Pedagogika kafedrasi


Tezkorlikni tarbiyalovchi oʻyinlar


Download 1.16 Mb.
bet16/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
1. Tezkorlikni tarbiyalovchi oʻyinlar. Tezkorlikni tarbiyalash uchun mashqlar maksimal sur’atda bajarilishi lozim. Signalga binoan tezlikda javob berilishini muayyan vaqt birligi ichida koʻpgina harakatlar bajarilishini hamda butun tana yoki uning bir qismini fazoda tezlik bilan harakat qilishini talab qilinadigan oʻyinlar oʻquvchilarda tezkorlik sifatini rivojlantiradi.
Bunda koʻproq ikki guruhning faol musobaqalashishiga olib keladigan oʻyinlar oʻtkazishga e’tibor qaratish lozim. Harakatdagi ob’ektga nisbatan boʻlgan reaksiyani tarbiyalovchi oʻyinlar bu oʻrinda yaxshi natija beradi. Bunday oʻyinlarga “Doʻppi kiyishda kim gʻolib?”, “Toʻrt muyush”, “Boʻsh joy”, “Kim tez oʻynaydi” kabilarni kiritish mumkin.
Masalan, “Doʻppi kiyishda kim gʻolib” oʻyini qadimgi oʻzbek xalqining milliy oʻyinlaridan hisoblanib, bolalarni tezkorlikka, chaqqonlikka oʻrgatadi. Oʻyinda oʻquvchilar ikki guruhga boʻlinadi. 30 metr masofani ikkita doʻppi bilan belgilash kerak. Har ikkala guruhdan ikki bola shu masofaga yugurib borib kelishi va oʻyinni bajarishi-doʻppi boshidan tushmasligi kerak. Oʻyin guruhdagi bolalarning hammasi boshiga doʻppi kiygizulgunga qadar davom etadi. Qaysi guruh shartni tez bajarsa, oʻsha gʻolib sanaladi.
2. Kuchni rivojlantiruvchi oʻyinlar. Bunda oʻqituvchi kerakli mushak guruhlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadigan oʻyinlarni tanlashi lozim. Kuchni rivojlantiruvchi oʻyinlarda oʻquvchilar oʻz tana ogʻirligini, bironta tashqi ogʻirlikni yoki raqib ogʻirligini (qarshiligini) yengadi. Kuchni rivojlantirish uchun quyidagi oʻyinlar tavsiya etiladi: “Xoʻroz-xoʻroz” oʻyini, “Uloq”, “Otdan agʻdarish”, “Oqsoq boʻri va qoʻylar”, “Chuqurga tushir” kabilar.
“Xoʻroz-xoʻroz” oʻyinida bolalar soni qancha koʻp boʻlsa, oʻyin shuncha qiziqarli boʻladi. Bu oʻyinda asosan oʻgʻil bolalar qatnashadi. Bolalar ikkiga boʻlinib oʻynaydilar. Ikki tomonda guruh sardorlari saylanadi. Oʻqituvchi sinf oʻquvchilarini ikki jamoaga boʻladi. Ular bir-birlariga yuzma-yuz qarab turadilar. Ular qoʻllarini orqaga tutib bir oyoqlab sakrashib, yelkalari bilan bir-birlarini itara boshlaydilar. Bunda birorta bola oldin oyogʻini yerga qoʻyishi yoki orqasidagi qoʻlini boʻshatib, oʻynashi mumkin emas. Oʻyinning asosiy maqsadi, oʻquvchilarning kuchini sinash, chidamlilikni oshirishdan iborat.
Bu oʻyinning yana bir boshqacha koʻrinishi ham bor. Bunda ikkita oʻgʻil bola qatnashadi dastlab yerga doira shakli chiziladi. Shu doira ichida har ikki bola ham qoʻllari orqasida, bir oyogʻini koʻtarib, ikkinchi oyogʻida sakrab-sakrab bir-birini yelkasi bilan turtib, doira ichidan chiqib ketgan yoki koʻtarilgan oyogʻini yerga qoʻygan bola yutqazgan hisoblanadi.
Tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi oʻyinlar ma’lum bir vazifani hal etishda katta yordam beradi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling