi oʻyinlarga “Oqsoq qargʻa”, “Lanka”, “Podachi” kabilarni misol qilib koʻrsatish mumkin. masalan, “Oqsoq qargʻa”-estafeta tarzidagi harakatli oʻyin. Oʻyinchilarning miqdori teng boʻladi, ikkita jamoa bir-biriga roʻpara turib, saf tortadi. Oʻynovchilardan har biri navbat bilan oʻzining bitta oyogʻi bogʻich (roʻmolcha yoki tasma) bilan boldiridan sonigacha bogʻlaydi. Har ikkala komandaning oʻyinchilari “Tayyorlan-Bajar!” buyrugʻi berilishi bilan qarshi jamoaning chizigʻiga qadar bir oyoqlab irgʻishlab boradilar, undan keyin esa oyoqlaridagi bogʻichni yechib olib, orqalariga qarab yuguradilar va uni oʻz jamoalaridagi navbatdagi oʻyinchiga beradilar. Oʻyin bogʻichini oʻqituvchiga keltirib beradigan soʻnggi oʻyinchiga qadar shu tariqa davom ettiriladi. Bogʻichni birinchi boʻlib oʻqituvchiga keltirib bergan jamoa gʻolib boʻladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling