Pedagogika kafedrasi
Download 1.16 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bob boʻyicha xulosalar
“Chillak” oʻyini
Bu oʻyin boshlanishidan oldin shunday she’r oʻqishgan: Chillak oʻynadim childay boʻlib, Yangi ochilgan gulday boʻlib. Oʻynaymiz biz yoshlar jam boʻlib, Sayragan bulbulday boʻlib. Oʻyin uchun 1 metrlar chamasidagi tayoqcha kerak boʻladi. Uning nomi enasop galdastadir. Enasop 2-2,5 sm qalinlikda, 1-1,5 m uzunlikda va boshi oʻrta qismiga nisbatan ingichkaroq boʻladi. Enasopning chilligi (bolasopi) boʻladi. Uning uzunligi 20-25 sm. qalinligi esa 1,5-2 sm. Chillikning ikki uchi qalamdek yoʻniladi. Enasop bilan urilgan chillik havoga sakraydi. Soʻng havodagi chillik enasop bilan bexato urib, uzoqqa yoʻnaltiriladi. Enasop bilan chillik urganda unga tegmay ketsa, ikkinchi bor uriladi, u ham tegmasa, uchinchi bor harakat qilish zarur. Bu gal ham tegmasa, oʻyin navbati oʻtib ketadi [20]. Har bir oʻyinning oʻziga xos xususiyatlari va nozik tomonlari, yechimlari bor. Ular qatnashchilardan aql-farosat, oʻyin madaniyatini, jismoniy baquvvatlikni, jasurlikni talab qiladi. Kimdaki mazkur sifatlar yetishmasa, uni shu oʻyinlar tarbiyalab boradi. Ikkinchi bob boʻyicha xulosalar Ikkinchi bobda quyidgilar oʻrin olgan: Oʻzbek xalqi yaratgan topishmoqlar uning ijtimoiy hayoti va turmushining barcha tomonlarini qamrab oladi. Ularning katta qismi dehqon mehnati dehqonchilik, polizchilik, uy yumushlari bilan bogʻliq; topishmoqlar oʻz qiziqish doirasiga oʻsimliklar va hayvonot dunyosini, uy xoʻjaligiga oid koʻplab narsalarni, xalq odatlari va xislatlarini ham qamrab olgan. Bolalar folklor oʻyinlari ruhi, tabiati, xarakteri, poetikasi, ishtirokchilarning xatti -harakati, shu harakatning mehnat va milliy an’analari bilan turmush kechirish sharoitlari, jugʻrofiy yashash oʻrni, iqtisodiy va siyosiy talablaridan shakllanadi. Bolalar oʻyinlari ham, oʻyin san’ati kabi konkret tarzda mehnat jarayonida yuzaga kelgan. Oʻzbek an’anaviy bolalar folklor oʻyinlarining mavzu-qamrovi, ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yoʻqki, ular oʻyinlar nazariga tushmagan boʻlsin . Boshqacha soʻz bilan aytganda, xalqimiz hayotining biron sohasi boʻlmasinki, oʻyinlarga ”koʻchmagan”, ularda oʻz ifodasini topmagan boʻlsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, polizchilik madaniyati, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yohud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi barchasi an’anaviy oʻyinlarga mavzudir. Xususan oʻzbek bolalar folklor oʻyinlari boshidan – oyoq ma’naviy-ma’rifiy axloqiy tushunchalar bilan yoʻgʻrilgan. Umumta’lim muassasalarida maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda oʻzbek bolalar folklori hamda undagi oʻyinlarni o‘rgatishga e’tiborni qaratmoq lozim. Shu yoʻnalishda toʻgaraklar tashkil etilsa, qadimgi kuy-qoʻshiqlar, milliy oʻyinlar oʻrgatib borilsa, oʻquvchi -yoshlarning dunyoqarashlari kengayadi, nutq ravonligiga erishiladi, milliy an’analarni oʻrganib borishlari ta’minlanadi. Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport turlari va xalq oʻyinlari yoshlarni sogʻlom voyaga yetkazish, ularga ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling